O`zbekistonda badiiy tarjima taraqqiyoti


O’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar


Download 1.92 Mb.
bet4/5
Sana22.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1646268
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupova xabibaxon

O’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar


O’zbek tilidan rus tiliga tarjima etish ishlari qadim zamonlardan beri davom etib kelgan. Bu tarjimaning birinchi yozma yodgorliklari diplomatik hujjatlar, turli shartnomalar va hokazolardan iborat edi. Tarjimashunoslik 42 O’zbekistan Rossiya sostaviga qo‘shib olingandan keyin tarjimaning bu turi yanada kuchaydi. Endi tarixiy asarlar, etnografik materiallar, folklor asarlari, ocherk, memuarlar va turli hikoyalar ham o’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilina boshladi. O’zbek tilidan ruschaga tarjima qilingan dastlabki asarlardan biri «Bobirnoma» edi. 1857 yilda sharqshunos olim N. I. Ilinskiy «Bobirnoma»ning tekstini Qozonda bostirib chiqardi. 1871 yilda N. N. Pantusov, S. I. Polyakovlar mazkur asarning ayrim boblarini rus tiliga ag‘dardilar. (M. Sale revolyusiyadan keyin «Bobirnoma» ning to‘la tekstini tarjima qilib, birinchi kitobni 1948 yilda chiqardi, 1958 yilda esa asarning to‘la-to‘kis tarjima nashrini ta’minladi). Ruschaga tarjima etilgan katta asarlardan yana biri «Shayboniynoma»dir. Sharqshunos olim I. Berezin «Shayboniynoma»ning asl tekstini tarjimasi bilan birga bostirib chiqardi. O’zbek tili, tarixi va urf-odatlarini yaxshi bilgan rus sharqshunos olimi N. S. Likoshinning birinchi tarjimasi Temurning tarjimai holiga oid kitob bo‘lib, uni «Avtobiografiya Temurnoma» nomida 1894 yilda Toshkentda bostirib chiqardi. N. S. Likoshin «Tarixi Narshaxiy» asarini fors tilidan tarjima etdi va bu asar 1897 yilda V. V. Bartoldning tahririda Toshkentda nashr qilindi. «Devona- i- Mashrab»ning dastlabki ruscha tarjimasi ham N. S. Likoshin qalamiga mansub bo‘lib, u 1910 yilda Samarqandda nashr qilingan edi. N. S. Likoshin rus tilidan o‘zbekchaga ham bir qancha asarlarni tarjima qilgan edi. Masalan, S. M. Solovevning «Rus tarixi» nomli darsligini va qishloq xo‘jaligiga oid bir qancha risolalar: asalarichilik, o‘g‘itdan foydalanish haqidagi kitoblarni rus tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. U mahalliy xalq orasida mashhur bo‘lgan afsonalardan foydalanib, «Мурадбек и Фатима» («Хивин" ское придание») degan hikoyani yozib, 1896 yilda Toshkentda nashr qildirdi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling