2. Ishlab chiqariladigan mahsulot xossalari va mahsulot fazilati


Download 185.54 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi185.54 Kb.
#1416264
  1   2   3   4
Bog'liq
47 20


1.Kirish qismi
2. Ishlab chiqariladigan mahsulot xossalari va mahsulot fazilati
3. Texnalogik qisim
3.1 Ishlab chiqarish texnalogiyasi
3.2 Xom ashyo va asbob uskunalar hisobi
4.Texnika xavfsizlik qoidalari
5.Mexnat muxofazasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Kirish qismi
Mamlakatimizda keyingi yillarda ulkan darajada qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ko‘plab zamonaviy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar qad rostlamoqda. Bu esa qurilish materiallariga ayniqsa, sementga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatda qurilish materiallari taqchilliga yuzaga kelmasligi va mahalliy bozorni arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, viloyat hokimliklari va tijorat banklari bilan hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Birgina sement ishlab chiqarish bo‘yicha 2019 yilda jami 12 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy yillik quvvat 3 mln. 530 ming tonnaga ortishiga erishildi. 2020 yilda sement mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida 6 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda “Ohangaronsement” AJ bazasida yangi sement zavodini barpo etish eng yirik loyihalardan biri sanaladi. Yangi korxonaning yillik quvvati 2 mln. 400 ming tonna, loyiha qiymati 160 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Sement zavodi joriy yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshiriladi. Hozirda bu yerda so‘nggi qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilda Jizzax viloyatida ham “Huaxin Cement Jizzakh” MChJ QK tomonidan yangi sement zavodi o‘z faoliyatini boshlaydi. Umumiy qiymati 150 mln. AQSh dollari bo‘lgan korxonada yiliga 1 mln. 200 ming tonna sifatli sement ishlab chiqariladi. Shuningdek, 2020 yilda Namangan viloyatida “Jaxon Yevro Servis” MChJ, Samarqand viloyatida “Samarqand Afrosiyob Sement” MChJ, Farg‘ona viloyatida “Qurilish ashyo sifat servis” MChJlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. “Bekobodsement” AJda esa yangi sement maydalash tegirmoni ishga tushirilishi natijasida korxonaning sement ishlab chiqarish quvvatlari 500 ming tonnaga ortadi.
Respublika bo‘yicha 2022-yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 15,2 mln tonnani tashkil etishi va o‘tgan yilga (14,2 mln tonna) nisbatan 7 foizga o‘sish ta’minlanishi kutilmoqda.
2022-yilda yillik quvvati 6,8 mln tonnaga teng 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodlari Andijon, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ishga tushirildi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 27,1 mln tonnani tashkil etadi.
2022-yilda markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar qurilishiga o‘rtacha birja kotirovka narxlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 60 ming tonna sement xarid qilingan.
Yana bir ma’lumot, o‘tgan 3 chorakda birja savdolarida bir tonna portland syement o‘rtacha 583 ming (QQS bilan) so‘mdan sotilgan.

Download 185.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling