15-son bhms buxgalteriya balansi


Download 10.2 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi10.2 Kb.
#1748294
1   2   3   4
Bog'liq
15-SON BHMS BUXGALTERIYA BALANSI

JORIY АKTIVLАR

14.«Joriy aktivlar» boʼlimida tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablagʼlari, qisqa muddatli moliyaviy qoʼyilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinishi kerak.

15. Oʼzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-son BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar»ga (roʼyxat raqami 1595, 2006 yil 17 iyulь) muvofiq tovar-moddiy zaxiralarga quyidagi alohida oshkor qilinadiganlar kiritiladi:

a) ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar koʼrsatishda foydalanish uchun moʼljallangan xom ashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʼi, idish, ehtiyot qismlar, inventarь va xoʼjalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralarini, parvarish qilinayotgan va boʼrdoqiga boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish boʼyicha xarajatlar, materiallar qiymatidagi tafovutlarni oʼz ichiga oladigan ishlab chiqarish zaxiralari;

b) tugallanmagan asosiy ishlab chiqarish, xususiy ishlab chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni oʼz ichiga oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish;

v) tayyor mahsulot;

d) tovarlar.

16. Debitorlik qarzlari boʼyicha xaridor va buyurtmachilarning qarzlari, alohida boʼlinmalar qarzlari, shuʼba va tobe xoʼjalik jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan boʼnaklar, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʼnaklar, byudjetga soliqlar va yigʼimlar boʼyicha boʼnak toʼlovlari, davlat maqsadli jamgʼarmalariga va sugʼurta boʼyicha boʼnak toʼlovlari, ustav sarmoyasiga qoʼyilmalar boʼyicha taʼsischilarning boʼnak toʼlovlari, boshqa operatsiyalar boʼyicha xodimlar qarzlari hamda boshqa debitorlar qarzlari summalari oshkor qilinishi kerak.

17. Pul mablagʼlari boʼyicha kassadagi naqd pul mablagʼlari qoldigʼi, hisob-kitob schyotidagi pul mablagʼlari, valyuta schyotidagi pul mablagʼlari va boshqa pul mablagʼlari (bankdagi maxsus schyotlar, pul ekvivalentlari, yoʼldagi (oʼtkaziladigan) pul mablagʼlari) summalari oshkor qilinishi lozim.


Download 10.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling