- Rus adabiyotidan o’zbek tiliga tarjima qilingan asar va she’rlar juda ko’pdir. Ayniqsa, XIX asrning ohirlari hamda XX asr rus adabiyoti durdonalarini o’zbek tiliga tarjima qilish asri bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Dunyoga mashhur rus adiblarining shoh asarlarni o’zbek o’quvchilari ham o’qishga musharraf bo’ldilar. Har bir xalq, millatning o’zga hos urf- odatlari bo’lgani kabi, ushbu millat adib va shoirlarining ham o’z uslub va yo’nalishlari bo’ladi. Rus va o’zbek tillari grammatikasida tafovutlar bo’lganligi, ikki millat urfodatlari hamda dunyoqarashlari o’rtasida farq bo’lganligi tufayli rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish jarayoni ham birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Biroq shunday bo’lsada, bizning buyuk shoir va adiblarimiz bu kabi qiyinchiliklarni yengib o’tib, o’z xalqining kitobhonlari uchun tengsiz tarjimalarni yaratib qoldirdilar. Keling hozir shunday buyuk adiblarning bir nechtalarini yana bir bor yodga olsak …
Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Samarqanddagi bilim yurtida (1923- 28), Pedagogiga akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida o‘qigan (1928—31). Asarlari — «Ko‘klam» (she’rlar, 1929), «Tong shabadasi» (hikoyalar, 1930). «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «O’lim yovga» (1932), «Daryo kechasi» (1936), «She’rlar» (1937), «O’lka», «Oygul va Baxtiyor» (1939)she’riy to‘plamlar muallifi. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) hamda «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» (1939) dostonlari xalq ertaklari motivlari asosida yaratilgan. N. Ostrovskiyning «Po‘lat qanday toblandi» romanini hamda A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, V. Mayakovskiy, T. Shevchenko va boshqa shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug'ilgan. O'rta maktabdan so'ng pedagogika institutida va aspiranturada ta'lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O'zdavnashrda bo'lim boshlig'i, 1950 yildan 1980 yilga qadar “Saodat” jurnalida ishlagan. 1932 yilda “Hayot varaqlari” nomli birinchi she'riy to'plami bosilgan. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liroepik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so'ng ko'plab mahzun she'rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. va boshqa ko'plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan. Maqsud Shayxzoda 1908 yil 25 oktyabrda Ozarbayjon Respublikasi Ganja viloyatining Oqtosh shahrida tug‘ilgan. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). Bokudagi dorulmualliminni tugatgan (1925). Dastlabki she’riy to‘plami- «Loyiq soqchi» (1932). «Jaloliddin Manguberdi» (1944) va Tarjimashunoslik 41 «Mirzo Ulug‘bek» (1961) kabi dramatik asarlar muallifi. A. S. Pushkinning «Mis chavandoz», M. Yu. Lermontovning «Kavkaz asiri», V. Shekspirning «Hamlet», «Romeo va Juletta» tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she’rlarini, shuningdek, dunyo adabiyotidagi bir qancha buyuk siymolarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan - Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Samarqanddagi bilim yurtida (1923- 28), Pedagogiga akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida o‘qigan (1928—31). Asarlari — «Ko‘klam» (she’rlar, 1929), «Tong shabadasi» (hikoyalar, 1930). «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «O’lim yovga» (1932), «Daryo kechasi» (1936), «She’rlar» (1937), «O’lka», «Oygul va Baxtiyor» (1939)she’riy to‘plamlar muallifi. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) hamda «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» (1939) dostonlari xalq ertaklari motivlari asosida yaratilgan. N. Ostrovskiyning «Po‘lat qanday toblandi» romanini hamda A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, V. Mayakovskiy, T. Shevchenko va boshqa shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug'ilgan. O'rta maktabdan so'ng pedagogika institutida va aspiranturada ta'lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O'zdavnashrda bo'lim boshlig'i, 1950 yildan 1980 yilga qadar “Saodat” jurnalida ishlagan. 1932 yilda “Hayot varaqlari” nomli birinchi she'riy to'plami bosilgan. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liroepik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so'ng ko'plab mahzun she'rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. va boshqa ko'plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan. Maqsud Shayxzoda 1908 yil 25 oktyabrda Ozarbayjon Respublikasi Ganja viloyatining Oqtosh shahrida tug‘ilgan. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). Bokudagi dorulmualliminni tugatgan (1925). Dastlabki she’riy to‘plami- «Loyiq soqchi» (1932). «Jaloliddin Manguberdi» (1944) va Tarjimashunoslik 41 «Mirzo Ulug‘bek» (1961) kabi dramatik asarlar muallifi. A. S. Pushkinning «Mis chavandoz», M. Yu. Lermontovning «Kavkaz asiri», V. Shekspirning «Hamlet», «Romeo va Juletta» tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she’rlarini, shuningdek, dunyo adabiyotidagi bir qancha buyuk siymolarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |