16- mavzu : m ukammal taqdimot qilish sirlari reja: Startap loyihalar uchun taqdimot tuzish


Download 273.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.12.2022
Hajmi273.72 Kb.
#1032570
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu MUKAMMAL TAQDIMOT QILISH SIRLARI

 
2. Investorlar qanday fikrlaydi? 
Sizda misli ko‘rilmagan daromad keltirishi mumkin bo‘lgan g‘oya paydo 
bo‘ldi va siz shaxsiy biznesingizni ochishga qaror 
qildingiz. Tez orada badavlat va muvaffaqiyatli 
bo‘lishga umid qilyapsiz. Biroq g‘oya qanday zo‘r 
bo‘lmasin, loyihaga pul tikilmasa, bari bekor. Shu 
o‘rinda pullarni qayerdan olish mumkinligiga doir 
savol paydo bo‘ladi.
Albatta, bunday holatlarda inson o‘zining butun mol-mulkni 
sotishi, do‘stlari yo qarindoshlaridan qarz olishi yoxud kredit olish uchun murojaat 
qilishi mumkin. Shu bilan birga, biroz fikr yuritib, kamxarj yo‘lni tanlash imkoni 
ham bor, bu - investorlarni jalb qilish. Bugunga kelib muvaffaqiyatli faoliyat 
yuritayotgan yirik kompaniyalarning aksariyati aynan shunday yo‘l tutgan. 
Ta'kidlash joizki, investitsiyalar nafaqat loyihani boshlab olishga, balki uni 
kelgusida rivojlantirish uchun ham kerak bo‘ladi. Har kuni dunyoda qandaydir yangi 
g‘oyalar paydo bo‘ladi va hech bir loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlashsiz bozorda 
uzoq qola olmaydi. 
Kerakli kishilar bilan tanish bo‘lsangiz, investorlarni topish qiyinchilik 
tug‘dirmaydi. Biroq bunday tanishlaringiz bo‘lmasa-chi? Investorlarni qayerdan 
topish va ularni qanday qilib aynan sizning loyihangizga pul kiritishi daromad 
keltirishiga ishontirish mumkin? Buning uchun, birinchidan, mamlakatda biznesga 
sarmoya kiritishga doir barcha imkoniyatlardan xabardor bo‘lish, ikkinchidan esa, 
har bir qadamni yaxshilab o‘ylab rejalashtirish kerak. 
Biznesga investitsiyalarni qayerdan topish mumkin? 


Biznes-loyihalarni moliyalashtirish manbalari yetarlicha. Kerakli mablag‘ni 
jalb qilishda muvaffaqiyatga erishish uchun barchasi haqida bilish kerak. 
Birinchidan, bu - investitsion fondlar. Bu - daromad olish maqsadida ma'lum bir 
loyihalarga pul kiritishga tayyor jismoniy yoki yuridik shaxslar guruhi. Bunday 
fondlarning ma'lum bir turlari biznesning aniq yo‘nalishlari uchun javob beradi. Ular 
qiziq, daromad keltiruvchi loyihalarga faol pul kiritishadi, biroq bu loyihalar 
sinalgan sohalarga tegishli bo‘lishi kerak. Ular innovatsion g‘oyalar, mutlaqo yangi 
va original loyihalarga homiylik qilishmaydi. Biroq o‘z g‘oyangiz muvaffaqiyatiga 
ishonchingiz komil bo‘lsa va u fondlar faoliyat sohalaridan biriga to‘g‘ri kelsa, dadil 
murojaat qilishingiz mumkin. 
Ikkinchidan, venchur tashkilotlar - kapitali xususiy shaxslar mablag‘laridan iborat 
kompaniyalar bor. Bu tashkilotlar original, ilmiy loyihalarga ko‘p pul kiritadi, biroq 
bu yerda muayyan jihatlar mavjud. Bunday kompaniyaga pul kiritishni taklif qilib, 
siz aslida ularga o‘z biznesingizning bir qismini sotasiz. Ulushni keyinchalik sotib 
olish mumkin, lekin u investor tasarrufida bo‘lganida sarmoyachi ishlarni yuritishga 
aralashish huquqiga ega bo‘ladi. 
Uchinchidan, qiziqarli loyihaga o‘z mablag‘larini kiritishga tayyor muvaffaqiyatli 
tajribali ishbilarmonni topish mumkin. Bunday ishbilarmonlarning o‘ziga xosligi 
shundaki, ular odatda g‘oya bosqichidagi biznes-loyihalarga pul tikishadi. Bunday 
biznes “farishtalari” sizning g‘oyangiz daromad keltirishini oldindan sezishsa, tez 
orada boyib ketishingizga ishonavering. 
Ikkita oxirgi uslub – davlat va banklar. U holatda ham, bunisida ham pullarni 
qaytarishingizga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda bank sizdan foizlarni ham talab qiladi. 
Davlat tashkilotlari esa juda ko‘plab qog‘oz yig‘ishga majbur qiladi. Imkon qadar 
bu yo‘llarni tanlamagan ma'qul, lekin har ehtimolga qarshi shunday uslublar ham 
borligini yodda tutgan yaxshi. 

Download 273.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling