15-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davri. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi. (2)


Download 212.5 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi212.5 Kb.
#1498702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-мавзу маъруза машғулоти

Imom at-Termiziy (824-892) Jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan biri – mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Uning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy (umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atalgan) atTermiziy bo‘lib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termizda, o‘rtahol oilada tavallud topdi. Markaziy osiyolik mashhur olim va tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam’oniy (113/1167) «Al-Ansob» nomli asarida yozishicha, at-Termiziy Bug‘ (hozirgi SHerobod tumani) qishlog‘ida vafot etganligi uchun uning nomiga al-Bug‘iy taxallusi ham qo‘shilgan. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tib, dastlabki ma’lumotni ham shu shaharda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan atTermiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallab, bu boradagi o‘z bilimlarini muttasil oshirish maqsadida ko‘plab Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfaxon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Ko‘p yillar davom etgan safarlari chog‘ida at-Termiziy ilm-fanning turli sohalari – ilm al-qiroat, ilm al-bayon, fiqh, tarix, ayniksa, o‘zi yoshligidan qiziqkan hadis ilmidan o‘z davrining yirik olimlari – mashhur muhaddislaridan ta’lim oladi. Uning ustozlaridan imom al-Buxoriy, imom Muslim, imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sa’iyd, Ishoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘aylon va boshqa mashhur muhaddislarni ko‘rsatish mumkin.
Musofirchilikdan qaytgan at-Termiziy o‘z yurtida yirik muhaddis olim sifatida shuhrat qozondi va ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. U 279 hijriy (milodiy 892) yilda Termizdan uzoq bo‘lmagan Bug‘ qishlog‘ida vafot etadi va shu erda dafn qilinadi.
O‘z ijodiy va ilmiy faoliyati davrida at-Termiziy bir qancha asarlar yaratdiki, ularning aksariyat qismi bevosita hadislarga bag‘ishlangan. Gap shundaki, VII asrning birinchi yarmida davr jihatdan qisqa muddatda yuzaga kelgan Qur’oni karim islom ta’limotida katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega asosiy manba bo‘lsada, musulmon dunyosining ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy tomonlariga oid jamiki masalalarni har tomonlama to‘la-to‘kis qamrab ololmagan.
At-Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha etib kelgan. «Al-jomi’» («Ja’mlovchi»), «Ash-shamoil an-nabaviya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari»), «Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi og‘ishishlar»), «Risola fi-l-xilof va-l-jadal»
(«Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «At tarix» («Ta’rix»), «Kitob az-zuxd» («Taqvo haqida kitob»), «Kitob ul-asmo val-kuna» («Ismlar va laqablar haqida kitob») kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.
At-Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, «Al- jomi’» bo‘lib, avval eslatib o‘tganimizdek, payg‘ambar alayhissalomga doir oltita ishonchli hadislar to‘plamlaridan biridir. Ushbu asar ilmiy adabiyot va manbalarda «Al-jomi’ al-kabir» («Katta to‘plam»), «Al-jomi’ ussahiyh» («Ishonchli to‘plam»), «Jomi’ at- Termiziy» («Termiziy to‘plami»), «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomi bilan ham atalib, payg‘ambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim manbalardan hisoblanadi.
At-Termiziyning mashhur asarlaridan yana biri «Ash-SHamoil annabaviya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari») bo‘lib, ba’zi manbalarda «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallolohu alayhi vasallam» nomi bilan ham keltirilgan. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir.
«Ash-shamoil an-nabaviya»ning birinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning suvrat (tashki qiyofa)lariga, ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyolariyu ahloqiy fazilatlarini bayon qilishga bag‘ishlangan.
Xulosa kilib aytganda, buyuk vatandoshimiz Abu Iso Muhammad atTermiziy bizga boy va katta ilmiy meros qoldirgan. Mustaqillik yillarida uning merosi chuqur va har tomonlama o‘rganilmoqda. Alloma dafn etilgan joy esa obod qilinib, umumxalq ziyoratgohi maqomiga aylangani unga bo‘lgan ulkan hurmat va e’tibordan darak beradi.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling