15-son bhms buxgalteriya balansi


Download 10.2 Kb.
bet1/4
Sana04.11.2023
Hajmi10.2 Kb.
#1748294
  1   2   3   4
Bog'liq
15-SON BHMS BUXGALTERIYA BALANSI

15-SON BHMS BUXGALTERIYA BALANSI

UMUMIY QOIDАLАR

1.Mazkur standartning maqsadi buxgalteriya balansida aktivlar, oʼz sarmoyasi va majburiyatlarning mohiyati va taqdim etilishini belgilash hisoblanadi. Standart moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida buxgalteriya balansini topshirish chogʼida oshkor qilinadigan axborotga qoʼyiladigan talablarni oʼz ichiga oladi. Ushbu talablar boshqa standartlarda mavjud boʼlgan hamda buxgalteriya hisobining oʼziga xos muammolarini qamrab oladigan oshkor qilish talablariga muvofiq toʼldirilishi mumkin.

2. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xoʼjalik yurituvchi subʼektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni toʼplaydi hamda oshkor qiladi.

3. Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan (byudjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya balansini tayyorlash va oshkor qilish jarayonida mazkur standart talablari bajarilishi lozim.

АXBOROTNI OShKOR QILIShNING АSOSIY QOIDАLАRI

4.Buxgalteriya balansidagi barcha axborot toʼgʼri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli boʼlishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan toʼldiriladi.

5. Buxgalteriya balansining manzil qismida xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisobot sanasi, nomi, tarmogʼi, mulk shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va toʼliq yuridik manzili, xoʼjalik yurituvchi subʼekt egaligida boʼlgan organning nomi, buxgalteriya balansini tayyorlash chogʼida foydalanilgan oʼlchov birligi koʼrsatilishi shart.

6. Buxgalteriya balansi hisobot davri boshidagi va oxiridagi tegishli maʼlumotlarni oshkor qilishi kerak.

7. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar moddalari salьdolanmaydi. Buxgalteriya balansining ayrim moddalari boshqa moddalarga kiritilmaydi va ular bilan salьdolanmaydi.

8. Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, oʼz sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilish xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat boʼladi.


Download 10.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling