12-mashg‘ulot. Naslli erkak hayvonlarni bolalari sifatiga qarab baholash, qishloq xo`jalik hayvonlarini bonitirovka qilish. Darsning maqsadi


Diallel va poliallel juftlash usuli


Download 46.61 Kb.
bet2/4
Sana06.05.2023
Hajmi46.61 Kb.
#1433760
1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu

Diallel va poliallel juftlash usuli
“Yaxshilovchi-yomonlovchi” usulidan foydalanish yo‘li bilan baholanayotgan buqaning qizlari o‘zlarining onalari ko‘rsatkichlari bilan korrelyasiya panjarasi yordamida solishtiriladi.















































































































































































































































































































93-rasm. Korrelyasiya panjarasi.

Agarda buqaning qizlari o‘z onalaridan o‘zsa, ya’ni mahsuldorligi yuqori bo‘lsa, buqa yaxshilovchi, onasining mahsulotidan kam bo‘lsa, buqa yomonlovchi, agarda qizlari bilan onasini mahsuldorligi teng bo‘lsa buqa neytral bo‘ladi.


Tengqurlar usuli yordamida baholanayotgan buqalarni urg‘ochi naslini o‘z tengdoshlari bilan solishtirib baholashdan tashqari, ularning onalarini ko‘rsatkichlarini, tengdoshlari onalarining ko‘rsatkichlari bilan ham taqqoslash mumkin. Bunga misol qilib Orlov viloyati M.Gorkiy nomli naslchilik davlat xo‘jaligidan olingan simmenial va Yaroslav viloyati “Gorshixa” jamoa xo‘jaligidan olingan Yaroslav zotiga mansub buqalarning ko‘rsatkichlarini olishimiz mumkin (88-jadval). 88-jadval ma’lumotlaridan shunday xulosa qilish mumkinki, 23-raqamli “Vajniy” buqasining qizlari ko‘rsatkichlari bilan ularning tengdoshlari ko‘rsatkichlarini solishtirganda buqa yomonlovchi bo‘ladi. Ammo qizlari o‘zlarining onalariga nisbatan 630 kg sutni ko‘p berishgan.
Buqaning qizlarida o‘z tengdoshlaridan 164,6 kg kam mahsulot bergan bo‘lsa. Ularning onasi bilan buqaning qizlar orasidagi tafovut 821,0 kg ni tashkil qilgan.
4858 raqamli Liman buqasining qizlari onasiga nisbatan 194,8 kg sutni ko‘p bergan. Shuni ham qayd qilish kerakki, buqaning qizlari onasi, tengdoshlarining onasiga nisbatan 924 kg ko‘p sut berishgan. Demak bu holatda buqa yaxshilovchi.
39-raqamli valet buqasining qizlari ko‘rsatkichlari o‘zining onasi va tengdoshlari ko‘rsatkichlaridan uncha farq qilmagan.
Yaroslav zotiga mansub 62 YaYa-4972 buqasini neytral deyish mumkin, chunki uning qizlarini sut mahsuldorligi onasiga nisbatan 298 kg ko‘pdir. Ammo o‘z tengdoshlariga nisbatan bu ko‘rsatkich 190 kg kamdir.
900 YaYa-5121 Mayak buqasi har tomonlama yaxshilovchidir. Chunki uning qizlari sut mahsuloti bo‘yicha (4564 kg) onasini (3721 kg) ham, tengdoshlarini (4122 kg) ham ancha orqada qoldirishgan.
577 YaYa 5028 Tverdiy buqasi qizlarining sut mahsuloti 4237 kg, undagi yog‘ esa 4,60 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich ularning tengdoshlariga nisbatan shunga muvofiq 4211 kg va 4,52 % dir.
Buqani baholashda uning barcha urg‘ochi naslli hamda ularning bir xil sharoitda boqilgan va sut berib turgan barcha tengdoshlari hisobga olinadi (24 oylikdan kam va 33 oylikdan yuqori yoshda birinchi marta tuqqan, shuningdek, kasal, bolasi tushgan va elinining pallasi qurishib qolgan hayvonlar bundan mustasno).
Buqa naslining sifatiga qarab beriladigan bahoning aniq bo‘lishi quyidagi omillarga: buqaning urg‘ochi naslli va ular bilan taqqoslanadigan hayvonlar soniga, ularning mahsuldorlik darajasiga urg‘ochi hayvonlar bilan ona hayvonlarning yoki urg‘ochi hayvonlar bilan ularning tengdoshlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar kattaligiga bog‘liq. Boshqa jihatlari teng bo‘lgan shgaroitda buqadan qancha ko‘p nasl olingan bo‘lsa va farq qancha katta bo‘lsa, baholash natijasi shuncha aniq bo‘ladi.

Download 46.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling