15-mavzu: Milliy an’ana va qadriyatlar shaxs kаmolotining poydevori. Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik
Download 257.03 Kb.
|
15-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra
- Umuminsoniy qadriyatlar
- O’zlikni anglash
Qadriyatlarning turlari
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra
Мintaqaviy qadriyatlar
Umuminsoniy qadriyatlar
umuminsoniy qadriyat
O’zlikni anglash
Meros- ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va huquqiy jihatdan xilma-xil mazmunga ega bo‘lgan serma’no tushuncha. Ijtimoiy ma’noda ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida o‘tib kelayotgan, insoniyat tomonidan o‘tmishda yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalaydi. Ular og‘zaki va yozma shakllarda hamda o‘tmishda yaratilgan va bugungi kunda ham o‘z mavqeini, qadrini saqlab qolgan hamda saqlanib kelayotgan osori-atiqalar, barcha moddiy va ma’naviy hayotda erishilgan yutuqlar, bilim va ko‘nikmalar, tajribalarni bildiradi Meros Madaniy meros- avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma’naviy boyliklarni anglatuvchi tushuncha. Madaniy meros 1. Ma'naviy merosning uzviyligi. Ajdodlar yaratgan jamiki boylikka yangi avlod merosxo‘r bo‘ladi, tarixiy ahamiyatini yo‘qotgan madaniyat o‘rnida yana madaniyatlar vujudga keladi, avvalgilardan ko‘p narsalar o‘zlashtiriladi. O‘tmish tajribasi bugun va kelajak uchun har doim asqotishi mumkin, shuningdek bugun unitilgan narsalar butunlay yo‘qolib ketmaydi. 2. O‘tmishdan kelajakka o‘tish jarayonida merosning o‘zgarishi. Madaniy merosning o‘tish davrida xususiyati o‘zgarishi mumkin. Ya'ni, milliy g‘oya mavjud nuqtai nazar va bilimlar talabiga mos keluvchi yangi talqindagi mazmun kasb etadi. Mana shunday ko‘rinishda u kelajakka meros bo‘lib o‘tadi. Bizning kunimizgacha Suqrot va Demokrit asarlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan, biroq har bir avlod ularning g‘oyasini o‘zi uchun yangidan kashf qiladi va ularning falsafasini talqini qiluvchi minglab kitoblar yaratiladi. Download 257.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling