O`zbekistonda badiiy tarjima taraqqiyoti
Download 1.92 Mb.
|
Yusupova xabibaxon
O`zbekistonda badiiy tarjima taraqqiyotiBajardi:Yusupova XabibaxonReja:
XVIII asr oxri XIX asr boshilarida tatar ziyolilari o‘rtasida rus tilini bilgan kishilar Rossiyaning boshqa chekka o‘lkalariga (masalan, Turkistonga) qaraganda ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Buning tarixiy sabablari bor, albatta. Gazeta va jurnal sahifalarida rus tilini o‘qitish va o‘rganishga bag‘ishlab chiqqan maqolalar ko‘p, rus tilidan badiiy asarlarni tarjima q’iluvchi shoir, adiblar ham yetarli edi. Ayniqsa 1905 yil rus badiiy adabiyotidan tatar tiliga tarjima qilish ishi rivojlanib ketdi. Bu vaqtlarda yangi chiqqan gazeta, jurnal va yangi tashkil etilgan nashriyotlarda rus klassik adabiyotining namoyandalari Jukovskiy, Pushkin, Gogol, Lermontov, Goncharov, Chexov, Pisarev, Gorkiy va bopщa shoir, adiblarning asarlari tatarcha tarjimada alohida kitob yoki maqola tarzida bosilib chiqdi. Bu tarjima asarlari Boku, Ashxobod, Xorazm, Buxoro va boshqa joylarga ham tarqatilar edi. Tatar adabiyotiningtarakdiylarvar namoyandalari rus adabiyoti durdonalarini badiiy tarjima orqali targ‘ib qilishni o‘zlariga vazifa qilib oldilar. Tatar xalqining iste’dodli shoir va yozuvchilari Abdulla To‘qay, Majid G‘afuriy, Fotih Karimiy, Dardmand, S. Sunchalay, A. Battol va boshqalar rus yozuvchilarining ajoyib asarlarini tarjima qilib, tatar adabiyoti xazinasini boyitdilar.
Rus adabiyotining buyuk siymosi L. N. Tolstoyning asarlarini tatar xalqi o‘z ona tilida sevib o‘qishga muyassar bo‘ldi. Shuni qayd etish kerakki, L. N. Tolstoyning tatar tiliga tarjima qilingan asarlari faqat Tataristonda emas, balki O’rta Osiyo va, jumladan O’zbekistonda ham keng tarqaldi. Masalan, «Hoji Murod», «Kavkaz asiri» Toshkent, Farg‘ona, Samarqandda ham mashhur edi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling