1-bob. Umumiy o’rta talim maktablarida jismoniy tarbiyaning tutgan o’rni va axamiyati
Download 52.3 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi tashkil qilish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Umumiy o’rta talim maktablarida jismoniy tarbiyaning tutgan o’rni va axamiyati.........................................................................................
- Xulosa…………………………………………………………………. 24 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Jismoniy tarbiya orqali yosh avlodni har tamonlama barkamol inson etib tarbiyalash davlat siyosatining bosh masalalari sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ‘’O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 2021-2026-yillarga mo’ljallangan taraqiyot strategiyasi to’g’risida”gi farmoniga asosan davlat dasturi ishlab chiqildi. 2017-yil 3-iyuldagi ,,Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3031sonli qarori va 2018-yil 5-martdagi ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi PQ-5368 sonli farmoni, 2020-yil 30-oktabrdagi ,,Sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’rida”gi PQ-6099 farmoni va 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda ularni jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai-nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish….yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish belgilab qo‘yilgan. Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oshiriayotgan islohotlar ta’limni va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Shu boisdan ta’lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o ‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtiriok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimizning ustuvor yo‘naiishlaridan hisoblanadi. Milliy dasturiga muvofíq hamda o ‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr muhabbatni singdirishning g‘oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sporti rivojlantirilishini ta’miniash maqsadida O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi davlatimiz tomonidan respublika aholisining salomatligi to‘g‘risida g‘am xo‘rlik qilishdir. Shu borada mamlakatimizda ta’lim tizimini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun turli tadbirlami o‘tkazish ko‘zda tutilishi lozim. O'quvchilarni jismoniy jihatdan nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ulami bu boradagi jismoniy harakat ko'nikm a va malakalar bilan oshno qilish, mazkur fanning asosiy vazifalaridir. O‘quvchilar sog‘lig‘ini yaxshilash, ulami jismoniy rivojlantirish, bolalarga jismoniy chiniqish va sport bo‘yicha bilim berish maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalaridan iborat bo‘lgan soha emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko‘plab axloqiy-irodaviy xislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog‘ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi axloqiy xulq me’yorlari tarkib topadi, yetuklik sari qadam tashlanadi. Download 52.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling