16-bob. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish tayanch atamalar va iboralar


Download 327.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana13.05.2023
Hajmi327.28 Kb.
#1455796
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Darslik industrial iqtisodiyot 244-254 (1)

X = T + Ye
k
 

 K, 
bu yerda:
T – muayyan hudud sharoitida tayyorlanadigan mahsulotning to‘la 
tannarxi; 
Ye
k
– kapital qo‘yilmaning normativ qiyosiy samaradorlik koeffitsiyenti; 
K - ishlab chiqarish quvvatini yaratish uchun lozim bo‘lgan kapital 
qo‘yilma miqdori. 
Sanoat obyektlarini joylashtirishning qiyosiy samaradorligini aniqlash 
kapital qo‘yilma va mahsulot tannarxini hisoblashni va boshqa sharoitlarni 
ham batafsil aniqlash hamda har tomonlama taqqoslashni va barcha 
imkoniyatlarni nazarda tutishni taqozo etadi. 
Qisqacha xulosalar 
1. Sanoatni oqilona joylashtirish – ishlab chiqarishni izchil 
rivojlantirish 
va 
mamlakat 
mudofasini 
mustahkamlashning 
muhim 
shartlaridan biridir. 
O‘zbekistonda erishilgan mustaqillik va uni mustahkamlash mamlakat 
sanoatini hududlar bo‘yicha geografik joylashtirishga tubdan o‘zgartirishlar 
kiritdi. Sanoatni joylashtirish O‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasi 
va taktikasi, iqtisodiyotning qonuniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan tamoyillar 
asosida amalga oshirilmoqda. Sanoatni xomashyo manbalariga va mahsulotni 
iste’mol qiluvchi hududlarga yaqinlashtirish mamlakat tabiiy resurslaridan 
maqsadga muvofiq foydalanish, xomashyo va tayyor mahsulotni tashishda 
juda katta tejamkorlikka erishish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab 
chiqarish sarflarini kamaytirishga imkoniyat tug‘dirmoqda.
2. Sanoatning alohida tarmoqlarini joylashtirishning xarakterini 
aniqlashda tarmoq xususiyatlari jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulot 
xizmati (ishi, vazifasi), iste’mol qilinadigan xomashyo materiallari va ularni 
qayta ishlash texnologiyasining xususiyatlari, korxonaning tipi, ushbu 
tarmoqning iqtisodiy rayon ixtisoslashuvi va shaharlar tashkil topishiga ta’sir 
darajasi hisobga olinadi. 
3. Sanoatni joylashtirish jarayonida, hudud va obyektning qurilish 
joyini tanlashni asoslashda korxona qurilishining va ushbu obyektni 
kelajakda ishlatishning ham maksimal tejamkorligini nazarda tutish kerak 
bo‘ladi. Ayniqsa, yangidan yaratilayotgan korxona uchun maydon tanlash 
iqtisodiy jihatdan puxta asoslanishi kerak bo‘ladi. 
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishning mohiyati va ahamiyati. 
2. Sanoatni joylashtirishning tamoyillari (fundamental qoidalari). 
3. Sanoatni joylashtirishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar. 


254 
4. Tarmoqlarni joylashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar. 
5. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishdagi siljishlar va istiqboldagi 
vazifalar. 

Download 327.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling