15-son bhms buxgalteriya balansi
Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlarning umumiy summasi oshkor qilinishi kerak
Download 10.2 Kb.
|
15-SON BHMS BUXGALTERIYA BALANSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZOQ MUDDАTLI АKTIVLАR
9. Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlarning umumiy summasi oshkor qilinishi kerak.10. Uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar tushunchalari Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asosda (roʼyxat raqami 475, 1998 yil 14 avgust, «Oʼzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʼmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi», 1999 yil, 5-son) hamda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 26 iyulda 17-07/85-son bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»da (roʼyxat raqami 474, 1998 yil 14 avgust, «Oʼzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʼmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi», 1999 yil, 5-son) keltirilganUZOQ MUDDАTLI АKTIVLАR11. «Uzoq muddatli aktivlar» boʼlimida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, oʼrnatiladigan uskunalar, kapital qoʼyilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak.12. Oʼzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BHMS) «Аsosiy vositalar» (roʼyxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvarь) hamda Oʼzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (7-son BHMS) «Nomoddiy aktivlar»ga (roʼyxat raqami 1485-son, 2005 yil 27 iyunь) koʼra asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlangʼich (tiklash) qiymati, eskirish (amortizatsiya) summasi, qoldiq qiymati boʼyicha oshkor qilinishi lozim.13. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 25 dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (12-son BHMS) «Moliyaviy investitsiyalar hisobi»ga (roʼyxat raqami 596, 1999 yil 16 yanvarь, «Oʼzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʼmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi», 1999 yil, 6-son) koʼra uzoq muddatli investitsiyalar qimmatli qogʼozlar qiymati, shuʼba xoʼjalik jamiyatlariga investitsiyalar, tobe xoʼjalik jamiyatlariga investitsiyalar, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga investitsiyalar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalar summalari boʼyicha oshkor qilinishi kerak.Download 10.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling