Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov 1942-yil 1-martda
Download 58.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Ali Ahmedov - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Ali Tavallud sanasi: 1-mart 1942-yil Kasb: Oʻzbekiston Xalq Yozuvchisi, shoir, olim, tarjimon, pedagog Magnum opus
- Soʻnggi tahrir 2 kun avval 185.139.139.193 tomonidan amalga oshirildi
Muhammad Ali Ahmedov Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov (1942-yil 1-martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻilgan) — U shoir , yozuvchi , olim , tarjimon , pedagog va jamoat arbobi . Filologiya fanlari nomzodi (1992). Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1962-1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1967-1985), Oʻzbekiston Televideniyesida bosh muharrir (1985-1988), Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989-1993), [[Toshkent universitetida Etika va estetika kafedrasi mudiri, professor (1993–1996), G'afur G'ulom nashriyotida oʻzbek adabiyoti bo'limi boshlig'i (1997–1999), Xalqaro Oltin Meros xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999–2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003-yildan u xalqaro Amir Temur xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bo'lib ishlagan (2003-2013). 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston yozvuchilar uyushmasi raisi. Muhammad Ali o'n uch yil davomida AQSHning Washington Universitetida oʻzbek tili va adabiyotidan saboqlar bergan (1992-2005). Ijodi Muhammad Ali nazmda , nasrda , publisistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek , rus , qozoq , qoraqalpoq tillarida chop etildi. Uning "Boqiy dunyo" (1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni eqallaydi. Asar oʻzbek xalqining chor mustamlakasiga qarshi koʻtarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qoʻzgʻolonlari tarixiga bagʻishlangan. Unda mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. Sheʼriy roman rus tiliga tarjima etilib 1984-yilda Toshkentda bosib chiqarildi (tarjimon Marina Kudimova ). Ruscha tarjima mashhur shoir Yevgeniy Yevtushenkoning ijobiy taqrizi bilan nashr qilingan edi. Temuriylarga bag'ishlangan asarlari Muhammad Ali ijodida Amir Temur davri va shaxsini yoritish asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida sheʼrlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan "Gumbazdagi nur" (1968) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni eʼlon qildi. Umuman olganda, oʻzbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni oʻquvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. "Sarbadorlar" roman dilogiyasida (1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan "Ulug' saltanat" epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003-yilda epopeyaning birinchi kitobi "Jahongir Mirzo" eʼlon qilindi va 2008-yilda turk tiliga tarjima qilinib Istanbul , Turkiyada bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo" (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob "Mironshoh Mirzo" romani esa 2010-yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013-yilda epopeyaning soʻnggi romani "Shohrux Mirzo" yozib tugatildi va chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan „Ulugʻ saltanat“ epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida taʼkidlash kerak. Muhammad Ali Tavallud sanasi: 1-mart 1942-yil Kasb: Oʻzbekiston Xalq Yozuvchisi, shoir, olim, tarjimon, pedagog Magnum opus : "Boqiy dunyo", „Gumbazdagi nur“, „Sarbadorlar“, „Ulugʻ saltanat“ Soʻnggi tahrir 2 kun avval 185.139.139.193 tomonidan amalga oshirildi " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Muhammad_Ali_Ahmedov&oldid =3169742 " dan olindi = "Abadiy sogʻinchlar" roman-xronikasi Download 58.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling