G‘arb yozuvchilarining o‘zbek tiliga o‘girilgan asarlari - G‘arbiy Ovro‘po kabi tillardan o‘girilgan asarlar o‘zbek xalqi yozma adabiyotining katta ulushini tashkil etadi. Shayx Sa’diy “Guliston”, Nizomiy Ganjaviy “Mahzanul asror”, Firdavsiy “Shohnoma”, Kaykovus “Qobusnoma”, Umar Xayyom ruboiylari, Hofiz g‘azallari, “Ming bir kecha Arab ertagi”, Hind ertagi “Kalila va Dimna”, Qirg‘iz xalqi eposi “Manas”, A.S.Pushkin she’riyati, Muxtor Avezov “Abay” romani, Robindranat Tagor romanlari, L.N.Tolstoy romanlari, T.G.Shevchenko she’riyati, Maxtumquli ijod mahsullari, Nizomiy Ganjaviy “Xisrav va Shirin” Bizning e’tiborimizni o‘ziga ko‘proq tortayotgan mamlakatlar, chunonchi, G‘arbiyo Ovro‘po mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo‘lagi hisoblanmish Angliya adabiyoti va inglizzabon ijodkorlar sanalmish amerika adabiyoti vakillari asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo‘lsa, shuni alohida qayd etish lozimki, bunday tarjima asarlari o‘zbek kitobxonlari e’tiborini darhol o‘ziga tortdi va tez orada ularning ko‘pchiligi xalqimizning sevimli asarlariga aylanib, kitob javonlaridan o‘rin oldi. 30-yillarning birinchi yarmidan e’tiboran o‘zbek kitobxonlari inglizzabon mualliflar asarlari bilan yaqindan tanisha boshladilar. Bu davrda tarjimonlar e’tiborini buyuk ingliz dramaturgi V.Shekspir ijodi ko‘proq o‘ziga tortdi. Keyingi o‘n yilliklarda o‘zbek kitobxonlari jahon adabiyotining bir talay yirik namoyandalari asarlarini ona tilida mutolaa qila boshladilar.
Abdulla Oripov Dantening “Ilohiy komediya”si; • Erkin Vohidov Gyotening “Faus”i; • Qodir Mirmuxammedov Gomerning “Odisseya”si, Jovanni Bokkachoning “Dekameron”i; • Mirtemir qirg‘iz eposi “Manas”; • Muhammad Ali hind xalqining”Ramayana” eposi va boshqalar asarlarini o‘zbek tilga tarjima qilib, xalq e’zoziga sazovar bo‘ldilar • 1978 yilda V.Shekspirning sonetlari alohida kitob tarzida (o‘zbek tiliga o‘girilgan) bosib chiqarildi. • 1971 yilda Shotlandiya shoiri Robert Bernsning “Qo‘shiq va balladalar” kitobi Muhammad Ali tarjimasida nashr etildi. • 1974 yilda Bayronning she’r va balladalari M. Shayxzoda, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad Ali, Rauf Parfi tarjimalarida kitob shaklida chop etildi. • 1988 yilda buyuk ingliz shoiri Jorj Bayron tug‘ilganiga 200 yil to‘lishi munosabati bilan qator gazeta va jurnallar sahifalarida shoirning “Don Juan” dostonidan Abdulla Sher asliyatdan bevosita o‘girgan parchalar bosildi. • 1960 yilda V.Shekspir asarlarining o‘zbek tilidagi birinchi to‘plami bosib chiqarilgan. • 1956 yilda taniqli yozuvchi-tarjimon Mirzakalon Ismoiliy ingliz yozuvchisi E.Voynichning “So‘na” romanini qayta o‘girib, asarning ancha mukammal tarjimasini kitobxon e’tiboriga havola etdi. O‘zbekchaga o‘girilgan asarlarning ko‘pchiligi mamlakatimiz teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Iste’dodli sahna ustalari Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jaev, Shukur Burxonovlar Otello, Hamlet va Brut rollarini qoyilmaqom ijro etganliklari tufayli qator yillar davomida tomoshabinlar tahsiniga sazovor bo‘ldilar. - Abdulla Oripov Dantening “Ilohiy komediya”si; • Erkin Vohidov Gyotening “Faus”i; • Qodir Mirmuxammedov Gomerning “Odisseya”si, Jovanni Bokkachoning “Dekameron”i; • Mirtemir qirg‘iz eposi “Manas”; • Muhammad Ali hind xalqining”Ramayana” eposi va boshqalar asarlarini o‘zbek tilga tarjima qilib, xalq e’zoziga sazovar bo‘ldilar • 1978 yilda V.Shekspirning sonetlari alohida kitob tarzida (o‘zbek tiliga o‘girilgan) bosib chiqarildi. • 1971 yilda Shotlandiya shoiri Robert Bernsning “Qo‘shiq va balladalar” kitobi Muhammad Ali tarjimasida nashr etildi. • 1974 yilda Bayronning she’r va balladalari M. Shayxzoda, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad Ali, Rauf Parfi tarjimalarida kitob shaklida chop etildi. • 1988 yilda buyuk ingliz shoiri Jorj Bayron tug‘ilganiga 200 yil to‘lishi munosabati bilan qator gazeta va jurnallar sahifalarida shoirning “Don Juan” dostonidan Abdulla Sher asliyatdan bevosita o‘girgan parchalar bosildi. • 1960 yilda V.Shekspir asarlarining o‘zbek tilidagi birinchi to‘plami bosib chiqarilgan. • 1956 yilda taniqli yozuvchi-tarjimon Mirzakalon Ismoiliy ingliz yozuvchisi E.Voynichning “So‘na” romanini qayta o‘girib, asarning ancha mukammal tarjimasini kitobxon e’tiboriga havola etdi. O‘zbekchaga o‘girilgan asarlarning ko‘pchiligi mamlakatimiz teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Iste’dodli sahna ustalari Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jaev, Shukur Burxonovlar Otello, Hamlet va Brut rollarini qoyilmaqom ijro etganliklari tufayli qator yillar davomida tomoshabinlar tahsiniga sazovor bo‘ldilar.
- E`tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |