16 апрел — чарли чаплин таваллудининг 130 йиллиги
CHARLI CHAPLINNING QIZI JERALDINEGA MAKTUBI
Download 117.46 Kb.
|
Charlin Chaplin Qiziga maktubi
CHARLI CHAPLINNING QIZI
JERALDINEGA MAKTUBI Charles Spenser Chaplin — dunyoga mashhur kinoaktyor, stsenarist, bastakor va rejissyor. U 1889 yil 16 aprelda Londonda san’atkor oilasida dunyoga keldi. Uning kelib chiqishi asli inglizlarga borib taqaladi. Oilasining ajralib ketishi tufayli yosh Chaplin onasi — Hanna Xariet Xillning qo’lida qoladi. Sahnaga ilk bor 1894 yil 5 yoshida chiqqan. Onasining betob bo’lib qolgani va moddiy qiyinchiliklar tufayli 12 yoshida maktabni tashlab pul topish uchun ishlay boshlaydi. 1900-1903 yillar davomida kichik-kichik rollarni o’ynab yurgan. Dastlabki ijodini esa pantomimochi aktyor sifatida boshlaydi. 1912 yil AQShga tashrif buyuradi va Ser Mak Sennet boshchiligidagi bir qancha fil`mlarda suratga tushadi. Shundan so’ng «Kistoun fil`m» studiyasida doimiy ishchi sifatida ishlay boshlaydi. Uning daromadi yil sayin ko’tarilib boradi. 1919 yilga kelib Chaplin Meri Pikford, Duglas Ferbenkson va Devid Griffitonlar bilan birga o’z kino studiyasini ochadi. Unga «United artists» (Birlashgan aktyorlar) deya nom qo’yadi. 1952 yil AQShdan ketib Shveytsariyada yashay boshlaydi. 70-yillarda Charles Chaplin ikki bora «Oskar» mukofotini oldi. Hatto unga 1975 yil Angliya qirolichasi Elizavetta II tomonidan ritsarlik unvoni ham beriladi. AQSH kino akademiyasining ikki karra lauriyati nomiga ham sazovor bo’lgan Charles Spenser Chaplin 1977 yil olamdan o’tdi. Qizim, hozir tun. Mavlud ayyomi kunlarining biri. Barcha qurollangan jangchilar mening kichkina qal’amda uxlayapti. Ukang va singling, hattoki onang ham orom og’ushida. Mendan naqadar olisdasan! Ammo sening siymong ko’z oldimdan yuqolsa, men so’qirga aylanaman. Sening surating shu yerda, stolimning ustida, qalbim tubida. Lekin o’zing ayni damda qayerdasan? Shans Elize nomli ajoyib teatrning ulkan sahnasida – “Go’zal Parij” raqsidasan. Men buni juda yaxshi bilaman. Hatto oyoq tovushlaringni eshitaman. Sening ko’zlaringni ko’raman – ular osmondagi yorug’ yulduzlar misoli xayolim oynasini yoritib turadi. Sening ushbu tantanavor va oydin sahnadagi harakatlaring Tatarxon asirasiga aylangan fors go’zalining timosolini yodga soladi. Hamisha go’zalligingcha qol va raqsga tush! Yulduz bo’l va porla! Lekin agar tomoshabinlarning zavq-shavqi va minnatdorchiligi seni mast qilsa, agar gullarning ifori boshingni aylantirsa, shunda chetroqqa o’tib, mening xatimni o’qi va qalbim ovoziga quloq tut. Men sening otangman, Jaraldine! Men Charliman, Charli Chaplinman! Bilasanmi, bolaliginda tunlari sening yotog’ing yonida o’tirib, “Uyqudagii go’zal”, “Hushyor ajdarho» ertaklarni aytib berganman. Ko’zlarimga uyqu kelaganida unga kulib shunday derdim: “Ket! Uyqum, bular mening qizimning orzulari!” Men sening orzularingni ko’rardim, Jeraldine, kelajagingni, bugungi kuningni ko’rganman. Men sahnada o’ynayotgan qizchani, samolarga uchib raqs tushayotganini ko’rdim. Olomonning: “Anavi qizni ko’ryapsizmi? U sobiq masxarobozning qizi bo’ladi. Esladingizmi? Uning ismi Charli edi”, deya gapirganlarini eshitdim. Ha, men Charliman! Sobiq masxarobozman! Bugun sening navbating. O’yna! Men katta yirtiq ishtonlarda o’ynadim, sen esa malikalardek ipak matoli ko’ylaklarda o’ynayapsan. Bu o’yinlar va gulduros olqishlar ba’zida seni ko’klarga ko’tarishi mumkin. Mayli, parvoz qil! Osmonlarga parvoz qil! Lekin yerga qaytishni ham unutma! Sen odamlarning hayotini, ko’chada raqqosalarning sovuqda qaltirab och-nahor qolganlarini ko’rishing kerak. Men o’shalarga o’xshardim, Jeraldine! O’sha sehrli oqshomlari sen uxlab yotganingda, o’zimning hikoyalarim bilan allalardim seni. Men uyg’oq edim. Men sening yuzingga qarab o’tirardim va yuraging urishini eshitardim va o’zimdan so’rardim: “Charli, shu murg’ak bola seni bilarmikan? …Sen meni bilmaysan, Jeraldine. O’sha oqshomlar ko’p ertaklar aytib berardim. Lekin mening o’zimning hayot ertagim hech qachon aytilmagan. Ammo bu ham qiziqarli. Bu ertak ochlikdan London xarobalarida qo’shiq kuylab, o’yinga tushib sadaqa yig’ib yurgan masxaraboz haqida edi… Bu mening hikoyam! Men ochlik nimaligini, yalangoyoqlik, boshpanasizlik nima ekanini bilaman. Bundan tashqari, men – xo’rlangan daydi masxarabozning ko’ksida ummon to’lqinidek mavj urib turgan g’urur otilgan tangalar yetkazgan og’riqdan paydo bo’lgan. Kel, bu mavzuni to’xtata qolamiz. Yaxshisi, sen haqingda gaplashamiz! Jeraldine, sening ismingdan keyin mening ismim keladi – Charli. Men ushbu ism bilan odamlarni 40 yil kuldirdim. Lekin men odamlarning kulgusidan ko’ra ko’proq yig’ladim! Jeraldine, qizginam, sen hayotda faqat raqs va qo’shiq uchun yashamagin! Yarim kechasi katta zaldan chiqqaningda, atrofingda qurshab olgan muxlislaringni unutishing mumkin, lekin seni uyingga olib borib qo’yadigan haydovchingdan, uning rafiqasi haqida so’rashni unutma. Agar ayoli homilador, yoki tug’ilajak farzandiga taglik sotib olishga mablag’i yetarli bo’lamsa, u holda uning cho’ntagiga qanchadir miqdorda pul solib qo’y. Shunaqangi savob ishlar, xayrli sarf xarajatlar uchun bankdagi nomingga pul o’tqazdim. Lekin boshqa narsalar uchun hisob-kitob bilan sarflagin. Goh-gohida shaharni metro, avtobus yoki yayov sayr qilib tur! Odamlarga qara! Beva-bechoralarga va yetim yesirlarga qara! Va hech bo’lmaganda kuniga o’zingga bir marta shunday deb eslat: “Men ham ularga o’xshagan odamman!” Ha! Sen ham o’shalarning birisan, qizim! Qolaversa, san’at insonga qanot berishdan oldin, u ucha olishi uchun odatda oyoqlarini sindiradi. Agar kun kelib o’zingni tomoshabinlardan ko’ra kerakliroq his qila boshlasang, sahnani tark et. Duch kelgan taksini to’xtatib, qo’shni Parijga borib kel. Bu sen uchun juda maroqli ekanini bilaman. U yerda o’zingga oxshagan, hatto, sendan-da malohatli, dilbar va latofatli ko’plab raqqosalarni ko’rasan. Ko’zni qamashtiradigan teatr chiroqlari har doim senga hamroh bo’lib yura olmaydi. Axir oy ham o’zining yorug’ligi bilan go’zal. Qara! Diqqat bilan qara! Nima, ular sendan kam o’ynashayaptimi? Tan olishing kerak, qizim, har doim sendan yaxshiroq raqsga tushadigan topiladi! Eng muhimi, shuni unutmaki, Charlining oilasida beadab so’zlar so’zlaydigan yoki Seyn daryosi sohilida o’tirgan tilanchilar ustidan kuladigan qo’pol odam hech qachon bo’lmaydi… Men o’laman, lekin sen yashaysan… Men seni hech qachon qashshoqlik nima ekanligini bilishingni xohlamayman! Ushbu maktub bilan birga senga chek daftarni yuborayapman, xohlaganingcha sarflayver. Lekin ikki frank sarflaganingda, o’zingga o’zing uchinchisi seniki emasligini eslatib tur. Uni muhtoj bo’lganlarga xarjlashing shart. Sen bunday odamlarni osonlik bilan topasan. Agar muhtojlarni osonlik bilan topmoqchi bo’lsang, ularni hamma joyda uchratishing mumkin. Sen bilan pul haqida gaplashayotganimning sababi, u shunday mahliyo qiluvchi kuchki, o’z domiga tortib ketadi. Bilasanmi, men ko’p vaqtimni sirkda o’tkazdim, shu fursat mobaynida meni bir tuyg’u tark etmadi – dorboz o’yinidan qo’rquv. Lekin, men senga shuni aytishim zarurki, dorbozning dordan yiqilishidan ko’ra odamlarning tekis yo’lda yiqilishi hayotda ko’proq uchraydigan hodisadir. Seni taklif etishgan tantanali kechalarda ehtimol olmos uchquni kabi porlarsan. O’sha payt sen uchun xavfli dor bo’ladi va yiqilishing muqarrar bo’ladi. Balki kunlarning birida bo’y-basti kelishgan, xushbichim shahzoda seni o’ziga jalb qilar. O’sha onlarda sen hali tajribasiz dorboz bo’lasan va albatta malikasiz dorboz har doim yiqilishi turgan gap. Qalbingni duru-gavharlar uchun sotma. Vaqti kelganda sen ham sevilasan, seni sevib qolgan u insonning muhabbati chin yurakdan bo’ladi. Men onangga bu haqda senga yozishini aytganman. U muhabbatni mendan ko’ra ko’proq tushunadi va yaxshiroq tushuntirib bera oladi. …Bilaman, ota va bola har doim tortishadi. Mayli men bilan urush, mening fikr-mulohazalarim bilan tortish, qizim! Menga gapga quloq soladigan farzandlar yoqmaydi. Va hali ko’zlarimdan yosh oqib ketmasidan, xatimni tugataman, bugungi Rodjestvo oqshomi sehrli bo’lishini xohlardim. Mo’jiza ro’y berishini tilardim va men aytmoqchi bo’lganlarimni borligicha tushunib, qabul qilishingni xohlardim. Charlining allaqachon davri o’tdi, Jeraldine! Ertami-kechmi, sahnada egningdan tushmaydigan oq ipakli kiyiming o’rniga qabrim tepasiga qora kiyim kiyib kelasan. Hozir seni xafa qilmoqchi emasman. Faqat vaqti-vaqti bilan oynaga qarab qo’y, mening chehramni ko’rasan. Hatto tomirimdagi qon muzlab qolganida ham, otang Charlini unutishingni xohlamayman. Men farishta emasman, lekin har doim ilhomlantiradigan inson bo’lib qolaman. Buni hamisha his qilib turishinnga ishonaman. Jeraldine, seni o’pib qoluvchi otang Charli. Ingliz tilidan Munira Norboeva tarjimasi Download 117.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling