Aksentli darslar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘quv dasturining aloxida ajratilgan bo‘limi bo‘yicha (gimnastika, yengil atletika, voleybol, basketbol va x.k.lardek darslar tarzida) uyushti-riladi. Darsda o‘qitish jarayoni faqat shu bo‘lim materialini o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishga yo‘naltiri-ladi. Dars qismlarining tarkibiy elementlari xam shu bo‘lim materialidan iborat bo‘lishi shart.
Aralash darslar o‘zining mazmunida o‘quv dasturining tarkibidagi bir necha bo‘lim materialini o‘qitishni xam yangi o‘zlashtirilmagan, xam o‘zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni o‘qitishga aralash dars deyiladi. O‘quvchilar bir necha guruxlarga ajralib, dars davomida o‘zlashtirib ulguril-magan mavzular ustida ishlaydilar.
Kompleksli darslarning mazmuni o‘quv dasturining turli xil bo‘limlari bo‘yicha u yoki bu jismoniy sifatni tarbiyalash yoki pedagogik vazifalariga ko‘ra tanishtirish, o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishni maqsad qilib, bir darsning o‘zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, suzish, gimnastika va x.k.lar) o‘qitiladi.
Darsning samaradorligining ko‘rsatkichlaridan biri uning zichligidir. Darsni zichligini bir butun yoki uni qismlarining o‘zini aloxida aniqlash mumkin. Bu darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarida ishni tashkil qilishning sharoitini bir xil emasligi bilan boliq. Dars yoki uning qismlari uchun sarflangan vaqt 100% deb qabul qilinadi.
Umumiy (pedagogik) va motor (xarakatga solish) zichligi deb dars zichligi ikki xilga ajratiladi.
1.4 Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarida o’quvchi faoliyatini tashkil etish.
O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.Taolim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruxchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |