16-amaliy mashg’ulot: Himoyalangan yer inshoatlari turlari va ularni tuzilishi. Ishdan maqsad
Download 17.79 Kb.
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish uchun namuna
16-amaliy mashg’ulot: Himoyalangan yer inshoatlari turlari va ularni tuzilishi. Ishdan maqsad: Talabalarni O‘zbekistonda. mavjud himoyalan yer inshootlarining asosiy turlari va jihozlari bilan tanishtirish. Masalaning qo‘yilishi: Ekinlarni mavsumdan tashqari vaqtda o‘stirish maqsadida, sunhiy mikroiqlim sharoitlarini yaratish yoki tabiiy mikroiqlimni yaxshilash uchun qurilgan inshootlar va uchastkalarni himoyalangan yer inshootlari deyiladi. Tuzilishining murakkabligi va o‘simliklar uchun qulay sharoit yaratish uslublariga qarab ular ikki guruhga bo‘linadi: 1. Isitilgan yer. 2. Ekin o‘stiriladigan inshootlar (parnik va issiqxonalar). Bu ikkala guruh inshootlar tuproq va havo har qanday isitish usulda (quyosh, biologik va texnik usullarda) isitilishi, inshootlarni konstruktsiyasi (sinchli va sinchsiz), tomi yoruglik o‘tkazadigan (oynali yoki plyonkali) yoki qorong’ilashtirilgan, qoplanishiga ko‘ra yoppasiga (tonnelli yoki shtorli) yoki romli qilib qurilgan bo‘lishi mumkin. Vazifasiga ko‘ra ular ko‘cha, ko‘chat va sabzavot va sabzavot etishtirishga mo‘ljallangan xillarga bo‘linadi. Isitilgan yer ekin o‘stiriladigan inshootlardan (parnik va issiqqxonalardan) yon to‘siqlari bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Solishtirma xajmi (inshoot xajmining inventar maydonga bo‘lgan nisbati) isitilgan yerda ko‘pi bilan 0,3, parniklarda 0,3-0,5 issiqxonanarda 1 dan 8 gacha bo‘lishi mumkin. Himoyalangan joy inshoatlarining turlari, tuzilishi, konstruktiv elementlari rasm, chizmalari va boshqa tavsiflari «Sabzavotchilikdan amaliy mashg’ulotlar (1983) va «Sabzavot ekiilari va ularni etishtirish texnologiyasi» (1997) kabi adabiyotlarda yoritilan. Ishni bajarish uchun namuna Himoyalangan joylarning turli xillarini tanishtirishga doir mashg’ulotlarda talabalar xilma-xil isitilgan yer, parnik-isssiqxonalar bilan tanishib, har qaysi turning tuzilishini diqqat bilan ko‘zdan kechiradilar, ularni umumiy tuzilishini va ayrim qismlarini rasmini chizadilar. Biror inshootning tabiiy xili bo‘lmagan taqdirda plakatlardan, diafilg’m va diapozitivlardan foydalanish mumkin (Bu mahlumotlar yuqorida keltirilgan adabiyotlarda keltirilgan). Isitilgan yer. Talabalar isitilgan tuprog’ining ayrim xillarini ko‘rib chiqib, asosiy o‘lchamlarini va sxematik rasmlarini chizadilar. Har bir talaba isitilgan yerning quyidagi turlarini asosiy o‘lchamlarini ko‘rsatgan xolda ularning rasmini chizishi kerak. a) Yoysimon sinchli tonnel qurilmasi (ko‘ndalang va uzunasiga kesimi bo‘yicha); v) Yer sinchli tonnel shaklidagi qurilma (ko‘ndalang kesimi); Talabalar isitilgan tuproqli qurilmalarni asosiy turlarini rasmini chizib olganlaridan so‘ng shakldagi belgilarga qarab ularni 2-3 turini tahriflab chiqadilar. Ularni ta’riflashda yuqorida keltirilgan adabiyotlardan foydalaniladi. 7-jadval Download 17.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling