15-mavzu: Psixik jarayonlarii shakllanishida tilning ahamiyati


Download 0.78 Mb.
bet1/4
Sana30.08.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1671389
  1   2   3   4
Bog'liq
15-MAVZU

15-MAVZU:

Psixik jarayonlarii shakllanishida tilning ahamiyati

REJA:

  • 1.Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi.
  • 2.Nutqning funksiyasi.
  • 3.Muomalaga kirishish shaxsning faolligi sifatida.

1.Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi.

  • Inson mehnat qurollarini ishlatish natijasida faoliyatga munosabatning boshqa shakllari vujudga kela boshlaydi. Inson biologik motivlarni boshqarishni o‘rganadi, insonnning maqsadlari murakkab xarakterga ega bo‘la boshlaydi. Ular mehnat qurollarini avval toshlardan ishlatgan bo‘lsalar, keyinroq mustaqil ravishda mehnat qurollarini ishlab chiqara boshlaganlar. Ibtidoiy jamoadagi mehnat taqsimoti ham ularni ijtimoiy hayotga qadam qo‘yganligidan dalolat beradi. Agar ayol olovni asrash funksiyasini bajarsa, erkaklar ov qilish funksiyasini amalga oshirishgan. Jamoa bo‘lib qilishda mehnat taqsimotlari ham shakllangan, agar bir odam bir funksiyani bajarsa, ikkinchisi boshqa funksiyani bajargan. Ibtidoiy jamoa tuzimidagi insonlarning xatti-harakatlari anglanmagan tarzda amalga oshirilgan, bu hayvonlarning xatti-harakatida kuzatilgan holatlar sirasiga kiradi. SHundan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, murakkab ongli faoliyat bu ijtimoiy muhit rivojlanishining maxsulidir.

NUTQ

  • Inson nutqi hayvonlar nutqidan tubdan farqlanadi. Hayvonlarda ham bir birlari bilan ma’lumot almashinish mavjud. Bu asosan gala bo‘lib yashaydigan hayvonlarning faoliyatida kuzatilishi mumkin. Masalan, turnalar galasida, gala sardori xavfni ko‘rsa turnalarni ogohlantiradi, maymunlarda ham shu holatni kuzatishimiz mumkin. Maymunlarda 30-40 tagacha tovushni ajratish xususiyati mavjud bo‘lib ular turli vaziyatlarda turlicha tovush chiqaradilar. Hattoki arilarda ham so‘zlashuv uslubi mavjud ekan. Ular asallarni topishda shu signallar tizimidan foydalanishadi. Lekin shuni aytish joizki hayvonlarning tili insonlarnikidan tubdan farqlanadi. Insonlarning tilida sifat va munosabatlar mavjud. Masalan, «oyna» so‘zi otni anglatsa, «sariq» so‘zi sifatni anglatadi. Bu funksiya nemislarda predmetlarni aniqlash funutsiyasi deb nomlanadi, bu holatni hayvonlarda kuzatish mumkin emas.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling