16-majburiyatlar hisobi topshiriqvariantlari Majburiyatlar turlarivaularningtavsiflari


Download 0.82 Mb.
bet2/5
Sana13.05.2020
Hajmi0.82 Mb.
#105725
1   2   3   4   5
Bog'liq
IKM-60, Yerkebayeva F (Masala, topshiriq, keyslar)


6-guruh uchun.

Maqsad – materiallar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Materiallarning narxi sezilarli darajada oshishi munosabati bilan korxona ombordagi materiallarni 1 200 ming so’mga qo’shicha baholadi. Qayta baholashdan keyin keladigan chorakda qo’shimcha baholangan materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulot 21 600 ming so’mga sotildi shu jumladan QQS – 3 600 ming so’m. Tayyor mahsulotlarning tannarxi – 9200 ming so’m.



Topshiriq:

  1. Quyidagilarni amalga oshiring;


Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni


Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallarni qo’shimcha baholash aks ettirildi

1200

1010

6230

2

Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromad aks ettirildi

21600

4010

9010

3

Sotishdan QQS hisoblandi

3600

4010

6410

4

Materiallarni qayta baholash bo’yicha muddati kechiktirilgan daromad hisobdan chiqarildi

1200

6230

9390

5

Sotilgan mahsulotlarni tannarxi hisobdan chiqarildi

9200

9110

2810

17-MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
TOPSHIRIQLAR VARIANTLARI

  • Moliyaviy faoliyat natijasida olingan daromadlarni hisobga olish qanday amalga oshiriladi?

Moliyaviy faoliyat boʻyicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin:

9510-«Royalti koʻrinshidagi daromadlar»

9520-«Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar»,

9530-«Foizlar koʻrinshidagi daromadlar»

9540-«Valyutalar kurslari farqidan daromadlar»,

9550-«Moliyaviy ijaradan daromadlar»

9560-«Qimmatli qog'ozlarni qayta baholashdan daromadlar»

9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlar».

Ushbu hisobvaraqlar tranzit boʻlib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotiga tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning koʻpayishi, debet oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

9510-«Royalti koʻrinshiidagi daromadlar»hisobvaragʻida royalti va kapital transferti boʻyicha olingan daromadlar aks ettiriladi.

Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 4850-«Royalti boʻyicha olishga tegishli schyotlar»;

K-t 9510-«Royalti koʻrinshiidagi daromadlar».

9520-«Dividentlar koʻrinishidagi daromadlar» hisobvaragʻida Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qoʻshish yuli bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar boʻyicha dividendlar aks ettiriladi.

Dvidendlar boʻyicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 4840-«Olinadigan dividendlar»

K-t 9520-«Dividentlar koʻrinishidagi daromadlar».

9530-«Foizlar koʻrinshidagi daromadlar» hisobvaragʻida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo'yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:

D-t 4830-«Olinadigan foizlar»

K-t 9530-«Foizlar koʻrinshidagi daromadlar»vah.k.


  • Moliyaviy natijalar, ularning ahamiyati va aniqlash tartibini tushuntiring.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi:

-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

YaF= SST-IT

bunda, YaF- yalpi foyda; SST - sotishdan olingan sof tushum; IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;

- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

AFF = YaF-DX+BD-BZ,

bunda, AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX - davr xarajatlari; BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;

- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar" sifatida hisoblab chiqiladi:

UF = AFF+MD-MH

bunda, UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;

- soliq to’lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:

STF = UF+FP-FZ,

bunda, STF - soliq to’lagungacha olingan foyda; FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;

- yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

SF = STF-DS-BS,

bunda, SF - sof foyda; DS - daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar.



Daromad - bu tovarlar, ishlar yoki xizmatlar sotilishidan tushum (naqd pul yoki kelajakdagi foyda ko'rinishida). Daromad - bu tashkilotning moliyaviy natijalarining eng umumiy ko'rsatkichidir.

Buxgalteriya hisobida daromad ko'pincha sotishdan olingan daromad emas, balki asosiy biznesdan keladigan daromad sifatida tushuniladi, ya'ni kompaniya tashkil etilgan tadbirlar. Qolgan daromadlar daromadlar va xarajatlar (boshqa daromadlar, foizli daromadlar) deb nomlanadi.

Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq, daromad naqd pul va boshqa mol-mulkni qabul qilish summasiga va (yoki) debitorlik qarzdorlik miqdoriga teng bo'lgan pul shaklida hisoblangan miqdorda tan olinadi. Moliyaviy hisobotda (Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda) daromadlar bilvosita soliqlarni, xususan, tovarlar narxiga qo'shilgan QQSni hisobga olgan holda ko'rsatiladi, ammo ular sotuvchilar tomonidan sotib oluvchidan byudjetga o'tkazish uchun ushlab qolinadi.

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumni Hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:

9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad»

9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad»

9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».






  • Moliyaviy faoliyat bo’yicha sarflarni hisobga olish qanday amalga oshiriladi?

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar boʻyicha, shu jumladan toʻlov muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyichatoʻlovlar.

- Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni toʻlash xarajatlar.

- Chet el valyutasi bilan muomalalar boʻyicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar.

- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shoʻba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan koʻrilgan zararlar.

- Oʻzqimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar.

- Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobda aks ettirish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:

9610-«Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar»;

9620-« Valytalar kurslari farqidan zararlar».

9630-«Qimmatli qog`ozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar»

9690-«Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar».


  • Davr sarflari, ularni turkumlash va tarkibiy tuzilishini tushuntiring.

Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliqboʻlmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek umumxoʻjalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog'liq boʻlmaganligi, lekin ma'lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog'liq boʻlganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma'muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bogʻliqboʻlmagani va aksincha, vaqt bilan, xoʻjalik faoliyatining davomiyligi bilan bogʻliqboʻlgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.

Mahsulot sotish, ma'muriy xarajatlar kiritiladi.

Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlar, xizmat koʻrsatuvchixoʻjalik xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga quyidagi hisobvaraqlar kiradi:

9410-«Sotish xarajatlari» 9420-«Maʼmuriy xarajatlar» 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».


  • Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish sarflari nimalardan iborat?

Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

-temir yoʻl, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun toʻlangan jarimalar;

- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;

- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bogʻliq mehnatga haq toʻlash xarajatlari(maʼmuriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);

- ularning ijtimoiy sugʻurta ajratmalari;

- savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;

- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

-sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idishtovogʻi va anjomlarining eskirishi;

- gaz, yoqilg'i, elektr energiyasi xarajatlari;

- tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari;

- savdo reklamasi xarajatlari;

- tashish, saqlash va sotish chogʻida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yoʻqotilishi;

- oʻrash-joylash materiallari xarajatlari; - mol-mulkni majburiy sug'urta qilish xarajatlari; - mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari;

-ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini oʻrnatish va saqlash, tuynuklar boshqalarning atrofini oʻrash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar;

-maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati;

-umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko'rikdan oʻtkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq toʻlash;

-kassa xo'jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari;

- umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog'oz dasturxonlar, qog‘oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati;

- bozorlarni oʻrganishboʻyicha belgilangan normativlar doirasida va undan o‘rtiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);

- ilgarigi ish joy boʻyicha lavozim oklad miqdorini saqlagan holda boshqa tashkilotlar, korxonalardan, shuningdek vaqtinchalik oʻrindoshlikboʻyicha xodimlarga toʻlanadiganokladlardagi farq;

- sovun, dori-darmon vositalarining qiymati; - soliqlar (yer uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun);

-umumiy foydalanishdagi avtomabilyoʻllarini saqlashga va ta'mirlashga ajratmalar;

-bank xizmatlariga toʻlovlar.

Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit xo‘isovaraqbulib, ko‘aysi davr bulmasin uning oy boshida krldiq summasi bulmaydi, hisobvaraqning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.


  • Ma’muriy-boshqaruv sarflarini hisobga olish qanday amalga oshiriladi?

Korxonalarishiniolibborish, uyushtirishvaboshqarishtegishlixarajatlarni -talab qiladi. Har birkorxonabundayxarajatlarniqoplashuchuntegishliajratmalarqiladivabuajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» hisobvarag‘idahisobgaolinadi.




  • Daromadlarni tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat?

«Xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidaginizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:

- Olingan royaltilar va sarmoya transferti.

- «Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qoʻshgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog'ozlar boʻyicha daromadlar.

- Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing toʻlovini olish).

- Valyutaschyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari boʻyicha ijobiy kurs tafovutlari.

- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shoʻba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan olingan daromadlar.

Moliyaviy faoliyat daromadi tarkibini quyidagicha koʻrsatish mumkin: dividendlar va boshqa korxonani tashkil qilishda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar va qarz mablagʻlariboʻyicha olingan daromadlar, valyuta va valyuta muomalalari bo'yicha daromadlar, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qimmatli qog`ozlarga yoʻnaltirilgan va boshqa moliyaviy mablagʻlarni qayta baholashdan olingan daromadlar, olingan royalti, moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari.

Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi. Moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlar hisobi «Asosiy xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BXMA, «Lizing hisobi >> nomli 6-son BoʻMA, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAlar bilan tartibga solinadi.


  • Xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati bo’yicha olingan daromadlar va ularning hisobini tushuntiring

Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:

- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar; - hisobot yilida aniqlangan utgan yillardagi foyda;

- ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;

- xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;

- da’vo muddati utgan kreditorlik va deponent qarzlarni Hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;

- tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash;

- davlat subsidiyalaridan daromadlar;

- xolisona moliyaviy yordam;

- boshqa muomala daromadlari.

Asosiyfaoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi Hisobvaraqlarda aks ettiriladi:

9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»

9320-«Boshka aktivlarning sotilishi va boshqacha chiq,ib ketishidan olingan foyda»

9330-«Undirilgan jarima, bokimanda va burdsizliklar»

9340-«Utgan yil foydasi»

9350-«Operativ lizingdan olingan daromad»

9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini Hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»

9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari»

9380-«Kaytarilmaydigan moliyaviy yordam»

9390-«Boishcha operatsion daromadlar».


MASALA VA MISOLLAR

1-Masala.

Maqsad – moliyaviy natijani aniqlash va hisobga olish tartibini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxona hisobot yilida 14 400 ming so’mlik mahsulot sotdi, shu jumladan QQS – 2 400 ming so’m.

Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 6 000 ming so’mni tashkil qilgan.

Xarid qilingan materiallar bo’yicha 1 000 ming so’m miqdorida QQS hisobga olish uchun qabul qilindi.

Davr xarajatlari 2 900 ming so’mni tashkil qilgan, ulardan 900 ming so’m daromad (foyda) solig’ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazaga teskari tartibda qo’shiladi.

Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 2 400 ming so’m summada daromad oldi, shu jumladan QQS – 400 ming so’m. Mulkni ijaraga berish korxona uchun asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi.

600 ming so’m miqdorida daromad (foyda) solig’i hisoblandi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i – 360 ming so’m.



Hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko’ra korxona taqsimlanmagan foydaga ega bo’lmagan.

Topshiriq:

  1. Korxonaning soliq to’lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang;

  2. Korxona tomonidan to’lanadigan daromad (foyda) solig’ini aniqlang;

  3. Korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasini hisoblang;

  4. Quyidagi amallarni aks ettiring:



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, ming so’m

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Mahsulotlarni sotish aks ettirildi

14 400

4010

9010

2

QQS aks ettirildi

2 400

4010

6410

3

Sotilgan mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarildi

6 000

9110

2810

4

Davr xarajatlari hisobga olindi

2 900

9410

6990

5

Mulkni ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirildi

2 400

7290

9550

6

Ijara haqi bo’yicha QQS aks ettirildi

400

7290

6410

7

Daromad (foyda) solig’i hisoblandi

600

9810

6410

8

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisoblandi

360

9820

6410

9

Hisobot davrining oxirida moliyaviy natija aniqlandi

5 100

9910

9110, 9410, 9810, 9820

10

Hisobot davrining sof foydasi (zarari) hisobdan chiqarildi

4 140

9910

8710



2-Masala.

Maqsad – moliyaviy natijani aniqlash va hisobga olish tartibini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxona hisobot yilida 12 000 ming so’mlik mahsulot sotdi.

Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 6 000 ming so’mni, mahsulotlarni sotish xarajatlari 1 700 ming so’mni tashkil qilgan.

Korxonada hisobot yilida boshqarish bo’yicha joriy xarajatlar 1 200 ming so’mni tashkil qilgan.

Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 2 400 ming so’m summada daromad oldi. Mulkni ijaraga berish bilan bog’liq xarajatlar (amortizatsiya ajratmalari, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarning tegishli ulushi) 1 600 ming so’mni tashkil qilgan.

1 440 ming so’m summada yagona soliq to’lovi hisoblangan.



Hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko’ra korxona taqsimlanmagan foydaga ega bo’lmagan.

Topshiriq:

  1. Korxonaning soliq to’lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang;

  2. Korxona tomonidan to’lanadigan yagona soliq summasini aniqlang;

  3. Korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasini hisoblang;

  4. Quydagi amallarni aks ettiring:



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, ming so’m

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Mahsulotlarni sotish aks ettirildi

12 000

4010

9010

2

Sotilgan mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarildi

6 000

9110

2810

3

Sotish xarajatlari hisobdan chiqarildi

1 700

9410

5110

4

Joriy xarajatlar hisobdan chiqarildi

1 200

9430

5110

5

Mulkni ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirildi

2 400

7290

9550

6

Ijara bo’yicha xarajatlar hisobdan chiqarildi

1 600

9550

5110

7

Yagona soliq to’lovi hisoblandi

1 440

9810

6410

8

Hisobot davrining oxirida moliyaviy natija aniqlandi

3 900

9910

9110, 9410, 9430, 9550, 9810

9

Hisobot davrining sof foydasi (zarari) hisobdan chiqarildi

2 460

9910

8710


KEYSLAR TO’PLAMI

Keys-1.

1-guruh uchun:

Tuzilgan kontraktlarga asosan xaridorlarga tayyor mahsulotlar jo’natildi:



  • Rejadagitannarxi 2 500 000

  • Haqiqiytannarxi (tejalgan 3%) ______?

  • Shartnomadagibaho 4 000 000

  • QQS (20%) ______?

Vazifa:

  1. Sotilgan mahsulotningtannarxischyotlardaqaydqilinsin.

  2. Sotilgan mahsulotdanolingandaromadtegishlischyotlardaaksettirilsin.

  3. QQS aksettirilsin.

  4. Moliyaviynatijaaniqlansin.

Yechish:

2 500 000 – 100%

X - 3%

X= 75 000



Haqiqiytannarxteng: 2 500 000 – 75 000 = 2 425 000 so’m

2 425 000 – 100%

X - 20%

X = 485 000



QQS teng: 485 000 so’m




Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, ming so’m

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Mahsulotlarni sotish aks ettirildi

4 000

4010

9010

2

Sotilgan mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarildi

2 425

9110

2810

3

QQS aks ettirildi

485

4010

6410

4

Hisobot davrining oxirida moliyaviy natija aniqlandi

1 090

9910

9010, 9110

5

Hisobot davrining sof foydasi (zarari) hisobdan chiqarildi

1 090

9910

8710


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling