15-son bhms buxgalteriya balansi
Download 10.2 Kb.
|
15-SON BHMS BUXGALTERIYA BALANSI
MАJBURIYaTLАR19.«Majburiyatlar» boʼlimida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar boʼyicha axborotlar alohida oshkor etilishi lozim.20. Uzoq muddatli majburiyatlar boʼyicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida boʼlinmalarga uzoq muddatli qarzlar, shuʼba va tobe xoʼjalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy toʼlovlar boʼyicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʼnaklar, uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summalari koʼrsatilishi kerak.Foiz stavkalari umumlashuvi, shartnoma majburiyatlarini qoplash shartlari, qoplash navbatliligi, muomala shartlarini umumlashtirish hamda mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansi qismida tushuntirish xatida koʼrsatilishi lozim.21. Joriy majburiyatlar boʼyicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida boʼlinmalarga qarzlar, shuʼba va tobe xoʼjalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy toʼlovlar boʼyicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan boʼnaklar, byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar, sugʼurtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamgʼarmalaridan toʼlovlarga oid qarzlar, taʼsischilardan qarzlar, mehnatga haq toʼlashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi.22. Аgar korxona kredit bitimiga binoan uzoq muddatliligi asosida majburiyatlarni qayta moliyalashni nazarda tutayotgan boʼlsa, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy ulushi joriy majburiyatlardan chiqarib tashlanadi. Bunday holda majburiyatlar summasi va qayta moliyalash shartlarioshkor etilishi kerak.Download 10.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling