16-bob: Strategiya va raqobat ustunligi. Reja
Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun hujumkorlik strategiyasidan foydalanish
Download 25.37 Kb.
|
16-mavzu Strategiya va raqobat ustunligi
16.2. Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun hujumkorlik strategiyasidan foydalanish
Raqobat ustunligiga deyarli har doim muvaffaqiyatli hujumkor strategik harakatlar hisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta‟minlash uchun muvaffaqiyatli hujumkor strategiyaga kancha vaqt talab etilishi tarmoqdagi raqobat tavsifiga boglik. Ustunlikni ta‟minlash vaqti qisqa bo`lishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi kabi, murakkab texnologik jarayonli kapital talab etadigan tarmoqlardagi kabi ancha davomli bo`lishi ham mumkin. Ideal darajada sozlangan harakatlar mikyosi ancha katta bo`lgan (masalan, yangi qimmatbaho dorining patentiga farmatsevtikada ega bulish sezilarli ustunlikni ta‟minlaydi) yoki uncha katta bo`lmagan (masalan, tikuvchilik sanoatida. Bunda kiyimlarning yangi modadagi fasonlari osongina uzlashtirilishi mumkin, nusxa kuchirish orkali) raqobat ustunligini yaratishi mumkin. Muvaffaqiyatli hujumdan sung «mevalarning samarasini» kurish davri keladi. Bu davrning davomiyligi esa raqiblarga yukotilgan pozitsiyalarni qaytarib olish uchun hujumga utishga kancha vaqt kerak bo`lishiga boglikdir. Raqiblar firma yaratgan ustunlikka qarshi jiddiy qarshi hujum boshlashlari bilan uning emirilishi boshlanadi. Egallangan mavkeini saqlab kolish uchun firma ikkinchi strategik hujumni amalga oshirishi kerak. Uning fundamentini esa raqobatchi ustunlikka erishish maqsadida kurashni kuchaytirgan paytlarida hujumga utishga tayyor turish uchun «mevalarni samarasini» kurish davrida ko‘rib qo`yish kerak bo‘ladi. Raqobat ustunligini saqlab turish uchun firma raqiblardan bir bosh baland bo`lishi kerak. Bozordagi o`zining pozitsiyasini mustahkamlash uchun ketmaket strategik hujumlar uyushtirishi va xaridorlarning moyilligini saqlab turishi lozim. Hujumkor strategiyaning oltita asosiy turi ajratiladi: Raqobatchining kuchli tomonlariga qarshilik ko‘rsatish yoki ulardan o‘zib ketishga qaratilgan harakatlar. Raqobatchining zaif tomonlaridan foydalanishga qaratilgan harakatlar. Bir nechta frontlarda bir vaqtda hujumga o‘tish. Egallanmagan bushliqlarni egallash. Download 25.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling