15-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davri. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi. (2)


Download 212.5 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi212.5 Kb.
#1498702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-мавзу маъруза машғулоти

Abu Mansur al-Moturidiy (Vafoti 945 y.) sunniy e’tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo‘lmish – moturidiya oqimining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda oz. To‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi.
Al-Moturidiy yashagan vaqt Somoniylar hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo‘lib, so‘ngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga ko‘chirildi. Biroq o‘sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqdisodiymadaniy markazi bo‘lib qolaverdi.
Abu Mansur al-Moturidiy tug‘ilgan yili haqida aniq ma’lumotlar yuq. U Samarqandda 944-945 yilda vafot etgan va shahar chekqasidagi Chokardiza degan kabristonga dafn etilgan.
Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582 yil) «Katoib ul-a’dom al-axyor fi taboqot va mashaoyix mazahab an-Nu’mon» («Nu’mon mazhabiga mansub bo‘lgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob») nomli kitobida al-Moturidiy va uning asarlari haqida ayrim ma’lumotlar beriladi. Masalan, kuyidagi asarlari nomlari keltirilgan: «Kitobi Tavhid», «Kitob Maqomat», «Kitob rad avomil lil adila lil kabiy» («Ka’biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag‘ishlangan kitob»), «Kitob bayon va hum ul-ma’tazila» («Mu’tazila g‘avg‘olari va undan qo‘rqmaslik haqidagi kitob bayoni»), «Kitob Ta’vilot alQur’on» («Qur’on ta’vili kitobi»).
Abu Mansur umri davomida faqihlar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar olib borgan. U islom dinining hanafiya mazhabini Movarounnahrda tarqatish va o‘zidan keyingi avlodlarga qusursiz etkazish ishiga muhim hissa qo‘shdi.
Al-Moturidiy nafaxat fiqh, kalom ilmiga oid, balki boshqa» fanlarga oid asarlar ham yozgan deb aytish mumkin. Al-Moturidiyning ovchilikka oid asari bunga dalil bo‘ladi. Bu asarning bir qo‘lyozma nusxasi «Risola jonvor doriy» («Jonvorlarga oid risola») deb nomlangan bo‘lib, unda ovchi qushlarni boqish haqida fikr yuritiladi. Bu asarda ovchi burgutlarning har xil zotlari, ularning tashqi ko‘rinishlari, oziqlantirish, ovga yaroqliligi bilan bir qatorda ko‘paytirish, izi va chatishtirish usullari kabi masalalar xaqida gap boradi.
Aya-Moturidiy o‘z davrining islomiy ilmlari sohasida eng etuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo‘r ehtirom bilan tilga olinadi.
Al-Moturidiyni ulug‘lab “Imom al-mutakallimin” (“Hidoyat yo‘li imomi va mutakallimlar imomi”) kabi nomlar bilan ham ataganlar.
Movarounnahr – Markaziy Osiyo xalqlari turli falsafiy tabiiy, aniq fanlar, adabiyot, san’at sohalarida dunyoga mashhur siymolar, allomalar bilan birga islom nazariyasi, diniy ilmlar bo‘yicha al-Moturidiydek butun musulmon olamida nom qozongan olimlarni ham etishtirib chikardilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karoriga binoan 2000 yilda allomaning 1130 yillik tavallud sanasi mamlakatimizda keng miqiyosda nishonlandi.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling