15-Mavzu: Zamonaviy o‘lchov birliklari tizimi. O‘zbekistonda metrologik birliklar Reja


Download 101.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.04.2023
Hajmi101.66 Kb.
#1357828
1   2   3   4
Bog'liq
tmp6376863077704019609-print

obja hamda korob’ya ko‘p ishlatilgan. Obja termini “objivat’”,
“jat’”, “jatva” so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir xaydovchi bir kunda bitta ot bilan hayday oladigan ekin
maydoniga teng bo‘lgan. Obja miqdori har xil bo‘lgan. Uning miqdori haydalayotgan erning sifati, ot-
ulov, haydov qurollari, haydovchining kuch-kuvvati, tajribasi va shuning singari boshqa bir qator
omillarga bog‘liq bo‘lgan. Obja o‘lchov birligi haydaladigan ekin maydoni, pichan o‘rami, bog‘cha,
tomorqa erlarini
o‘lchashda qo‘llanilgan.


Velikiy Novgorodda korob o‘lchov birligi ishlatilgan. Bu o‘lchovdan odatda don-gallani o‘lchashda
foydanalingan. Keyinchalik ekin maydonini hisoblashda ham qo‘llanila boshlangan. Bir korob’ya deb
desyatinaErga ekin eksh uchun kerak bo‘ladigan galla miqdoriga aytiladi.
Vologda va uning atrofidagi erlarda verevka nom bilan mashhur bo‘lgan mahalliy o‘lchov birligi
mavjud bo‘lgan. Bir verevka- bir desyatinaning uchdan ikki qismiga teng edi.
Rossiyada tuqilma-sochilma materiallarni o‘lchash uchun alohida o‘ziga xos birliklar ishlatilgan. Bu
erda student qadimda o‘lchov uchun ishlatilgan idishlar bilan tanishadi: chunki, don,galla, turli
tuqilmag`sochilmag` materiallar ni o‘lchashda xar xil idishlardan foydanishgan. Bu idishlarning eng
qadimiysi kad deb ataladi. Ayrim hollarda uni okov yoki bochka deyilgan.
Kad yoki okovdan tashqari polovnik nomli kichiq idish ishlatilgan. Polovnik dastali katta idishni
eslatadi.
Keyinchalik chetvert’ va os’mina o‘lchov birliklari paydo bo‘lgan.
Kad’--2 polovnik- 4 chetvert’- 8 os’mina.
Polovnik- 2 chetvert’- 4 osmina. CHetvert’ - 2 os’mina.
Bo‘lardan tashqari kichiq o‘lchov birliklari mavjud edi: uborok, lukmo. Uborokka qancha don siggani
aniq ma`lum emas. YOzma manbalarda bu to‘grida aniq bir ma`lumot yo‘q. Lukmo uborokka nisbatan
ancha katta idish bo‘lgan. Unga taxminan 24-25 kg arpa sikkan. Kad’ rus olimlarining taxminan
hisoblariga ko‘ra, bir kad’ 14 pud yoki 22, 32 kg don bilan to‘lgan. U holda:
Polovnik --7 pud,
CHetvert’ -3,5 pud Osmina - 1,75 pud
Aniq o‘lchov birliklaridan tashqari bir qancha noaniq o‘lchov birliklari ham qo‘llanilgan: gorst’(xovuch
), blyudo (idish), gorlok(xumcha), vedro (chelak), chasha (tog‘oracha), meshok (qop) va x.k.
O‘t, pichan, somon, voz(arava), koshma(garam), o‘lchamlari bilan, tuz rogoja (chipta qop), mex (mesh
kop) bilan o‘lchangan.
Suyuqlik o‘lchov birliklari uncha ko‘p bo‘lmagan. Student asosan bochka, nasadka, vedro haqida yaxshi
tasavvurga ega bo‘lsa, bas. Negaki, qadimgi rusda suyuqlik uchun bochka keyichalik yangi o‘lchov 
birliklari nasadka, korets ishlatilgan.
Novgorodda bochka nasadka vedro pekovda esa bochka vedro korets qo‘llanilgan. Bochka - 4 nasadka -
10 vedro.
Nasadka - 2,5 vedro.
Koretsning miqdori ma`lum emas. Og‘irlik vazn qadimda grivna zolotnik o‘lchov birliklari bilan
o‘lchangan. Keyinchalik pud hisobida hisoblangan.
Grivenka(nimgrivenka) - 48 zolotnik - 204,756 g.
XII asrda zolotnik pud ber kovets birliklari ishlatila boshlangan.
Feodal tarkoklik davrida pochka kap’ pirog birliklaridan foydananilgan.
Berkovets o‘lchov birligi qadimda qanchaga teng bo‘lgani haqida etarli ma`lumot yuk. Keyichalik ber
kovets 10 pudga tenglashtiriladi. Kan’ 4 pudga to‘gri keladi.
Pochka juda kichiq o‘lchov birligi bo‘lib zolotnikning 25 dan bir qismiga, ya`ni 0,17 g.ga teng edi.
Pochkadan ham kichiq o‘lchov birligi bo‘lgan. Uni pirog deb atalgan. Pirog pochkaning to‘rtdan bir
ulishi, ya`ni 0,04g.
XVI –XVIII asrlardagi rus o‘lchov birliklari.
Studenlarga ma`lumki, markazlashgan rus davlati kelishi bilan umumrus bozori shakllana boshladi.
Butun Erlarni kaytatdan o‘lchab chiqish va SHu tarika solik ishlarini boshlab yuborildi. Savdo-sotiq tez
sur`atlar bilan rivojlana bordi. Ana SHunday sharoitda feodal tarkoklik davrida unchalik bilinmayotgan
va maxalliy manfaatlarga xalakit ber ayotgan maxalliy o‘lchovdagi xilma xil umumiy tarakkiyotda
o‘tmish sarkitlariga aylanib koldi. XVII asrning o‘rtalaridan keng qo‘lamda ro‘y ber ayotgan turli
iqtisodiy , siyosiy, madaniy o‘zgarishlar o‘lchov birliklari borasida tubdan o‘zgarish yashasni talab eta
boshladi.
SHu vaqtda davlat tepasida turgan ivan IV bu masalada burilish yasashga qaror qildi. U maxalliy
o‘lchov birliklari o‘rniga butun davlat territoriyasi uchun yagona va majburiy bo‘lgan o‘lchov


birliklarini joriy ettiria boshlaydi. Markazlashgan rus davlati davrida vaqtida ham qadimgi pyad’, lokot’,
sajen’, versta o‘lchov birliklari ishlatilib kelinayotgan edi.XV asrning oxiridan yangi uzunlik o‘lchov
birligi – arshin qo‘llanila boshlanadi.
Rus arshini o‘sha vaqtda SHarkdan kirib kelgan arshindan ancha farq qiladi. Turk bozorlarida
ishlatilgan bir necha xil arshinning birontasi rus arshiniga o‘xshamaydi. CHunonchi, turk bozorida eng
ko‘p tarqalgan sharq arshini 58,6 sm.ga teng bo‘lgan. Rus arshini esa 72 sm.ga teng.
Arshindan boshqa chetvert, vertok o‘lchovlari qo‘llaniladi.
CHetvert’ bu vaqtda pyad’ o‘lchov birligi o‘rnida ishlatila boshlanadi. Miqdordan kichiq pyad’ga yaqin
bo‘lgan.
Vershok uzunlik o‘lchov birliklaridan eng kichigi bo‘lib, dastlab – 4,44, keyinchalik 4,5sm ga
tenglashtirilgan.
Arshin chetvert’ yoki vershokka bo‘lingan Arshin q 4 chetvert’ q 16 vershok q 72 sm.
CHetvert q 4 vershok q 18 sm.
Vershok q 4,5 sm.
XVI– XVII asrlarda pyad’, lokot’, arshin, vershok o‘lchov birliklari katori sajen’dan ham foydalanilgan,
2.5 arshindan tortib 3 arshingacha teng keladigan sajenlar, ayniksa 3 arshenda sajen’ ko‘p ishlatiladi.
Uzok masofalarni o‘lchashda versta o‘lchov birligidan foydalanilgan. Versta ikki xil bo‘lgan:
put’evaya va mejevaya. Put’evaya (masofa, yo‘l) versta 500 sajenga teng bo‘lgan. Mejevaya versta
erlarni ajratishda qo‘llanilgan. (ruscha «mejevaniya» so‘zidan olingan bo‘lib, ajratish, marza, uvat olish
demakdir)
SHuni aytish kerakki, XVII asrning ikkinchi yarmida yo‘l masofalarni o‘lchashda ayni bir vaqtning
o‘zida ham 500, ham 1000 sajenli verstalardan foydalanilgan.
SHunday qilib XVIII asr boshiga kelib rus erlarida quyidagi o‘lchov birliklari sistemasi karor topgan:
Marza versta 2 yo‘l versta – 1000 sajen q 2,160 km.
Yo‘l versta q 500 sajen q 1,080 km.
Sajen’ q 3 arshin q12 chetvert’ q 16 vershok – 72 sm. CHetvert’ q 4 vershok q 18 sm.
Vershok q 4,5 sm.
XVI-XVIII asrlarda arshin o‘lchovda asosan desyatina o‘lchov birligidan foydalanilgan. Bu o‘lchov XV 
asrning oxridan keng tarkala boshlagan edi.
Desyatina sajen’ bilan o‘lchangan. Eni 30 sajen’, bo‘yi 30 sajen’ er bir desyatina hisoblangan.
Desyatina ikki xil bo‘lgan: kazennayag`gosudarevag` desyatina va vladel’cheskaya desyatina.
Kazennaya desyatina yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 2400 kv, sajenga teng bo‘lgan. Eni 40 sajen’, bo‘yi 60
sajenli desyatina ham bor edi. Eni ham, bo‘yi ham 50 sajen’li desyatina ishlatilgan hollari ham uchraydi.
Ayrim yozma manbalarda eni va bo‘yi 55 sajendan hisoblangan desyatina haqida suz yuritiladi. Uni
kruglaya teng desyatina deyiladi.
Kazennaya desyatina bilan podshox va unga yaqin amaldrolarga qarashli erlar o‘lchangan. SHuning
uchun uni gosudareva g`davlatnikig` deb atalgan.
Ayrim shaxs kishilarga qarashli erlar vladel’cheskaya desyatina bilan o‘lchangan. U gosudareva
desyatinadan ancha ortiq bo‘lgan.
Vladel’cheskaya desyatina 80 x 40 q 3200 kv, sajen’ .
Erlarni o‘lchahda chetvert’ g`chet’ g` o‘lchov birligi ham ishlatilgan. Qora bugdoyning chorak qismi
eqiladigan ekin maydonini chetvert’ chorak talig deb atashgan, ya`ni g‘alla, don o‘lchov birligi bu erda
shu o‘lchov birligi sifatida ishlatilmokda.
CHetvert’ bilan birga os’mina, polu os’mina, cheshverik o‘lchov birliklari ishlatilishi ma`lum. Osmina
ham aslida don-g‘allani o‘lchashda qo‘llanilib kelinayotgan o‘lchov birliklaridan. Bu erda esa qora
bug‘doyning osminasi sakkizdan biriga eqiladigan ekin maydonini ifodalovchi yuza o‘lchov birligi
sifatida tilga olinmoqda.
CHetvert’ 2 os’mina 4 pol os’mina 8 chetverik yarim desyatina 1200 yoki 1600 kv,sajen’.
os’mina 2 pol os’mina 4 chetverik 600 kv, sajen’.
Polos’mina 2 chetverik 300 yoki 400 kv, sajen’.
SHimoliy rayonlarda erni sajen’ bilan o‘lchashgan. U erda 100 sajen’ 2 desyatinaga tenglashtirilgan.


Pichan, o‘riladigan erlarni shu erdan qancha g‘aram o‘t o‘rilishiga qarab hisoblangan.
Erni o‘lchab, er egasidan undiriladigan solik miqdorini aniqlashda soxa o‘lchov birligidan foydalanilgan
.
Soxa erni haydashda ishlatilgan qurol bo‘lib, u plugdan birmuncha farq qiladi. Soxada uni ikki qo‘l
bilan ushlab, erga bostirib boradigan moslama bor. Ana shu er haydash quroli ayni vaqtda erni o‘lchash
quroli vazifasinni ham bajargan.
XVI asrda soxa chetvert’ g`chet’g` bilan hisoblangan. Soxaning miqdori erning sifati va u kimga
qarashli ekanligiga bog‘liq bo‘lgan. Erlar sifatiga qarab yaxshi, o‘rtacha va yaroksiz erlarga, kimga
qarashliliga qarab votchina va pomest’e erlari, cherkov erlari hamda avom Dehqonlar erlariga bo‘lingan.
Dehqonlar, avom halq erlardan ko‘prok solik undirilgan. Soxa bir qancha mayda o‘lchovlarga
bo‘lingan:
Soxaq 2 yarim soxaq4 chorak soxa 8 chorak soxa va x.k.
800 chet’ keladigan soxa katta Moskva soxasi deb atalgan. Bu soxalar orasida eng kattasi hisoblangan.
Soxadan tashqari malaya soxa, obja o`lchov birliklari ham bo`lgan. Kichiq soha soshka deb yuritilgan.
Qora tuproq Erlarda nom bilan ma`lum bo‘lgan o‘lchov birligi ishlatilgan. Bu ancha kichiq o‘lchov
birligi bo‘lib, Erning sifatiga qarab 12-16 chet’ miqdorida hisoblangan. Vet’ boyarlar, chErkov Erlarida
qilingan ishlarni o‘lchashda qo‘llanilgan.
Bu davrda ham kad’ yoki okov, polovnik, CHetvert, os’mina o‘lchovlari qo‘llanilgan. YAngi o‘lchov
birliklaridan chetverik ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. CHetverik os’minaning to‘rtdan bir qismiga barobar
bo‘lgan.
XVI.
-XVII asrlarda don, galla va boshqa tuqilma materiallar ni o‘lchashda quyidagi sistema vujudga
keladi:
CHetvert q 2 os’mina q 4 polos’mina q 8 chetverik Pol os’mina q 2 chetverik.
XVII.
asr o‘rtalariga borib, CHetvert miqdori eski chetvertga qaraganda bir muncha oshadi.
1624 yildan keyin o‘lchov birliklarining miqdori ancha o‘zgaradi. Xususan 1679 yilgi podshox amr-
farmondan so‘ng yangi os’mina va chetveriklar joriy etiladi.
Markazlashgan rus davlati erlarida XVI-XVII asrlarda suv, vino va boshqa Suyuqlik larni o‘lchashda
asosan vedrodan foydalanilgan. Bochka bilan nasadka bu vaqtda kamdan kam hollarda ishlatilgan bo‘lib
qoladi.
Vedro balandligi 8 vershok g`36 sm.g`, diametri 5 vershok g`22,5 sm.g` keladigan idish bo‘lib, unga 10-
12 krushka suv siggan.
Vedro krujka, kovsh hamda charka o‘lchov birligiga bo‘lingan. Vedroga dastlab 12, keyinchalik 10
krujka Suyuqlik siggan. Krujka 10 charkaga bo‘lingan. 1652 yilda charkaning sigimi uch barobar
oshiriladi. Bunday charka kovsh deb ataladi.
SHunday qilib
Vedro q 12 krujka 300 charka
Krujka q 25 charka bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik Vedro q 10 charka yoki kovsh.
Bo‘lardan boshqa vedro ikki va uch karrali mayda bo‘laklarga ham bo‘lingan: pol vedro, CHetvert
vedro, poluCHetvert vedro va x.k.
XVII asrning 70 yillaridan boshlab krujka bilan charka sigimini kamaytirishga xarakat qilinadi. Vedro 8 
krujka, 200 charkaga bo‘linadi.
XVI-XVII asrlarda rus o‘lchov birliklari uzul-kesil ma`lum bir sistemaga keltiriladi. Bu davrda pul 
o‘lchov birligi asosiy o‘lchov vazifasini ham saklanib kolgan edi.
Ayni vaqtda ko‘pgina o‘lchov birliklari joriy etiladi. Rus davlatini boshqa davlatlar bilan siyosiy,
iqtisodiy savdo-sotiq munosabatlari kuchay borishi bilan ko‘shni davlatlarining bir qancha vazn o‘lchov 
birliklari rus erlarida ham ishlatila boshlanadi: last, funt, lot, ansir, doli.
Eng yirik vazn o‘lchov birligi lest bo‘lib qoladi. U 72 pudga teng bo‘lgan. Lot, doli, funt, ansir kichiq
o‘lchov birliklari ro‘lini o‘ynaydi.
Lot q 3 zolotnik 12,8 g.
Zolotnik 96 doli 4,27 g.
Ansir 1,5 yoki 1,75 funt.


XVI.
asrning o‘rtalaridan 1 funtga tenglashtiriladi.
Pud’ bol’shaya va malaya grivenka o‘lchovlariga bo‘linadi.
Pud 40 katta grivenka g` funtg` 80 kichiq grivenka 16 bezmen 16,38 kg.
Bezmen 2,5 katta grivenka 5 kichiq grivenka 1 kg. 24 g.
Katta grivenka 2 kichiq grivenka 4 nim kichiq grivenka 96 zolotnik 409,512 g.
Kichiq grivenka 8 lot 24 zolotnik 102,378 g.
XVII.
asrning oxiridayoq rus davlati territoriyasida joriy etilgan turli o‘lchov birliklarini yanada
ixchamlashtirish, Rossiyaning markaziy rayonlari, yirik shaxar, qishloqlaridagina emas, balki hamma
erida, barcha chekka o‘lkalarida yagona o‘lchov birliklari nihoyatda aniq bo‘lishi uchun o‘lchov
etalonlari yaratish yuzasidan qizgin ish boshlab yuboriladi.

Download 101.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling