16-amaliy: Agregat ketma –ketlik usulini xisobi
Download 479.66 Kb.
|
16-7-sy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlovchi savollar;
16-amaliy: Agregat ketma –ketlik usulini xisobi Ishlab chiqarishni tashkil etish. Ishlab chiqarish agregat usuli bilan tashkil etilganda buyum titratish maydonchalari yoki maxsus jihozlangan uskunalar - qoliplash mashinasi va beton taqsimlash mashinalaridan iborat bo‘lgan agregatlarda qoliplanadi. Qolipga solingan buyum ko‘prik kran bilan, beton tezroq qotishi uchun, issiqlik bilan ishlov berish kameralariga olib o‘tiladi. So‘nggi bosqichda buyum maxsus joyda kameradan olinib qolipdan ozod qilinadi. Tayyor mahsulot qabul qilinganidan so‘ng omborga jo‘natiladi, bo‘shagan qoliplar esa navbatdagi texnologik siklga tayyorlanib qoliplash joyiga qaytariladi. 2.1-rasmda ishlab chiqarishni agregat usulida tashkil etishning umumiy chizmasi ko‘rsatilgan. Ya’ni, texnologik jarayon oltita ish joyiga taqsimlanadi: buyumni qolipdan ozod qilish va tekshirish; qolipni yig‘ish; qolipni beton quyishga tayyorlash; armatura karkasini yotqizish; qolipni beton bilan to‘ldirish va uni zichlash; beton yuzasini tekislash yoki xo‘l betonga dekorativ ishlov berish, buyumni issiqlik kameralariga joylash va uni kameradan olish. Yuqoridagilardan ba’zilari bir vaqtning o‘zida bo‘ladi, ya’ni qolipdan tushirish, buyumni tekshirish va qolipni tayyorlash qoliplash vaqt davomiyligida bajariladi. Texnologik jarayon tarkibiy qismlarga bo‘linib yagona ish surati belgilanganda ishlab chiqarishni to‘htovsiz usulda tashkil etish imkoniyati ham bor. To‘xtovsiz usulda ishlanganda texnologik liniya kerakli tashish va yetkazib berish vositalari bilan to‘ldiriladi. Ishlab chiqarishni agregat usulda tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud va umumiy chizmada (2.1,b rasm) qolipni bir o‘rindan boshqa o‘ringa ko‘chirishda rolikli konveyer ishlatiladi. Ikki shahobchali chizmada esa (2.1,v rasm) umumiy ritm saqlanganda ishlab chiqarish usuli konveyer usuliga yaqinlashadi. Agregat texnologiya liniyasining davomiyligi buyumni qoliplash davomiyligi bilan belgilanadi (2.2-jadval). Agregat usuli ko‘p ishlatiladi va xarajatlarni oshirmasdan turli buyumlar ishlab chiqarish mumkin. Agregat texnologiyasi yetarli darajada tez o‘zgaruvchan bo‘lgani uchun uskunalarni almashtirish va qayta moslash natijasida boshqa turdagi buyumlar ishlab chiqarish, texnologik uskunalar nisbatan sodda bo‘lgani holda 1m3 bug‘lash kamerasidan mahsulot olish miqdorini oshirish, mehnat sarfini kamaytirish va mahsulot tannarxini tushirish imkonini beradi. 2. Agregat ishlab chiqarishni loyihalash. Texnologik operatsiyalar birin-ketin bir qancha ish postlarida amalga oshiriladi. Ketma-ketlikka rioya etish uchun qolip bir postdan boshqasiga ko‘prikli kran bilan olib o‘tiladi. Bunda kranning yuk ko‘taruvchanligi tashiladigan buyum qolip va travers yoki avtomat tutqich og‘irliklarini yig‘indisi bilan aniqlanadi. Ishning bir qismi odatda boshqa ishlar bilan , masalan buyumni qolipdan ozod qilish, qolipni tekshirish va tayyorlash buyumni qoliplash bilan bir vaqtda bajariladi. Umumiy loyihalarda qabul qilingan qoliplash postlaridagi uzluksiz agregat liniyalarida qolip titratish maydonchasiga qolip uzatuvchi yordamida o‘tkaziladi (2.3-jadval). Texnologik liniya quyidagilardan tarkib topadi: beton joylashtiruvchi moslamali qoliplash agregati; armaturani tayyorlash, elektr bilan qizitish yoki mexanik tortish moslamasi; qolip uzatuvchi; qotish kameralari; qolipdan tushirish joylari; buyumni sovutish joyi; me’yoriga keltirish o‘rni; texnik nazorat posti; qoliplarni tozalash va moylash posti; armatura, turli qismlar, issiqni saqlovchi qismlar, qo‘shimcha qolip va moslamalarni saqlash maydonchasi; tayyor mahsulotni sinash stendi. Texnologik liniyalar o‘rnatilganda ularni kesib o‘tadigan yoki qarama-qarshi keladigan ishlab chiqarish oqimlari bo‘lmasligi kerak, ya’ni yetkazib beriladigan materiallar, ayniqsa beton qorishmasi; buyumlar va qoliplar; ularni tashish masofasi minimal bo‘lishi kerak. Agar bir oraliqda (prolyotda) ikkita texnologik liniya joylashgan bo‘lsa ularga bitta yuk ko‘tarish moslamasi xizmat qilishi lozim. Agregat ketma-ketlik usuli o‘rta va kichik quvvatli zavodlarda katta bo‘lmagan hajmdagi ishlab chiqarishga ko‘proq muvofiq keladi. Bunday usul uzunligi 12 m, kengligi 3 metrgacha va balandligi 1 metrgacha bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarishga ayniqsa to‘g‘ri keladi. Ba’zi hollarda o‘lchami bundan ham katta bo‘lgan buyumlarni tayyorlash mumkin. Bu usul kam mablag‘ sarflangan holda keng turdagi mahsulot xillarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Turli buyumlar uchun 1m3 kameradan mahsulot olish ko‘rsatkichi Qoliplar soni quyidagi tenglama bilan hisoblanadi m3=6,3(Tf/S)r, bu yerda Tf – aylanish vaqti, soatda; r – qoliplash agregatlarining soni. Yarim konveyerli liniyalar texnologik hisob-kitobi agregat ketmaketlik usulidagi liniyalar formulasi bilan topiladi. 3. Ko‘p bo‘shliqli panellar ishlab chiqarish. Agregat-oqim texnologiyasida ko‘p bo‘shliqli panellarni tayyorlash uchun maxsus moslamali qoliplash mashinalari ishlatiladi. Sanoat korxonalari 6260x1990mm o‘lchamli va balandligi 220 mm bo‘lgan, zo‘riqtirilgan yoki oddiy karkasli armaturali ko‘p bo‘shliqli panellar uchun mashinalar ishlab chiqaradi. Agregat ketma-ketlik usulida panel ishlab chiqaradigan uskunalar tarkibiga quyidagilar kiradi: titratuvchi moslamali (bo‘shliq hosil qiluvchi-vibrovkladish) qoliplash mashinasi, beton yotqizuvchi, titratish yuklama shiti va qolip uzatuvchi. Buyum poddonlarda qoliplanadi, bortlari qoliplash tugashi bilan olib tashlanadi. Yon bortlari titratish moslamalari bilan birga qo‘zg‘olib boradi. Ko‘ndalang bortlar esa richaglar yordamida qoliplash mashinasining karetkasi bilan ulangan sharnirlarda qoladi. Titratish yuklama shiti beton qorishmasining bikrligi 30-60 s bo‘lgan bo‘shliqli panellar qoliplanganda ishlatiladi. Tishlashib qolmasligi uchun shag‘alning yirikligi 20 mm dan oshmasligi kerak. Texnologik jarayon quyidagi sxemaga asosan olib boriladi. Qo‘tarish platformasidan aravachaga avtomat tutqich bilan olib qo‘yilgan tortilgan armaturali poddon, qoliplash moslamasi tomonga olib boriladi va qoliplash platformasi ustunlari orasiga qo‘yiladi. Titratish moslamali va yon bortlar qo‘yilgan kareta poddon tomonga boradi va bir vaqtning o‘zida unga ko‘ndalang bortlar tushiriladi. Qolipga yuqorigi armatura to‘ri, unga payvandlangan vertikal karkas va ilmoqlar bilan tushiriladi. Beton yotqizuvchi post bo‘ylab boradi va qolipga kerakli betonning yarmi solinadi va bir vaqtning o‘zida silkituvchi moslama betonni zichlaydi. Shundan so‘ng silkituvchi moslama olinadi, yon va ko‘ndalang bortlar chiqariladi, titratish shiti chiqarib olinadi. Avtomat tutqichli kran bilan buyum qo‘yilgan poddon olinadi va issiqlik kamerasiga yo‘llanadi. Har bir postda operatsiyani bajarish muddati deyarli bir hil, bu holat ketma-ketlik usulida ishlab chiqarishni 15 daqiqa oraliq bilan tashkil etish imkonini beradi. Ko‘p zavodlarda qoliplash moslamalari avtomat tartibda ishlaydi, shu jumladan qoliplangan buyumlar shu zahotiyoq opalubkadan tushiriladi, titratish maydonchasidagi poddon tortilgan armatura bilan qo‘yiladi, qo‘lda faqat ko‘tarish ilmoqlari va vertikal armaturalar qo‘yiladi. SMJ turidagi uskunalar to‘plami, qoliplash mashinasi, beton yotqizuvchi, poddon, avtomatik tutqich, titratish shitli va bort moslamali o‘zi yurar portaldan iborat bo‘ladi. Qoliplash postida asosiy qoliplash ishi amalga oshiriladi – poddonlar uzatiladi, bort moslamalari qo‘yiladi, bo‘shlik hosil qiluvchilar o‘rnatiladi, beton qorishmasi yotqiziladi, yuk bilan zichlashtiriladi va qolipdan ozod qilinadi. SMJ-227 turidagi qoliplash mashinasi bo‘shliq hosil qiluvchi karetkani harakatlantiruvchi mexanik moslama bilan jihozlangan bo‘ladi. Karetka payvandlangan rama va g‘ildiraklardan iborat bo‘ladi. Mashina boshqatdan moslashtirilganda karetkadagi titratish vkladishlari almashtiriladi. SMJ-228 o‘zi yurar portal beton yotqizuvchi bilan umumiy izga ega bo‘ladi va poddonni yetkazi berib uni qoliplash postiga qo‘yadi. Bortlar tushirilib poddonda qotirilgandan so‘ng portal tayyorlash postiga qaytadi. SMJ-69 beton yotqizuvchi betonning pastki qatlamini yotqizadi, bo‘shlik hosil qiluvchi kiritiladi va qorishmani zichlashtiradi, qolip beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi, so‘ng portal qoliplash postiga suriladi va buyumga yuklash shiti tushiriladi. Uzoqdan boshqarish moslamasini o‘rnatish qoliplash siklini 10 minutgacha kamaytirish imkonini beradi. Vkladishlar chiqarilgandan so‘ng yuklash shiti ko‘tariladi va yuqorida tutib turiladi, so‘ngra bort moslamalari olinadi. Bort moslamalarida to‘rtta pnevmosilindr mavjud va ular yordamida mahsulot qolipdan chiqariladi. Qoliplangan buyum turgan poddon issiqlik bilan ishlov berish kamerasiga yuboriladi. Texnologik liniya tayorlash posti bo‘lishini nazarda tutadi va u yerda elektrotermik usulida tortilgan simli armatura poddonga o‘rnatiladi. So‘ng portal poddonni ko‘tarish postiga va uni qoliplash postiga uzatish uchun suriladi va shu usulda sikl yana qatariladi. Temirbeton shpallar ishlab chiqarish. Ko‘pchilik zavodlarda o‘n xonali qoliplarda shpal tayyorlashning agregat usuli qo‘llaniladi. Kuchlangan qolip bo‘ylama balka, yonlama hovonli devor va bikr qovurg‘alardan iborat bo‘ladi. Armatura paketining qo‘zg‘olmas tutqichi qolipning yonida, qo‘zg‘oluvchan tutqich esa konsollarga o‘rnatilgan bo‘ladi. Shpallar sexning 18x144m o‘lchamli liniyasida tayyorlanadi va ikki smenada ishlanganda bunday liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 255 ming shpalni tashkil etadi. Texnologik liniya beshta alohida bo‘limdan iborat bo‘ladi: armatura bo‘limi, qoliplarni tayyorlash bo‘limi, qoliplash bo‘limi, issiqlik bilan ishlov berish bo‘limi va so‘nggi ishlov berish bo‘limi Armatura bo‘limida buxtani o‘rash, sim paketlarini tayyorlash, katushkani ushlash va tortish postlari joylashadi. Armatura sifatida sovuq holatida tortilgan, kam uglerodli, davriy profilli diametri 3 mm bo‘lgan sim ishlatiladi. Simni buxtadan katushkaga o‘rash posti ikkita buxta ushlagich, to‘htatish moslamasi, simni tozalash moslamasi va o‘rash stanogidan iborat bo‘ladi. Armatura paketi 44 ta katushkadan tayyorlanadi. Sim tormoz roliklari va tutib turish ramkalaridan butun uzunligi bo‘yicha o‘tkaziladi. Simning uchi maxsus qisqich bilan ushlab turiladi va bolt bilan qotiriladi, so‘ng aylana arra bilan qirqiladi. Tayyor sim o‘rami traverslar bilan rolikli konveyerga qo‘yiladi va qolipga tortish postiga uzatiladi. Tortishning birinchi bosqichida tortish lozim darajaning 30 foizigina bajariladi, shundan so‘ng qolipga ajratish diafragmasi va armaturani tutib turgich qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda sim to‘plami 380 kN gacha tortiladi va ichki taranglik susaygunga qadar 4 daqiqa shunday holatda ushlab turiladi. Shundan so‘ng tortish kuchi me’yordagi darajaga qadar – 360 kN gacha bo‘shatiladi va maxsus vintlar bilan qotiriladi. Sim to‘plami solingan qolip kran bilan birinchi qoliplash postiga o‘tkaziladi. Bu postda sakkizta titratish blokidan iborat bo‘lgan titratish moslamasi, qoliplar uchun rolikli konveyer va o‘zi yurar beton yotqizuvchi bo‘ladi. Bu yerda qolipga qorishma solinib 3 daqiqa zichlanadi. Shundan so‘ng qolip ikkinchi postga o‘tkaziladi. Qoliplash past bosim ostida amalga oshiriladi. Natijada shpal kerakli shaklga kiradi. Uchinchi postda qolipdan diafragma va bo‘shliq hosil qiluvchilar olinadi. Shundan so‘ng qolip kran bilan bug‘lash kamerasiga olinadi va u yerda beton 3+4+2 soat davomida 85oS haroratda 95 foizdan kam bo‘lmagan namlikda qotiriladi. Liniyada har biriga 8-10 dona qolip sig‘adigan sakkizta bug‘lash kamerasi bo‘ladi. Bug‘lash tugaganidan so‘ng qolip anker g‘ilofini olish va kuchlanishni betonga o‘tkazish postiga olinadi. Bu vaqtda betonning mutahkamligi 35 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Qolip kran bilan gidravlik dastakli ag‘dargichga olinadi va bu yerda u 180o o‘girilib plastinkali konveyerga tushiriladi, qolip esa tozalash, moylash va diafragmalar o‘rnatish postiga yuboriladi. Shpal kesish postiga, undan esa taxlashga yuboriladi. Shpal 20 donadan qilib taxlanadi va 8 soat ushlab turiladi, so‘ngra tayyor mahsulot omboriga jo‘natiladi. Texnologik jarayon yopiq aylana usulida, bitta qolipga 10-12 daqiqa sarflanib davom etadi. Beton qorishmasini tayyorlash, issiqlik bilan ishlov berish, armatura tortilishini nazorat qilish va qoliplarni bir postdan boshqasiga olish avtomatlashtirilgan. Beton qorishmasi uchun yirikligi 0,14-5 mm bo‘lgan qum va 5-20 mm bo‘lgan shag‘al, 500 markali past alyuminatli portlandsement ishlatiladi. Bir texnologik liniyaga 32-34 nafar ishchi talab etiladi. 5. Yirik o‘lchamli panellarni tayyorlash. 3x6 o‘lchamli yassi va qovurg‘ali panellarni tayyorlash uchun qolip yotqizuvchi va titratish moslamali avtomatlashtirilgan uskunalar qo‘llaniladi. Tayyor qolip qolip yotqizuvchi yordamida titratish maydonchasiga olinadi, so‘ng titratib qoliplovchi buyumni titratish nasadka yordamida shaklga soladi va lozim bo‘lganda titratish maydonchasi ishlatiladi. Moslama avtomatlashtirilgan va avtomat tartibda ish bajarilganda markaziy boshqaruv pultidan qolip yotqizuvchini ishlatuvchi moslama harakatga keltiriladi va u titratish maydonchasiga olinadi, shu tartibda jarayon avtomatik tarzda davom etadi. Kengligi 3 m va uzunligi 12 m bo‘lgan panel qoliplovchi moslama yuk ko‘taruvchiligi 24 tonna bo‘lgan titratish maydonchasidan, titratib qoliplash mashinasi va rolikli konveyerdan iborat bo‘ladi. Konveyerda uchta post joylashadi Birinchi postda tortilgan armatura kesiladi, buyum qolipdan olinadi. Ikkinchi postda armatura sterjenlari yotqiziladi va gidrodomkrat yoki elektr bilan qizitish usulida tortiladi. Uchinchi postda armatura to‘ri va qo‘shimcha qismlar yotqiziladi. Tayyorlangan qolip konveyerlar seksiyasiga o‘tkaziladi. Beton yotqizuvchi birinchi marta o‘tganda beton qorishmasi panelning bo‘ylama qovurg‘alariga yotqizilib titratish maydonchasida zichlanadi. Beton yotqizuvchi orqaga qaytganda beton panelning ko‘ndalang qovurg‘alariga yotqiziladi. Betonning ikkinchi qatlami vibronasadka bilan zichlanadi va rezina g‘ildirak bilan tekislanadi. 6. Rolikli konveyerli agregat liniyasi. Bunday liniyaning o‘ziga xosligi konveyer liniyasi elementlarining alohida qoliplash posti bilan muvofiqlashgani va chuqur kamerada issiqlik bilan ishlov berilishidadir (2.4-rasm). Texnologik liniya 6x2m bo‘lgan yo‘l plitalari, 9 m uzunlikkacha bo‘lgan rigellar va 6x3 m li tom yopish plitalarni tayyorlashga mo‘ljallangan. Ish postlari liniyalari maksimal darajada mexanizatsiyalashgan, ko‘p seksiyali rolikli konveyerdan iborat bo‘ladi va bunday liniyada buyum solingan qolip bitta postdan ikkinchi postga o‘tkaziladi. Post seksiyalari bitta harakatlantiruvchi moslamaga ega bo‘ladi, ular bir vaqtda ishga tushadi biroq alohida alohida o‘chiriladi. Postda ja’mi bo‘lib to‘qqizta post va ikkita olisdan boshqarish pulti mavjud. Texnologik jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: issiqlik bilan ishlov berilgandan so‘ng buyum solingan qolip kran bilan birinchi postga olinib u yerda qolipning old bortlari olinadi. Ikkinchi postda yon bortlar olinadi va abraziv disk bilan armatura sterjenining ilmoqlari kesib olinadi. Shundan so‘ng tayyor plita kran bilan ko‘tarilib omborga olib ketiladi. Bo‘shagan qolip konveyerda uchinchi postga yuboriladi. U yerda qolip tozalanib, moylanadi. To‘rtinchi postda tortilgan armatura joylanadi. Beshinchi postda armatura to‘ri va qo‘shimacha detallar qo‘yiladi. Oltinchi postda qolip bortlari yopiladi. Sakkizinchi postda beton quyiladi va zichlanib yuzasi valik bilan tekislanadi. Zarur bo‘lganda plitalar qalinligiga ko‘ra kalibrlanadi va diskli mashina bilan ishlov beriladi (to‘qqizinchi post). Tayyorlash sikli 17 daqiqani tashkil etadi, shundan so‘ng buyum 6-8 soatga chuqur kameraga qo‘yiladi. Bunday kameralar issiqlik bilan ishlov berish sifatini oshirish imkonini beradi. So‘ngi yillarda yarim konveyerli usul ko‘proq ishlatilmoqda. Bunday konveyerlarda rigellar, ustunlar, balka va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Bunday liniyalarning ishlash ritmi 18-25 daqiqani tashkil etadi. Mavzuni mustahkamlovchi savollar; Agregat patok texnologiyasida qqnday o`lchamdagi buyumlar ishlab chiqariladi.? Agregat patok texnologiyasining uzunligi ini va balandligi qancha. ? Agregat patok texnologiyasida buyumlarni quritish jarayoni qanday kichadi.? Download 479.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling