1-bob. Umumiy o’rta talim maktablarida jismoniy tarbiyaning tutgan o’rni va axamiyati


O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash


Download 52.3 Kb.
bet14/15
Sana13.05.2023
Hajmi52.3 Kb.
#1455670
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi tashkil qilish usullari

O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati-dan asosan o‘quv yilining, o‘quv choragining, Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning o‘qitib bo‘lingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi. O‘quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jixatdan maolum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruxdoshini xavfisizligini taominlay bilish, mashqni ko‘r-sata olish va eng asosiysi o‘zlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan, mustaxkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv materiali, o‘quvchilar uchun oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material bo‘lishi shart. Qolaversa ayrim darslarda xar bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu usuliyatdan asosan o‘rta va katta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.
O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali tashkillash asosan yuqori sinf o‘quvchilari bilan, rejalashtirilgan o‘quv materiali o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga o‘tish, o‘qituvchining buyrui (signali), signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish maqsa-dida boshqa jixozga o‘tish tarzida tashkillanadi. Bu usu-liyatning samaraliligi shundaki, vaqt tejaladi, o‘quvchilarning barchasi birvarakayiga band bo‘ladi, ularda mustaqil shuul-lanishga extiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu usuliyatning «Kreystring» deb ataladigan to‘rt xil ko‘rinishi mavjud.
O‘quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda bajarilishi lozim bo‘lgan mustaqil faoliyatning xajmi, undan kelib chiqadigan maqsad nimadan iboratligiga aniqlik kiritiladi, shuningdek, mashq texnikasini bajarish (agar texnika ularga tanish bo‘lmasa) yaoni o‘quvchilarni bajarishi lozim bo‘lgan vazifa xaqida to‘liq ko‘rsatmalar, tushuntirishlar qilinishi lozim bo‘ladi.
Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarilayotganining asosiy nazrat vositasi, o‘quvchilarni xarakat faoliyati va ularning javoblaridir, shuningdek ularning javoblarini to‘-riligi, xatolarining soni va xarakteri xaqidagi o‘qituvchining analitik faoliyatidir.
Darsda o‘quvchilarni mustaqil faoliyati bo‘yicha pedagogik zo‘r berishning mantiqiy yakuni, ularning yutuq va kamchi-liklarini aniqlash xaqida o‘tkaziladigan muxokamadir. Unda dars, o‘quvchi, o‘qituvchi faoliyati mukammal taxlil qilinadi va o‘quv faoliyatlarining xarakteri va to‘riligiga baxo beriladi. o‘quvchilarning mustaqil ishini samaradorligini oshirish uchun o‘quv jarayonining tashqi tomoni bilan birga qatorda ichki tomonining teskari aloqasini yo‘lga qo‘yilishi yaoni o‘quvchi-ning o‘zi mustaqil ishi natijalariga ko‘ra olgan, egallagan, o‘zlashtirgan bilimlari xaqida maolumotining axamiyati katta.
Mustaqil ish paytida ichki aloqa va uni teskarisini yuzaga keltirishning imkoniyati o‘z-o‘zini nazorat va o‘zini- o‘zi tekshirish orqali yo‘lga qo‘yilsa natija kutilgandek bo‘ladi.
O‘z-o‘zini nazorat qilish malakasini rivojlanganligi darajasining ko‘rsatgichi jismoniy mashqlarni bajarishda va pedagog tomonidan qo‘yilgan vazifaning natijasini o‘quvchi tomonidan mustaqil muvofiqlashtira olishi qobiliyati orqali namoyon qiladi. O‘quvchining o‘zini, o‘z faoliyati bo‘yicha kamchi-liklari va yutuqlari xamda o‘zining ijobiy tomonlari xaqidagi fikrining mavjudli, shular xaqida suxbat, baxs, munozaraga maxtalligini tarbiya jarayonidagi moxiyati beqiyosdir.
O‘z faoliyatiga tuzatishlar kirita olishi, uni to‘ri yoki noto‘riligi xaqida o‘ziga baxo bera olshi jismoniy tarbiya darsida yoki jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulot-larida o‘qituvchining o‘z o‘quvchilariga mustaqil ishlash malaka-sini berganligidan dalolatdir. Bu malakani berish butun dars davomida emas, uni bir bo‘lagi yoki qismida xam davom etti-rilishi tarbiya jarayonining samarasiga tag zamin (poyde-vor)dir.
ХULOSA
Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalaridan iborat bo‘lgan soha emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko‘plab axloqiy-irodaviy xislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog‘ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi axloqiy xulq me’yorlari tarkib topadi, yetuklik sari qadam tashlanadi. Agarda maktabda jismoniy bilim (maolumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari xal qilinsa, uning xayoti davomida foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni yechishi mumkin bo‘lsa-da, inson jismi madaniyati uchun o‘rnini almashtira olmaydi.
Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy isloxotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo‘lishi kerakligi talabini qo‘ymoqda. Xar bir millat, elat o‘zining paxlavonlari, jismo-nan barkamol o‘lonlari bilan faxrlanishgan. O‘z farzand-larini xalq ozaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go‘ro‘li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo‘lishlarini orzu qilganlar.
Jismonan barkamollik salomatlikning meoyori va xar tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi xaqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mexnat, jamoatchilik, xarbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi.
Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq maono va ijtimoiy moxiyat kasb etadi. Faqat jisman kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedagogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda isbot-langan. Faqat jismoniy mashq bilan shuullanish, jismonan kamolot sari yo‘l olsada, bir tomonlamalikga yetaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari maonaviy, maorifiy axloqiy, ruxiy, estetik mexnat tarbiyasini olishdan uzoqlashtiradi.
Inson jismoniy tarbiyasi maqsad va vazifasi uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan boliqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik oboektiv xarakterda bo‘ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo‘nalish beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa soxalari-dagidek maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, rejalashtirilgan natijaga xar doim xam to‘ri kela olmasligi isbotlangan. Jismoniy tarbiyada tarbiya natijasini yosh sportchi yoki fizkulpturachi trenirovkasiga rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday taosir qilayotganligini xisobga olishni taqazo qiladi, qisqa va tor yo‘nalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga eotibor bersak, shuni ko‘ra-mizki, yuqori natijalarga erishish maolum davr ichida bo‘lib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashulotlari keyinchalik o‘zini oqlamaydi. Bu esa xar tomonlama garmonik rivojlanishga xalal beradi va sport yutuqlarini yo‘qqa chiqaradi.


Download 52.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling