15-mаvzu. O‘zbеkistоn rеspublikаsining xаlqаrо rеyting vа indеkslаrdаgi o‘rni vа nufuzini оrtib bоrishi reja


O‘zbеkistоn Rеspublikаsining xаlqаrо rеyting vа indеkslаrdаgi o‘rnini yaxshilаsh bоrаsidаgi dаvlаt siyosаti


Download 339.34 Kb.
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi339.34 Kb.
#1379122
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
--Mustaqil ish 015 2023

O‘zbеkistоn Rеspublikаsining xаlqаrо rеyting vа indеkslаrdаgi o‘rnini yaxshilаsh bоrаsidаgi dаvlаt siyosаti. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas. Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mas’ul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini o‘z ichiga olgan tegishli ma’lumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermayapti.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, Shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash maqsadida 2019-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qarorda O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratish ko‘zda tutilgan.
Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar biriktiriladi va ularga quyidagi vazifalar yuklanadi:
- xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past ko‘rsatkichlariga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni aniqlash;
- o‘zini o‘zi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;
- loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirishga to‘sqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
- O‘zbekistonning tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborot-ma’lumotlar bazasini yaratish;
- O‘zbekistonning ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish.
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeyini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, mas’ul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida 2019-yil 7 -mart kuni O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qarori farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni yurtimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘ldi. Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o‘rnatildi.
Prezidentimiz farmoni asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya'ni parlament darajasida nazorat qilish belgilanganidan maqsad - bu borada vazirlik va idoralar rahbarlarining mas'uliyatini oshirishdir. Shu bois, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis deputatlari va senatorlarining xalq tomonidan saylanishini inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur mexanizm sohadagi chora-tadbirlar ijrosi ustidan xalq nazorati o‘rnatilganligini anglatadi.
Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o‘rnining yaxshilanishi ko‘p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog‘liq. Shuning uchun ham kengash tarkibiga mahalliy hokimlar kiritildi. Bu esa qonun talablarining joylardagi ijrosi yuzasidan muammolarni vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi. Shu orqali bu yo‘nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning o‘zaro hamkorligi ta'minlanadi, sansalorlik holatlarining oldi olinadi, barcha ishlar muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.

Download 339.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling