15-Mavzu. Mehnat resurslari statistikasi Reja Xalqaro mehnat tashkiloti
Download 174.92 Kb.
|
1 2
Bog'liq15-мавзу. Мехнат ресурс. статистикаси2-маъруза
Sakt – aktivaholiningqiymati
Sishsiz – ishsizaholiningqiymati Sband – hammaishlaydiganlarningqiymati Tushunarliki, ishsizlar sonini bandlar soniga qo`shsak aktiv aholining umumiy soni kelib chiqadi. Shuning uchun bandlik koeffitsiyenti, ishsizlik koeffitsiyentiga qo`shilganda yig`indi 1ga teng bo`ladi. Formula ko`rinishida quyidagcha tasvirlasa bo`ladi: Mehnat bozorida keskinlik kofitsiyenti — bu band bo`lmagan aholi sonining e’lon qilingan bo`sh o`rin va vakant joylarga nisbati. Ishsizlik uzoq muddatli (bir yildan ikki yilgacha va undan oshiq) va qisqa muddatli (uch oygacha va uch oydan bir yilgacha) turlarga bo`linadi. Uzoq muddatli ishsizlik, o`z navbatida, strukturali, konyukturali va eng kam ish haqining yuqori darajada ekanligi sharti bilan turlariga bo`linadi. Strukturali ishsizlik talab va taklif strukturasining ishchi kuchiga to`g`ri kelmasligidan kelib chiqadi. Konyukturaliishsizlik iqtisodiyotdagi konyuktura tebranishlari bilan bog`liq (inqiroq davrida o`sadi, o`sish davrida kamayadi). Sanoatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishi bir sohada talab o`sishini, boshqasida esa ish topish muammosini keltirib chiqaradi. Iqtisodiyotdagi umumiy tushish davrida konyukturali ishsizlik ommaviy xarakterni ko`rsatadi. Bizga ma’lumki, kapitalistik iqtisodiyot — bu siklik rivojlanuvchi bozor tizimi, ya’ni ko`tarilish fazasi tushish bilan almashinishi muqarrar. Shuning uchun ham konyukturali ishsizlikni bazida siklik deb atashadi, ya’ni siklik ko`tarilishlar paytida kamayuvchi va inqiroz davrida ko`tariluvchi. Ishsizlikning uchinchi turi sun’iy yaratiladi, ya’ni agar eng kam oylik ish haqi qiymati yuqori darajalarni ko`rsatsa, tadbirkor ish o`rinlarini qisqartirishga majbur bo`ladi. Qisqama muddatli ishsizlik quyidagilarga bo`linadi: • mavsumiy ishsizlik, mehnat mavsumiy xarakterga ega sohalar (qishloq xo`jaligi, baliqchilik, ovchilik va boshqalar); • texnologik ishsizlik, ishlab chiqarishning bir necha faoliyatarida texnologik o`zgarishlar bilan bog`liq, masalan, energiyaning alternativ shakliga o`tish neft bozoridagi mehnat narhining tushishi va shaxtyorlar orasida ishsizlikning oshishiga olib keldi; • friksion, yangi ish qidirish maqsadida yoki yangi yashash joyiga ko`chib o`tayotganda o`z hohishi bilan ishdan bo`shash. Friksion hamda strukturali ishsizlik orasidagi farqlar bu friksion ishsizlarning o`z tajribasi bo`lib, uni sotishlari mumkin, strukturali ishsizlar esa qayta tayyorgarliksiz, qayta o`qitishsiz, yashash joyini almashtirmasdan darrov yangi ishga kirolmaydilar. Qisqa muddatli friksion ishsizlikdan qat’i nazar strukturali ishsizlik uzoq vaqtli va shuning uchun ham jiddiy hisoblanadi. Download 174.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling