15-Mavzu: Sinflar va obyektlar bilan ishlash Reja obyekt nima?
Download 52.67 Kb.
|
15 Sinflar va obyektlar bilan ishlash
15-Mavzu: Sinflar va obyektlar bilan ishlash Reja OBYEKT NIMA? Object oriented dasturlashda o’zaro bo’gliq bo’lgan o’zgaruvchilar va funksiyalar bitta konteynerga jamlanadi va bunday konteynerlar obyekt deb ataladi. Bir obyektga tegishli o’zgaruvchilar uning xususiyatlari, unga tegishli funksiyalar esa metodlari deb ataladi. OBYEKT Keling misol tariqasida avtomobil degan obyektni ko’ramiz. Avtomobilning modeli, rangi va narhi uning xususiyatlari. Avtomobilga tegishli bo’lgan start(), stop() va tezlashish() kabi amallar esa uning metodlari deyiladi. AVTOMOBIL obyekti Agar real dasturdan misol keltiradigan bo’lsak, istalgan dastur ichidagi tugma bu obyekt. Uning shakli, rangi va matni esa xususiyatlari bo’ladi. Tugma ustida bajariladigan amallar tugmaning metodlari deyiladi. Misol uchun tugmani bosish, uzoq bosish, ustiga sichqonchani olib borish va hokazo. Dastur ichidagi Tugma ham aslida obyekt Object oriented dasturlar on’lab balki yuzlab obyektlardan iborat bo’ladi va bunday dasturlar uchun dastur boshi yoki oxiri degan tushunchalar nisbiy bo’ladi. Object oriented dasturlar bajarilishida qat’iy ketma-ketlikka amal qilmaydi. Foydalanuvchi istlagan obyektga murojat qilishi, uning ustida turli amallar bajarishi mumkin. O’z navbatida bitta obyektga murojat ortidan boshqa obyektlar ham faollashishi mumkin. Dasturlar o'nlab obyektlardan iborat bo'ladi Misol uchun, mobil ilovalarda obyektlar bu dastur ichidagi tugmalar, matnlar, rasmlar va boshqa elementlardir. Foydalanuvchi istalgan tugmani bosishi, istalgan matnni ajratib olishi va boshqa amallarni istalgan tartibda bajarishi mumkin. Bunda bitta tugma (ya’ni obyektni) bosish bulan boshqa obyekt (masalan rasm) o’zgarishi mumkin. Zamonaviy kompyuter o’yinlari ham minglab obyektlardan iborat. Foydalanuvchi esa virtual o’yin olamida erkin harakat qilishi, istlagan tarafga yurishi, istalgan vaqtda turli obyektlar bilan turli amallar bajarishi mumkin. Download 52.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling