15-mavzu: Parmani o’rnatish
Download 160.34 Kb.
|
15-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
15-mavzu: Parmani o’rnatish Parma yoki zinkerlarni parmalash dastgohining shpindeliga to’g’ri o’rnatish katta ahamiyatga ega, chunki parma shpindelga noto’g’ri o’rna-tilsa teshik sifatli chiqmaydi yoki parmalash jarayonida sinadi. Parmani shpindelning konus teshigiga, o’tuvchi konus vtulkalariga yoki parmalash patroniga o’rnatish mumkin. Parmani shpindelning konus teshigiga o’rnatish (220-rasm, a). Parma, yoygich, zenkerning konus quyruqlari hamda shpindelning konus teshigi Morze tizimida tayyorlanadi. O, 1, 2, 3, 4, 5 va 6 raqam-li morze konuslarining har biriga tegishli o’lchamdagi parma to’g’ri kelishi kerak. Shpindelning konus teshigiga quyruq ishqalanish kuchi hisobiga mahkam o’rnashadi. Quyrukning uchi shpindel o’yig’i-ga kirib turgani uchun u aylanib ketmaydi. P armani o’tuvchi konus vtulkaga o’rnatish. Parma quyrug’ining konusi shpindelning teshigidan kichik bo’lsa, o’tuvchi konus vtulkalar ko’llaniladi. Ular uzun va kisqa o’lchamlarda tayyorlanadi (220-rasm, b). Vtulkaning raqamlari kesuvchi asbob konusining o’lchami bilan aniqlanadi. 220-rasmda (v) asbobni o’tuvchi konus vtulka yordamida mahkamlash ko’rsatilgan. Parmali vtulka dastgohshshtdeliningteshigiga suqiladi. Rasionalizatorlar Yu.M.Orlov va Yu.V.Kozlovskiy 0 2,5 mm. li simdan yasalgan sodda, foydalanish uchun qulay prujinali o’tish vtul-kalarini ishlab chiqsilar va amaliyotga tadbiq etdilar (220-rasm, g). 0 2,5 mm. li simni maxsus to’g’rilagichga o’rab, keyin uning sirtiga sillikdash dastgohida ishlov beriladi. Vtulkaning yuqori tomonidan asbobni chiqarib olish uchun tiqin qo’yiladi. Prujinadan yasalgan vtulkani tayyorlash arzonga tushadi. U tokarlik va parmalash dastgohlarida ko’llaniladi. P armani dastgoh shpindelidan chiqarib olish. Ponani ensiz uchi bilan shpindelning urib chiqarish teshigiga o’rnatiladi. Parma stolga tushib ketmasligi uchun patronni chap qo’l bilan ushlab turiladi yoki stolga taglik qo’yiladi. Parma (patron) shpindeldan tushgunga qadar ponaning keng tomoniga bolg’acha bilan yengil, qisqa-qisqa zarbalar beriladi. O’tuvchi vtulkaga o’rnatilgan parmani chiqarib olishda avval parma vtulka bilan birga urib chiqariladi, so’ngra vtulkaning teshigiga pona qo’yilib, unga bolg’acha bilan urib par- , mani vtulkadan chiqariladi (221-rayem, a).Prujinali xavfsiz ponadan foydalanilganda ponani shpindelning o’yig’iga kiritish, dastani esa keskin siltab surish kerak, bunda prujina sikiladi va dastaning tubi ponaning quyrug’iga uriladi. Prujinani siqish uchun kerak bo’lgan kuch juda kam, chunki u faqat dastani dastlabki vaziyatiga qaytarish uchungina kerak (221 -rayem, b).Parmani mahkamlash. Silindr quyruqli parmalarni patronga o’rnatish 222-rasmda (a, b) ko’rsatilgan. Uch kulachokli parmalash patroni (2) korpusidagi teshikka maxsus kalit tiqib buriladi. Hal-qaning soat mili bo’yicha aylanishida gayka (2) ham aylanadi. Qisuvchi kulachoklar pastga surilib asta-sekin parmaning quyrug’ini (1) siqadi (222-rasm, v). Halqasining teskari aylanishida kulachoklar yuqoriga ko’tarila borib, bir-biriga nisbatan keriladi. Ayni paytda parma kulachoklar siquvidan bo’shaydi. 2 23-rasmda tasvirlangan o’zi markazlovchi uch kulachokli patron 2—12 mm.li silindrsimon quyruqlarni mahkamlash uchun xizmat qiladi. K ulachoklari og’ma joylashgan uch kulachokli patron parmani aniq va ishonch-li o’rnatishni ta’minlaydi (224-rasm). Halqa (3) gayka (2) ga mustahkam o’rnash-gan, uning ichki konusiga rezba o’yilgan bo’lib, uchi esa konus tishlarga ega. Patron korpusining o’yiqlarida uchta kulachok (1) qiya holatda joylashgan, halkani (4) uchida tishlari bo’lgan maxsus kalit bilan buralganda kulachoklar bir-birla-ridan uzoqlashishi yoki jipelashishi na-tijasida kesuvchi asbob quyrug’ini kdei-shimumkin. Kdya kulachokli patronlar uch xil rusumda ishlab chiqariladi — PS-3, PS-6, PS-9 (3, 6, 9 raqamlari parmaning diametrini ko’rsatadi). Sangli patron silindrsimon quy-ruqqa (1) ega bo’lgan kichik o’lchamdagi parmalarni qisish uchun ishlatiladi (225-rasm). Ular asbobni aniq va mus-taxkam mahkamlashni ta’minlaydi. Sangli patronning korpusidagi quyruqqa yon yoqlarida kesigi bo’lgan gayka (2) kiygizilgan. Gaykadagi kesiklar uni kalit bilan burash uchun xizmat qiladi. Siquvchi sanga (3) konussimon teshik (4) ka o’rnatilgan. Gayka (4) ni burashda sanga-ning rezbali qismi qisilib parma quyrug’ini siqadi. Tez almashgarnladigan patronlar. Detallarga ishlov bershssa (par-malash, yoyish, zenkerlash, rezbalar kesish) kesuvchi asboblarni tez-tez almashtirishga to’g’ri keladi, binobarin, bu ishlar uchun ko’p vaqg sarflanadi. Vaqgni tejash maqsadida konstruktiv jshftdan oddiy bo’lgan tez almashtiriladigan patron qo’llanilib, u dastgoh shpindelini to’xtatmasdan asbobni almashtirish imkonini beradi (226-rasm, a). Patron korpusi quyrug’ini (1) dastgoh shpindeliga mahkamlanadi. Korpusning silindrsimon teshigida asbob uchun uyali almashuvchi vtulka (3) joylashgan. Aylanma harakat patron korpusi-dan vtulka kornusining ko’ndalang chuqurchalarida joylashgan ikkita zo’ldir (2) orqali uzatiladi. 226-rasmda (b) patronda asbobni almashtirish sxemasi kursatilgan. NAZORAT SAVOLLARI Parmani patronga mahkamlash tartibini ayting. O’zi markazlovchi uch kulachokli patron qanday tuzilgan? Kulachoklari og’ma joylashgan uch kulachokli patron qanday tuzilgan? Sangli patronchi? Tez almashtiriladigan patronlarning afzalligi nimada? Foydalanilgan adabiyotlar 1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003. 2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999. 3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: 1989. 4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983. 5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998. 6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983. 7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982. Download 160.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling