16 ma’ruza. Normallashtirishning keyingi ko’rinishlari Reja
Download 212.22 Kb. Pdf ko'rish
|
16-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi normal forma (5NF)
- To`rtinchi normal forma (4NF)
- Ma`lumotlar bazasini mantiqiy tuzilmasi va me`yorlashtirish
16 - ma’ruza. Normallashtirishning keyingi ko’rinishlari Reja: 1. Yoqori tartibli normal formalar. 1. Yoqori tartibli normal formalar Keyingi beshinchi normal formada jadvallar atributlari orasida nafaqat funktsional bog`lanishlar, balki ko`p qiymatli funktsional bog`liqliklar ham hisobga olinadi. Uni tavsiflash uchun to`liq dekompozitsiya tushunchasidan foydalaniladi. To`liq dekompozitsiya – jadvalni barcha bog`liqliklarini saqlab qolgan holda, o`zaro bog`langan sodda va ixcham bir nechta jadvallarga ajratishdir. To`liq dekompozitsiyada bo`laklarga ajratilgan jadvallarda soxta qatorlar mavjud bo`lmasligi va uning bog`lanishlari, bo`lingan jadval ichidagi bog`lanishlar bilan to`liq bir-biriga mos kelishi lozim. Agar bo`laklar birlashtirilsa boshlang`ich jadval hech qanday yo`qotishlarsiz yoki ortiqcha ma`lumotlarsiz tiklanishi lozim. Beshinchi normal forma (5NF): Jadval beshinchi normal formada deyiladi, qachonki har bir to`liq dekompozitsiya barcha proektsiyalari mumkin bo`lgan kalitlarni saqlasa. Birorta to`liq dekompozitsiyaga ega bo`lmagan jadval ham beshinchi normal formada bo`ladi. To`rtinchi normal forma (4NF): Agar to`liq dekompozitsiya ikkita proektsiya birlashmasidan iborat bo`lsa, beshinchi normal formaning xususiy holi bo`ladi. Me`yorlashtirish – bu jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma ket almashtirish jarayoni bo’lib, bu almashtirish jadvallarning barcha dekompozitsiyalari 5NF kelguncha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkin-ki, ular 5NF joylashadi. Ma`lumotlar bazasini mantiqiy tuzilmasi va me`yorlashtirish MB ni loyihalashda ikkita yondashuvdan foydalanish mumkin. Birinchi yondashuvda dastlab baza yaratishdan maqsad ularni echish bo`lgan asosiy masalalar hamda masalalarning ma`lumotlarga ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o`rganiladi, uning ma`lumotlari tahlildan o`tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi ob`ektlari belgilanadi. Har ikkala yondashuvning birikmasi ma`qulroqdir. Bu shu bilan bog’liqki, odatda dastlabki bosqichda barcha masalalar haqida to`liq ma`lumotlar bo`lmaydi va MB loyihalash va yaratishni barcha masalalarni tuzish bajarilgunga qadar kechiktirishga to`g’ri kelardi. Bunday texnologiyani qo`llash yana shu bilan o`zini oqlaydiki, MBBTda relyatsion MBni yaratishning moslashuvchan vositalari ishlab chiqish jarayonining xohlagan bosqichida MBga o`zgartirishlar kiritish va uning tuzilishini ilgari kiritilgan ma`lumotlarga ziyon etkazmasdan turib modifikatsiya qilish (yangilash)ga imkon beradi. Bu texnologiya MBdan turli axborotlarni olish zaruriyati haqidagi dastlabki ma`lumotlardan foydalanishini ko`zda tutadi. Birinchi bosqich-predmet sohasi ma`lumotlarining axborot-mantiqiy modelini ishlab chiqish. Birinchi bosqichda predmet sohasi ma`lumotlarinig axborot- mantiqiy modeli qurilishi (loyihalanishi) lozim. Uni ishlab chiqish predmet sohasining tekshirish natijasida olingan tavsifiga asoslanadi. Dastlab MB da turishi va foydalanuvchining zarur so`rovlari, masalalari hamda ilovalarni bajarishni ta`minlashi lozim bo`lgan predmet sohasi ma`lumotlarining tarkibi va tuzilishini aniqlash amalga oshiriladi. Bu ma`lumotlar odatda turli hujjatlar-MB ni yuklash manbalarida saqlanuvchi rekvizitlar ko`rinishida bo`ladi. Aniqlangan ma`lumotlarning tahlili axborot ob`ektlarni ajratish uchun qo`llanuvchi rekvizitlarning funktsional bog’liqligini bilish hamda ob`ektlar orasidagi tuzilmaviy aloqalarni aniqlash axborot-mantiqiy modelini qurishga imkon beradi. Axborot-mantiqiy model me`yorlashtirilgan axborot ob`ektlari bog’liqligining ierarxiyasini aks ettiruvchi namunali ko`rinishda berilish lozim. Namunali model takrorsiz relyatsion ma`lumotlar bazasini qurishga imkon beradiki, bunda hujjatlardan bir karrali ma`lumot kiritish hamda o`zgartirishlar kiritilganda baza yaxlitligini saqlash ta`minlanadi. Ikkinchi bosqich – MB ning mantiqiy tuzilishini aniqlash. Relyatsion ma`lumotlar bazasi uchun bu bosqich ko`p darajada formaldir, chunki ma`lumotlarinig axborot-mantiqiy modeli relyatsion MB tuzilishiga mos (adekvat) ravishda ifodalanadi. Keyingi bosqichda ma`lumotlar bazasining jadvallari tuziladi. Tuzilgan jadvallar me`yorlashtiriladi. Shuning uchun, biz jadvallarni me`yorlashtirishni nazariy asoslanishiga muvofiq holda ba`zi bir amaliy tomonlariga to`xtaymiz. Me`yorlashtirish nazariyasi jadvallarning 5 ta me`yoriy shakli bilan ishni tugatadi. Bu shakllar, birinchisidan beshinchi me`yoriy shaklgacha bo’lib, ortiqcha ma`lumotlarni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun har qaysi keyingi me`yoriy shakl avvalgi shaklning talablarini va ba`zi bir qo`shimcha shartlarni qoniqtirishi kerak. Samarali strukturali ko`p jadvalli bazani loyihalashda nazariya natijalaridan foydalanamiz. Misol sifatida xaridor va qilingan buyurtmalar haqida quyidagi ma`lumotni o`z ichiga olgan jadvalni ko`rib chiqaylik: Xaridorlar to`g’risida ma`lumot. Buyurtma sanasi va buyurtma qilingan tovar miqdori. Buyurtma bajarilgan sana va sotilgan tovar miqdori. Sotilgan tovarning sifati (nomi, qiymati). Bu jadvalni bir jadvalli MB sifatida ko`rish mumkin. Asosiy muammo shundaki, unda ko`p miqdorda qaytarilayotgan ma`lumot mavjud. Misol uchun, har qaysi xaridor to`g’risidagi ma`lumotlar u qilgan har qaysi buyurtma uchun qaytariladi. Bunday tuzilish MB bilan ishlaganda hosil bo’ladigan quyidagi muammolarga sabab bo`ladi: Qaytarilayotgan ma`lumotlarni kiritish uchun ko`p vaqt sarflashga to`g’ri keladi. Misol, xaridorlardan bittasi qilgan barcha buyurtmalar uchun xaridor to’g’risidagi bir xil ma`lumotlarni har safar kiritishingizga to`g’ri keladi. Adres yoki telefon o`zgarganda xaridor to`g’risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga olgan barcha yozuvlarni to`g’rilash kerak. Qaytarilayotgan MB ning borligi uning o`lchamlarini asossiz kattalashishiga olib keladi. Natijada so`rovlarning bajarilish tezligi pasayadi. Bundan tashqari, qaytariladigan ma`lumotlar kompyuter diski maydonidan noratsional foydalanishiga olib keladi. Har qanday odatdan tashqari holat talab qilingan ma`lumotni olish uchun talay vaqt talab qiladi. Misol, qaytarilayotgan ma`lumotlarni ko`p marotaba kiritishda xato ehtimolligi ortib boradi. Jadvallarni o`lchamlari katta bo`lganda xatolarni izlash ko`p vaqtni oladi. Me`yorlashtirish nazariyasidan foydalangan holda qilingan buyurtmalar haqidagi jadval asosida samarali tuzilishga ega bo`lgan ko`p jadvalli MB ni ishlab chiqish uchun foydalanamiz. MB ning jadvali birinchi me`yoriy shaklda quyidagi talablarga javob berishi kerak: jadvalda qaytarilgan maydonlar guruhi bo`lmasligi lozim; satrlar tartibga solinmagan bo’lishi kerak; ustunlar tartibga solinmagan bo`lishi kerak Birinchi shart bajarilishi uchun har bir jadvalga indeksga ega, noyob ma`nolarni o`z ichiga olgan maydon qo`shish kerak. Misol, xaridorlar to`g’risidagi ma`lumotni o`z ichiga oluvchi jadvalga xaridor kodi tushirilgan maydon qo’shish kerak. Ikkinchi talab qaytariladigan guruhlarni yo`q qilishni asoslaydi. Har qaysi xaridor bir nechta telefon nomeriga ega bo`lishi va har qaysisida o`z navbatida bir nechta tovarlarga buyurtma qilishi mumkin bo`lganligi uchun bizga to`rtta jadval zarur. Bu jadvallarning har bir yozuvi quyidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. 1. Xaridorlar to`g’risida ma`lumotlar 2. Xaridor telefonlarining ro`yxati 3. Xaridor buyurtmasining nomlari va sanasi, menedjer to`g’risidagi ma`lumot 4. Buyurtma qilingan va sotilgan tovarning kodi, nomeri, miqdori Bog’lanilayotgan jadvallar orasidagi munosabat birga-ko`pdir. Endi birinchi va ikkinchi jadval me`yorlashgan. Uchinchi jadvalda buyurtmani rasmiylashtirgan menedjer to`g’risida qaytarilayotgan ma`lumot joylashgan. Demak, bu jadvalni ikkiga ajratishimiz mumkin. Ularning biriga firma menedjerlari to`g’risidagi ma`lumotni, ikkinchisiga esa xaridor buyurtmasining nomeri va sanasini, hamda buyurtmani rasmiylashtirgan menedjer kodini kiritamiz. Buyurtma qilingan va sotilgan mahsulot kodini, nomlanishini, miqdorini o`z ichiga olgan to`rtinchi jadvalni ko`rib chiqamiz. U yana sotilgan tovar to`g’risidagi qaytarilayotgan ma`lumotni o`z ichiga oladi. MB ning bu ma`lumotini firma sotayotgan tovarlar ro`yxatining alohida jadvaliga joylashtirish mumkin. O`tkazilgan me`yorlashtirish natijasida bitta boshlang’ich jadval o`rniga biz qaytarilmayotgan ma`lumotni o`z ichiga olgan oltita oddiy jadval hosil qildik. Alohida jadvallarni bog’lash uchun ishlatiladigan jadvallar tarkibini, ular orasidagi munosabatni va mos tushuvchi maydonlarni aniqlagandan so`ng ko`pjadvalli MB ni yaratishga tayyormiz. Download 212.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling