15-Mavzu: Sinflar va obyektlar bilan ishlash Reja obyekt nima?
ARGUMENT QABUL QILUVCHI METODLAR
Download 52.67 Kb.
|
15 Sinflar va obyektlar bilan ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- IndentationError
ARGUMENT QABUL QILUVCHI METODLAR
Yuqoridagi misolimizda barcha metodlar faqatgina self parametrini qabul qilishayapti. Aslida, barcha funksiyalar kabi, klass ichidagi obyektlarni ham boshqa argumentlar qabul qiladigan qilib yozish mumkin. class Talaba: """Talaba nomli klass yaratamiz""" def __init__(self,ism,familiya,tyil): """Talabaning xususiyatlari""" self.ism = ism self.familiya = familiya self.tyil = tyil def get_name(self): """Talabaning ismini qaytaradi""" return self.ism def get_lastname(self): """Talabaning familiyasini qaytaradi""" return self.familiya def get_fullname(self): """Talabaning ism-familiyasini qaytaradi""" return f"{self.ism} {self.familiya}" def get_age(self,yil): """Talabaning yoshini qaytaradi""" return yil-self.tyil def tanishtir(self): print(f"Ismim {self.ism} {self.familiya}. {self.tyil} yilda tu'gilganman") Yuqorida klassimizga yangi get_age(self,yil) metodini qo'shdik. Bu metod obyektning o'zidan tashqari, qo'shimcha, yil argumentini ham qabul qiladi va talabaning yoshini qaytaradi. talaba1 = Talaba("Alijon","Valiyev",2000) print(talaba1.get_age(2021)) Natija: 21 pass OPERATORI Pythonda hech qanday vazifani bajarmaydigan pass operatori mavjud. Bu operatordan bo'sh metodlar yaratishda foydalanish mumkin. Misol uchun siz klassingiz uchun muhim metodlarni bilasiz, lekin metod badani hali tayyor emas. Agar metod badanini bo'sh qoldirsangiz, Python IndentationError xatosini qaytaradi. Shunday xolatlarda, funksiya badaniga pass operatorini qo'yib ketishimiz mumkin: class User: def __int__(self,name,username,email): self.name = name self.uname = username self.mail = email def describe(): pass def get_email(): pass Yuqoridagi klassimizda describe() va get_email() funksiyalar badani hali tayyor emas, bo'shliqni to'ldirish uchun esa pass operatoridan foydalanganmiz. pass operatoridan if-else, for, while operatorlari badanida ham foydalanish mumkin. Download 52.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling