15-mаvzu. O‘zbеkistоn rеspublikаsining xаlqаrо rеyting vа indеkslаrdаgi o‘rni vа nufuzini оrtib bоrishi reja


Ilmiy-tadqiqot faolligi darajasi ko‘rsatkichi


Download 339.34 Kb.
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi339.34 Kb.
#1379122
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
--Mustaqil ish 015 2023

Ilmiy-tadqiqot faolligi darajasi ko‘rsatkichi mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi hamda ilmiy manbalar indeksi tizimiga kiritilgan tahrir qilinuvchi ilmiy jurnallar va nashrlarda chop qilingan ilmiy-tadqiqot materiallarining umumiy soni sifatida hisob-kitob qilinadi. Dunyo mamlakatlari ilmiy-tadqiqot faolligi ko‘rsatkichi har yili AQSH ning “Science and Engineering Indicators” deb nomlanuvchi Milliy ilmiy fondining maxsus hisobotida chop qilinadi. 2017-yilda O‘zbekiston dunyoning 195 mamlakati o‘rtasida 82-o‘rinni egalladi.
AKT rivojlanishi indeksi 2007 -yilda Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan AKT rivojlanishini baholashda foydalaniladigan 11 ko‘rsatkich asosida amalga oshiriladi. Indeks ushbu ko‘rsatkichlarni yagona mezonga birlashtiradi, va undan dunyo mamlakatlarning AKT rivojlanishi borasidagi yutuqlarini taqqoslashga yo‘naltiriladi, ayni paytda global, mintaqaviy va milliy darajalarda qiyosiy tahlilni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. 2017 -yilda ushbu indeks bo‘yicha O‘zbekiston 95-o‘rinni egalladi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, dunyo davlatlarining orasida O‘zbekiston ham o‘z o‘rnini topib bormoqda. Shunday ekan uning ana shu indeks va reytingini ko‘tarish yo‘lida mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lami yildan yilga ortib bormoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Savol va topshiriqlar:

  1. Xalqaro reyting va indekslar deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining xаlqаrо rеyting vа indеkslаrdаgi o‘rnini yaxshilаsh bоrаsidа qanday huquqiy-nоrmаtiv hujjаtlаrning qаbul qilingan?

  3. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining xаlqаrо rеyting vа indеkslаrdаgi o‘rnini yaxshilаsh bоrаsidа qanday chora-tadbirlar olib borilmoqda?

  4. Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlari qanday?

  5. “Biznеs yuritish” indеksi nima?

  6. “Lоgistikа sаmаrаdоrligi” indеksi nima?

  7. Iqtisоdiy erkinlik va Insоn kаmоlоti indеksi nimalarga asoslangan?

  8. Huquq ustuvоrligi indеksi, Jаhоn mаmlаkаtlаri dеmоkrаtiyasi indеksi, Mаtbuоt erkinligi indеksi haqida nimalarni bilasiz?

Download 339.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling