16 ma’ruza. Normallashtirishning keyingi ko’rinishlari Reja


Download 212.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi212.22 Kb.
#1082775
  1   2   3
Bog'liq
16-maruza



16 - ma’ruza. Normallashtirishning keyingi ko’rinishlari 
Reja: 
1. Yoqori tartibli normal formalar. 
1. Yoqori tartibli normal formalar 
Keyingi beshinchi normal formada jadvallar atributlari orasida nafaqat 
funktsional bog`lanishlar, balki ko`p qiymatli funktsional bog`liqliklar ham 
hisobga olinadi. Uni tavsiflash uchun to`liq dekompozitsiya tushunchasidan 
foydalaniladi. 
To`liq dekompozitsiya – jadvalni barcha bog`liqliklarini saqlab qolgan holda, 
o`zaro bog`langan sodda va ixcham bir nechta jadvallarga ajratishdir. 
To`liq dekompozitsiyada bo`laklarga ajratilgan jadvallarda soxta qatorlar 
mavjud bo`lmasligi va uning bog`lanishlari, bo`lingan jadval ichidagi bog`lanishlar 
bilan to`liq bir-biriga mos kelishi lozim. Agar bo`laklar birlashtirilsa boshlang`ich 
jadval hech qanday yo`qotishlarsiz yoki ortiqcha ma`lumotlarsiz tiklanishi lozim. 
Beshinchi normal forma (5NF): Jadval beshinchi normal formada deyiladi, 
qachonki har bir to`liq dekompozitsiya barcha proektsiyalari mumkin bo`lgan 
kalitlarni saqlasa. Birorta to`liq dekompozitsiyaga ega bo`lmagan jadval ham 
beshinchi normal formada bo`ladi. 
To`rtinchi normal forma (4NF): Agar to`liq dekompozitsiya ikkita proektsiya 
birlashmasidan iborat bo`lsa, beshinchi normal formaning xususiy holi bo`ladi. 
Me`yorlashtirish – bu jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma ket 
almashtirish 
jarayoni 
bo’lib, 
bu 
almashtirish 
jadvallarning 
barcha 
dekompozitsiyalari 5NF kelguncha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni 
BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkin-ki, ular 5NF 
joylashadi. 
Ma`lumotlar bazasini mantiqiy tuzilmasi va me`yorlashtirish 
MB ni loyihalashda ikkita yondashuvdan foydalanish mumkin.
Birinchi yondashuvda dastlab baza yaratishdan maqsad ularni echish bo`lgan 
asosiy masalalar hamda masalalarning ma`lumotlarga ehtiyoji aniqlanadi. 
Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o`rganiladi, uning ma`lumotlari tahlildan 
o`tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi ob`ektlari belgilanadi. 
Har ikkala yondashuvning birikmasi ma`qulroqdir. Bu shu bilan bog’liqki, 
odatda dastlabki bosqichda barcha masalalar haqida to`liq ma`lumotlar bo`lmaydi 
va MB loyihalash va yaratishni barcha masalalarni tuzish bajarilgunga qadar 
kechiktirishga to`g’ri kelardi. Bunday texnologiyani qo`llash yana shu bilan o`zini 
oqlaydiki, MBBTda relyatsion MBni yaratishning moslashuvchan vositalari ishlab 
chiqish jarayonining xohlagan bosqichida MBga o`zgartirishlar kiritish va uning 
tuzilishini ilgari kiritilgan ma`lumotlarga ziyon etkazmasdan turib modifikatsiya 
qilish (yangilash)ga imkon beradi. Bu texnologiya MBdan turli axborotlarni olish 
zaruriyati haqidagi dastlabki ma`lumotlardan foydalanishini ko`zda tutadi. 
Birinchi bosqich-predmet sohasi ma`lumotlarining axborot-mantiqiy modelini 
ishlab chiqish. Birinchi bosqichda predmet sohasi ma`lumotlarinig axborot-
mantiqiy modeli qurilishi (loyihalanishi) lozim. Uni ishlab chiqish predmet 
sohasining tekshirish natijasida olingan tavsifiga asoslanadi. Dastlab MB da turishi 
va foydalanuvchining zarur so`rovlari, masalalari hamda ilovalarni bajarishni 


ta`minlashi lozim bo`lgan predmet sohasi ma`lumotlarining tarkibi va tuzilishini 
aniqlash amalga oshiriladi. Bu ma`lumotlar odatda turli hujjatlar-MB ni yuklash 
manbalarida saqlanuvchi rekvizitlar ko`rinishida bo`ladi. 
Aniqlangan ma`lumotlarning tahlili axborot ob`ektlarni ajratish uchun 
qo`llanuvchi rekvizitlarning funktsional bog’liqligini bilish hamda ob`ektlar 
orasidagi tuzilmaviy aloqalarni aniqlash axborot-mantiqiy modelini qurishga 
imkon beradi. 
Axborot-mantiqiy model me`yorlashtirilgan axborot ob`ektlari bog’liqligining 
ierarxiyasini aks ettiruvchi namunali ko`rinishda berilish lozim. Namunali model 
takrorsiz relyatsion ma`lumotlar bazasini qurishga imkon beradiki, bunda 
hujjatlardan bir karrali ma`lumot kiritish hamda o`zgartirishlar kiritilganda baza 
yaxlitligini saqlash ta`minlanadi. 
Ikkinchi bosqich – MB ning mantiqiy tuzilishini aniqlash. Relyatsion 
ma`lumotlar bazasi uchun bu bosqich ko`p darajada formaldir, chunki 
ma`lumotlarinig axborot-mantiqiy modeli relyatsion MB tuzilishiga mos (adekvat) 
ravishda ifodalanadi. 
Keyingi bosqichda ma`lumotlar bazasining jadvallari tuziladi. Tuzilgan 
jadvallar me`yorlashtiriladi. Shuning uchun, biz jadvallarni me`yorlashtirishni 
nazariy asoslanishiga muvofiq holda ba`zi bir amaliy tomonlariga to`xtaymiz.
Me`yorlashtirish nazariyasi jadvallarning 5 ta me`yoriy shakli bilan ishni 
tugatadi. Bu shakllar, birinchisidan beshinchi me`yoriy shaklgacha bo’lib, ortiqcha 
ma`lumotlarni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun har qaysi keyingi 
me`yoriy shakl avvalgi shaklning talablarini va ba`zi bir qo`shimcha shartlarni 
qoniqtirishi kerak. 
Samarali strukturali ko`p jadvalli bazani loyihalashda nazariya natijalaridan 
foydalanamiz. Misol sifatida xaridor va qilingan buyurtmalar haqida quyidagi 
ma`lumotni o`z ichiga olgan jadvalni ko`rib chiqaylik: 

Xaridorlar to`g’risida ma`lumot. 

Buyurtma sanasi va buyurtma qilingan tovar miqdori. 

Buyurtma bajarilgan sana va sotilgan tovar miqdori. 

Sotilgan tovarning sifati (nomi, qiymati). 
Bu jadvalni bir jadvalli MB sifatida ko`rish mumkin. Asosiy muammo 
shundaki, unda ko`p miqdorda qaytarilayotgan ma`lumot mavjud. Misol uchun, har 
qaysi xaridor to`g’risidagi ma`lumotlar u qilgan har qaysi buyurtma uchun 
qaytariladi. Bunday tuzilish MB bilan ishlaganda hosil bo’ladigan quyidagi 
muammolarga sabab bo`ladi: 

Qaytarilayotgan ma`lumotlarni kiritish uchun ko`p vaqt sarflashga to`g’ri 
keladi. Misol, xaridorlardan bittasi qilgan barcha buyurtmalar uchun xaridor 
to’g’risidagi bir xil ma`lumotlarni har safar kiritishingizga to`g’ri keladi. 

Adres yoki telefon o`zgarganda xaridor to`g’risidagi ma`lumotlarni o`z 
ichiga olgan barcha yozuvlarni to`g’rilash kerak. 

Qaytarilayotgan MB ning borligi uning o`lchamlarini asossiz kattalashishiga 
olib keladi. Natijada so`rovlarning bajarilish tezligi pasayadi. Bundan tashqari, 


qaytariladigan 
ma`lumotlar 
kompyuter 
diski 
maydonidan 
noratsional 
foydalanishiga olib keladi. 

Har qanday odatdan tashqari holat talab qilingan ma`lumotni olish uchun 
talay vaqt talab qiladi. Misol, qaytarilayotgan ma`lumotlarni ko`p marotaba 
kiritishda xato ehtimolligi ortib boradi. Jadvallarni o`lchamlari katta bo`lganda 
xatolarni izlash ko`p vaqtni oladi. 
Me`yorlashtirish nazariyasidan foydalangan holda qilingan buyurtmalar 
haqidagi jadval asosida samarali tuzilishga ega bo`lgan ko`p jadvalli MB ni ishlab 
chiqish uchun foydalanamiz. 
MB ning jadvali birinchi me`yoriy shaklda quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 

jadvalda qaytarilgan maydonlar guruhi bo`lmasligi lozim; 

satrlar tartibga solinmagan bo’lishi kerak; 

ustunlar tartibga solinmagan bo`lishi kerak 
Birinchi shart bajarilishi uchun har bir jadvalga indeksga ega, noyob ma`nolarni 
o`z ichiga olgan maydon qo`shish kerak. Misol, xaridorlar to`g’risidagi 
ma`lumotni o`z ichiga oluvchi jadvalga xaridor kodi tushirilgan maydon qo’shish 
kerak. 
Ikkinchi talab qaytariladigan guruhlarni yo`q qilishni asoslaydi. Har qaysi 
xaridor bir nechta telefon nomeriga ega bo`lishi va har qaysisida o`z navbatida bir 
nechta tovarlarga buyurtma qilishi mumkin bo`lganligi uchun bizga to`rtta jadval 
zarur. Bu jadvallarning har bir yozuvi quyidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. 
1. Xaridorlar to`g’risida ma`lumotlar 
2. Xaridor telefonlarining ro`yxati 
3. Xaridor buyurtmasining nomlari va sanasi, menedjer to`g’risidagi ma`lumot 
4. Buyurtma qilingan va sotilgan tovarning kodi, nomeri, miqdori 
Bog’lanilayotgan jadvallar orasidagi munosabat birga-ko`pdir. 
Endi birinchi va ikkinchi jadval me`yorlashgan. Uchinchi jadvalda buyurtmani 
rasmiylashtirgan menedjer to`g’risida qaytarilayotgan ma`lumot joylashgan. 
Demak, bu jadvalni ikkiga ajratishimiz mumkin. Ularning biriga firma 
menedjerlari to`g’risidagi ma`lumotni, ikkinchisiga esa xaridor buyurtmasining 
nomeri va sanasini, hamda buyurtmani rasmiylashtirgan menedjer kodini kiritamiz. 
Buyurtma qilingan va sotilgan mahsulot kodini, nomlanishini, miqdorini o`z ichiga 
olgan to`rtinchi jadvalni ko`rib chiqamiz. U yana sotilgan tovar to`g’risidagi 
qaytarilayotgan ma`lumotni o`z ichiga oladi. MB ning bu ma`lumotini firma 
sotayotgan tovarlar ro`yxatining alohida jadvaliga joylashtirish mumkin. 
O`tkazilgan me`yorlashtirish natijasida bitta boshlang’ich jadval o`rniga biz 
qaytarilmayotgan ma`lumotni o`z ichiga olgan oltita oddiy jadval hosil qildik. 
Alohida jadvallarni bog’lash uchun ishlatiladigan jadvallar tarkibini, ular 
orasidagi munosabatni va mos tushuvchi maydonlarni aniqlagandan so`ng 
ko`pjadvalli MB ni yaratishga tayyormiz. 

Download 212.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling