15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja
Download 336 Kb.
|
MAJMUA aort
Analiz - shunday bir mantiqiy usuldirni, uning yordami bilan biz buyumlarni, hodisalarni fikran qismlarga bo‘lib, ularning ayrim qismlarini, belgilarini, xususiyatlarini ajratamiz.
Sintez - shunday bir mantiqiy usuldirki, predmet va hodisaning analiz bilan bo‘lingan ayrim qismlarini shu usul yordami bilan fikran birlashtirib, bir butun xolga keltirish mumkin. Analiz va sintez bir - biri bilan chambarchas bog‘liq xolda olib boriladi. Nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning biror tomoni muhim, boshqa tomoni muhim emasligini ham farq qilish lozim bo‘ladi. Bunda abstraksiyalash va umumlashtirish usuli qo‘l keladi. Abstraksiyalash – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan predmet va voqealarning muhim xususiyatlari fikran ajratiladi va ularni predmetlar, voqealarning ikkinchi darajali va ahamiyati kam xususiyatlardan chet lashtiriladi. Umumlashtirish – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan biz jinsdosh predmetlarning umumiy xususiyatlarini fikran birlashtiramiz. M: Xayvon, inson sut emizuvchi kabi tushunchalar umumiylik asosida vujudga kelgan. Umumlashtirish predmetlarning o‘zida bo‘lgan umumiy narsani bilishga asoslangan taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi. Fikrlashning asosiy formalari - tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardan iborat. Tushunchada – predmetlarning umumiy va asosiy belgilari aks ettiriladi. Tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. So‘z tushunchaning tashqi formasidir. Tushunchaning mazmuni - bu predmetdagi asosiy belgilarning umumlashmasi haqidagi bilimdir. Agar tushunchaning mazmuni voqelikni to‘g‘ri aks ettirsa, voqelikka muvofiq kelsa, bunday tushuncha to‘g‘ri tushuncha bo‘ladi. Tushunchaning hajmi - muhim belgilari tushunchada aks ettan predmetlar doirasi haqidagi bilimdir. Hajm jixatdan keng bo‘lgan tushuncha, mazmun jixatdan tor bo‘ladi. M: "Daraxt" tushunchasi xajm jixatdan "olma daraxti" tushunchasiga nisbatan keng bo‘lsa-da, mazmun jixatdan tor. Chunki "olma daraxti" tushunchasi mazmunida daraxt tushunchasining barcha belgilari bo‘lishi bilan birga, o‘ziga hos belgilari ham mavjud. Tushunchalar mazmuniga ko‘ra, konkret va abstrakt tushunchalarga bo‘linadi. Konkret: "Toshkent","non", "ob-xavo". Abstrakt: "Kattalik", "botirlik", "g‘amxo‘rlik" kabilardir. Ta’rif - ta’riflashning to‘rt qoidasi bor. Ta’rif mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Ya’ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha teng bo‘lmog‘i kerak. Ta’rifda aylanma bo‘lmasligi kerak. M: "Kulgi qistaydigan narsa – kulgili narsadir". Ta’rifda inkor bo‘lmasligi kerak. M: "yorug‘lik - qorong‘ilikning yo‘qligidir" kabi ta’rif yorug‘likning ta’rifini tushuntirib bera olmayli. Ta’rif kisqa, ravshan va aniq bo‘lmog‘i lozim. Tushuncha ta’rifdan ko‘ra mazmundorroqdir. Ta’rif tushunchani toraytiradi. Ta’rifning asosiy vazifasi tekshirish natijalarini yakunlash, olingan bilimlarning, nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning qisqa ifodasini berib, mustaxkamlashdir. Ta’rifda tushunchaning asosiy belgilari mustaxkamlanadi. Notiq so‘zlayotgan paytda quyidagilardan foydalanishi mumkin. Ko‘rsatish - bevosita idrok qilinayotgan predmet bilan tanishuvning eng sodda usulidir. Ko‘rsatish predmetning xususiyatlarini tushunishda birinchi bosqichdir. Tasvirlash - notiq xikoya qilayotgan u yoki bu predmetning belgilarini bir-bir sanab ko‘rsatishdan iborat. Tavsiflash - bunda notiq predmet yoki voqealarning ba’zi, alohida xarakterli belgilarini ko‘rsatadi. Buyumlarning va ularning belgilari haqida biror narsani tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr muhokama deb ataladi. Download 336 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling