15-mavzu. Mehnat bozori statistikasi Reja


Mehnat bozorini statistik ko’rsatkichlari tizimi


Download 170.22 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi170.22 Kb.
#1576098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu. Mehnat bozori statistikasi

5. Mehnat bozorini statistik ko’rsatkichlari tizimi
Mehnat bozorini tahlil qilishning statistik ko’rsatkichlar tizimi, qo’yilgan maqsadga ko’ra, bir qancha blok va guruhlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, ishchi kuchining shakllanishi nuqtai nazaridan, mehnat yuklanishining quyidagi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega: mehnat o’rnini bosish , nafaqa yuklanishi va umumiy mehnat yuklanishi koeffitsientlari . Ish bilan band xodimlarning amaldagi sonini mehnat unumdorligining o’rtacha darajasi va ishlab chiqarishning o’rtacha texnik darajasida ushbu ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xodimlarning soni bilan taqqoslash orqali to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni hisob-kitob usulida aniqlash mumkin.

Mehnat resurslarining soni, tarkibi va joylashishi haqida to`liq ma’lumotlarni aholi ro`yxati ma’lumotlaridan olish mumkin.


Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy ko`rsatkichlar hisoblanadi:
1. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti – umumiy aholi sonida mehnatga layoqatli aholi salmog’ini ifodalaydi.
2. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik Kt – mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagi aholidagi salmog’ini ifodalaydi.
3. Aholini bandlilik Kt – band aholini umumiy aholi sonidagi salmog’ini ifodalaydi.
4. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini bandlilik Kt - mehnatga layoqatli yoshdagi aholini shu yoshdagi umumiy aholi sonidan salmog’ini ifodalaydi.
5. Mehnat resurslarini bandliligi Kt – band aholini umumiy mehnat resurslaridagi salmog’ini ifodalaydi.
6. Umumiy yuklama koeffitsienti – har 1000 ta mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to`g’ri kelgan mehnatga layoqatsiz yoshdagi kishilar sonini ifodalaydi.
7. Mehnat resurslari o`rnini qoplash koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilari to`g’ri kelgan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlar soni.
8. Nafaqa yuklamasi koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to`g’ri kelgan nafaqaxo`rlar soni.
9. Ishsizlik darajasi – ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati bo`lib, u foizlarda ifodalanadi.
10. Aholini iqtisodiy faollik darajasi – iqtisodiy faol aholini umumiy aholi sonidagi salmog’ini ifodalaydi.



Download 170.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling