12-mashg‘ulot. Naslli erkak hayvonlarni bolalari sifatiga qarab baholash, qishloq xo`jalik hayvonlarini bonitirovka qilish. Darsning maqsadi
Download 46.61 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy qo‘llanmalar.
12-mashg‘ulot. Naslli erkak hayvonlarni bolalari sifatiga qarab baholash, qishloq xo`jalik hayvonlarini bonitirovka qilish. Darsning maqsadi: Har xil turga mansub bo‘lgan erkak hayvonlarni bolalarining sifatiga qarab to‘g‘ri baholashni va uni naslchilik ishidagi ahamiyatini tushuntirish Uslubiy qo‘llanmalar. Naslchilik ishlari sistemasida, ayniqsa sun’iy urug‘lantirish keng qo‘llaniladigan sharoitda naslchilik sifatiga qarab baholangan zotdor erkak hayvonlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ona hayvon 1-10 bosh bolalariga, erkak hayvon esa yuz va minglab avlodlarga o‘z ta’sirin o‘tkazadi. Tabiiy urug‘lantirilganda bir naslli buqaga 60-80 bosh sigir berkitilsa, sun’iy urug‘lantirilganda bu son 500 bosh va undan ko‘p bo‘ladi. Nasldor havonlar bosqichma – bosqich baholanadi: kelib chiqishiga qarab tanalanadi, ya’ni ajdodlarini, opa singillarini mahsuldorligiga e’tibor beriladi. Tanlangan yosh hayvonni o‘ziga xos ko‘rsatkichlariga: o‘sish quvvati, rivojlanishi, konstitutsiyasi va otalantirish (spermaning sifatiga) qobiliyatiga qarab baholanadi. Boshqacha qilib aytganda xususiy fenotipik ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi. Oxirgi yakuniy genotipik baho bolalarning ko‘rsatkichlariga qarab beriladi. O‘zidan yaxshi avlod qoldirgan erkak hayvonlar sifatli hisoblanadi va ularga o‘ziga yarasha sermahsul urg‘ochi hayvonlar saralanadi. O‘rtacha ko‘rsatkichga ega bo‘lgan erkak hayvonni yaxshi ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan urg‘ochi hayvonlar bilan juftlash natijasida yomon avlod olinmaydi ammo yaxshi erkak hayvonni past nasl xususiyatiga ega bo‘lgan urg‘ochi hayvon bilan juftlaganda, hamisha ham sifatli avlod olinmaydi. Sut yo‘nalishidagi qormol zotlari buqalarning avlodlarini o‘sishi, rivojlanishiga, zot xususiyatlarini mujassamlashganligiga, sut miqdoriga va uning tarkibidagi yog‘, oqsil ko‘rsatkichlariga, laktatsiya chizig‘ining doimiyligiga, bir kunlik sut sog‘imi miqdoriga, oziqaga haq to‘lanishi, elin shakliga va sut berish tezligi kabi belgilariga qarab baho beriladi. Go‘shtbop zotlarda biroz boshqacharoq, ya’ni buqalar avlodini o‘sish jadalligiga (8 oyligidan 15 oyligigacha), 1 kg tirik vazn uchun sarflangan oziqa birligiga, 15 oyligidagi tirik vazniga, so‘qimlanish xususiyatiga, so‘yim og‘irligi, so‘yim chiqimi, yog‘ to‘plamiga va go‘shtning sifatiga qarab baholanadi. Baho berilayotgan hayvonlar maxsus xo‘jaliklarda boqiladi. Qorako‘l, soqol qo‘y zotlari, cho‘chqalar, quyonlar, parrandalar va boshqa sergo‘sht hayvonlarning urg‘ochilari ham avlodlarining sifatiga qarab baholanadi va naslchilik ishi uchun muhim o‘rin tutadi. Naslli erkak hayvonlarni bolalarining sifatiga qarab baholaganda quyidagilarga e’tibor berish zarur: 1. Ona hayvonlar ta’sirini hisobga olish; 2. Avlodlarni asrash, o‘stirish sharoitini va ulardan qanday maqsadda foydalanishni hisobga olish; 3. Avlodlar sonini etarli bo‘lishini hisobga olish. Kamida qizlari 5 bosh bo‘lganda baholash maqsadga muvofiq. Shvetsiyada buqalarni 10 bosh qiziga qarab baholaydilar, ammo bu unchalik aniq bo‘lmaganligi uchun koeffitsient ishlatiladi. Masalan qizlar soni 10, 20, 30 va 40 bosh bo‘lsa, quyidagi koeffitsientlar ishlatiladi 10 x 0,5 20 x 0,77 30 x 0,90 40 x 1 Agar mahsuldorligini 8 foizga ko‘paytiradigan buqa 40 bosh qizga qarab baholanayotgan bo‘lsa, u to‘liq indeks baho oladi. 100 – 1,80=100+8=108. Agar qizlar soni 30 bosh bo‘lsa: 100+8x09=107,2; 20 bosh bo‘lsa 100-8x0,77=106,16 va 10 bosh bo‘lsa 100-8x0,5=104% bo‘ladi. V.M.Yudinning fikricha qorako‘lchilikda qo‘chqorlardan 100 boshdan ko‘proq qo‘zi olinganda baholash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4. Olingan hamma avlodlarning ko‘rsatkichlarini hisoblash; 5.Har bir juftlangan hayvonni tahlil qilish; 6. Juftlanayotgan hayvonlarni yoshini hisobga olish; 7. Olingan avlodlarni eksteryer, konstitutsiyasiga va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga qarab baholanganligini hisobga olish va h.k. Zotdor erkak hayvonlarni baholashning bir necha xil usuli mavjud; Baholanayotgan erkak hayvon urg‘ochilarining ko‘rsatkichlari, ularning onalari ko‘rsatkichi bilan solishtiriladi. O=2D-M Bunda: O - buqa indeksi D - qizinning mahsuloti M - onasining mahsuloti Baholanayotgan buqalar qizlarining ko‘rsatkichlari boshqa tengdoshlarining ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Bunda F.F.Eysner tavsiya qilgan formuladan foydalanish mumkin. P= Bunda S - tengdoshlari ko‘rsatkichi D - Qizlarining ko‘rsatkichi P - Buqa potensiali Buqalar qizlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini mazkur podadagi hayvonlarning o‘rtacha mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan solishtirish; Buqalar qizlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini birinchi klass standartlari bilan solishtiriladi. Bir necha erkak hayvon urg‘ochi naslining ko‘rsatkichlari bir-biri bilan taqqoslab xulosa qilinadi. Download 46.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling