15-mavzu. Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari mashg’ulot rejasi
Download 269.78 Kb. Pdf ko'rish
|
ona tili15-MAVZU(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Muloqot texnologiyasi va texnikasi.
2. Yozma muloqot.
Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi. Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq
fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi , ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.
3. Muloqot texnologiyasi va texnikasi.
Muloqot texnikasi – bu kishining shaxsiy madaniyati, uning bilimlari, uquvi, har tomonlama nazariy tayyorgarligi, ta’lim va tarbiya berish usullarini oʽz nutqi orqali ifodalash demakdir. Muloqot texnikasi tugʻma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining oʽz ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘gʻriroq boʻladi. Chunki nutqiy san’at – bu qandaydir
qoʻl bilan tutib boʻlmaydigan, balki fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti- harakatdir. Muloqot texnikasining zaruriy sharti - bu oʻqituvchining oʽz e’tibori va oʻquvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir. U 2 omilga bogʻliq boʻladi: Mehnat - bu behad izlanish va o`z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand boʻlish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish. San’at - bu qandaydir qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, aql farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakat. Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar: 1.Nuqsonli ovoz 2.Tovushni noaniq aytish 3. Nafas olishdagi tartibsizliklar 4.Nutq tempi, tezligini to‘gʻri belgilamaslik. Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari: 1.Muloqot madaniyati - savodli gapirish, oʽz nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, oʽz fikr va his- tuygʻularini soʽzda aniq ifodalash. 2.Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, ragʻbatlantiruvchi yoki iliq tabassum. 3.Hissiy holat - jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, oʽzining hissiy holatini tashkil etish.
1-mashq. Quyidagi so’zlardan ma’nodoshlik qatorlari tuzib yozing. Ko’p, ayb, bahs, sovg’a, mo’l, tanqis, osmon, uy, odim, ko’k, kulba, bahor, yashirin, ancha, hadya, o’g’rincha, talay, pinhona, munozara, tortiq, kamchil, jinoyat, tortishuv, armug’on, taqchil, xufiya, tuhfa, maxfiy, falak, qasr, qadam, ko’klam.
2-mashq. Quyida berilgan iboralarga zid ibora topib yozing. Ularning har biriga gap tuzing. 1. Og’zi qulog’ida – 2. Qo’y og’zidan cho’p olmagan –
3. Tili achchiq – 4. Yog’ tushsa, yalagudek – 5. Ko’ngli oq – 6. Ishqi tushdi – 7. Yuragi qisdi – 8. Mum tishlamoq – 9. Dunyodan o’tmoq – 10. Dunyoni suv bossa, to’pig’iga chiqmaslik – 1- topshiriq. Zid ma’noli so’zlar qatnashgan xalq maqollaridan 10 ta yozing, ma’nosini izohlang.
1. Verbal muloqot tushunchasini izohlang. 2. Noverbal muloqot tushunchasini izohlang. 2. Yozma muloqot tushunchasini izohlang. 3. Muloqot texnologiyasi va texnikasi haqida ma’lumot bering. 4. Muloqot texnikasining zaruriy sharti haqida ma’lumot bering. Download 269.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling