16-ma`ruza. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning sun`iy usullari. Reja


Sinxron mashinalar haqida ma`lumotlar


Download 410.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi410.39 Kb.
#1474057
1   2
Bog'liq
16-ma`ruza. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning sun`iy usulla

Sinxron mashinalar haqida ma`lumotlar. 
Uch fazali sinxron motorlar (SD) turli mashina va mexanizmlarning elektr
yuritmalarida keng qo‘llaniladi, bu ularning yuqori texnik - iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari bilan tushuntiriladi: 
1.SD lar yuqori quvvat koeffisientiga ega, ushbu koeffisient quvvati katta 
bo‘lmagan yuritmalar uchun birga teng, katta quvvatli qurilmalar esa o‘zuvchi 
sos 

ega bo‘ladi. SD ni o‘zuvchi sos 

bilan ishlashi va tarmoqqa reaktiv 
quvvatni berish qobiliyati elektr taominoti tarmog‘ining ish rejimlar va 
tejamliligini yaxshilash imkonini beradi. 
2.Zamonaviy SD larning yuqori f.i.k. ga ega bo‘lishi, ushbu koeffisient 96 

98% ga teng, bu xuddi shuningdek, o‘lchovlar (gabarit) va tezlikdagi AD ning 
f.i.k. dan 1,0 

1,5% ga ortiqdir. 
2
I
и
I

CK
I
SK 
a) 
U
2
I
2

U

CK
I
2
I
CK
I
И
I
b) v) 


3.SD ning yuklamaga chidamlilik qobiliyatini, qo‘zg‘atish tokini 
o‘zgartirish ‘isobiga rostlash imkoniyatini borligi va SD dagi ushbu
ko‘rsatkichning AD ga nisbatan tarmoq kuchlanishga kamroq bog‘liqligi. 
4.SD absolyut bikr mexanik xarakteristikaga ega. 
5.SD konstruksiyasining mu’im afzalligi - katta ‘avo bo‘shlig‘idir,
shuning uchun uning xarakteristikalari va xossalari, podshipniklarning 
yeyilishi va rotor montajidagi noaniqliklarga kam bog‘liqdir. 
2.SD larni juda katta quvvatlar uchun (bir necha o‘nlab megavatt) 
tayyorlash mumkinligi. 
Sinxron motor – reaktiv quvvat kompensatori 
Elektr ta`minoti tizimining ishi, elektr isteomolchilarni reaktiv quvvatni 
olishi bilan xarakterlanadi. Bu, tizim elementlarida qo‘shimcha elektr isroflarini 
‘osil qiladi, kuchlanish qiymatini pasayishiga va podstansiyalar ‘amda 
tarqatuvchi tarmoqlarning orttirilgan o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lish
zarurligini talab qiladi. Bularning barchasi tizimning ishlashidagi tejamligini
kamaytiradi. Shu sababli, elektr taominoti tizimi ishining ko‘rsatkichlarini
yaxshilash uchun reaktiv quvvatni qoplash talab qilinadi. Qoplash bir necha
usullar orqali amalga oshiriladi. 
Reaktiv quvvatni qoplashning samarali usullaridan biri SD dan foydalanish 
bilan bog‘liqdir. Unda qo‘zg‘atish tokini rostlash ‘isobiga, elektr tarmog‘iga 
reaktiv quvvatni generatsiya qilishni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 
Bu xolatda SD o‘zuvchi cos

bilan ishlaydi. SD ning reaktiv quvvatni 
qoplovchi sifatida ishlash imkoniyatini SD ning U-ko‘rinishidagi xarakteristikasi 
ko‘rsatib beradi. 2.7-rasmda keltirilgan xarakteristikalar stator toki I
1
va uning 
sos

sini qo‘zg‘atish toki I
q
bilan U = sonst va R = sonst bo‘lgandagi 
bog‘lanishlarni ko‘rsatadi. 
I

(I
k
) xarakteristikalari shuni ko‘rsatadiki, qo‘zg‘atish tokini I
k
noldan 
boshlab orttirilganda, stator toki I
1
oldin kamayadi (bu uning reaktiv tashkil 
etuvchisini kamayishi ‘isobiga bo‘ladi). Maolum bir qo‘zg‘atish tokida, u (I
1

nolga, sos

esa birga teng bo‘lib qoladi (sos

= 1). Qo‘zg‘atish tokini orttirish 
bilan stator tokining reaktiv tashkil etuvchisi ‘am ortib boradi, ammo endi u faza 
bo‘yicha o‘zuvchi bo‘ladi. SD reaktiv quvvat generatori bo‘lib ishlaydi va uni 
tarmoqqa uzata boshlaydi. 
To‘la (gabarit) quvvat S ni aktiv quvvat P ga nisbatini yozamiz: 
2
2
2
)
/
(
1
/
/
P
Q
P
Q
P
P
S




Misol uchun talab qilinsinki, reaktiv o‘zuvchi quvvat aktiv quvvatning 
40% ni tashkil etsin, yaoni Q/P = 0,4. formula bo‘yicha ‘isoblar aniqlaydiki, 
bunda S/P nisbat 1,08 ni tashkil etadi, yaoni ko‘rsatilgan reaktiv quvvatni 
generatsiya qilish gabarit quvvatining faqat 8% ga orttirishga olib keladi. Bu SD 
ni reaktiv quvvatni qoplash uchun ishlatish foydali ekanligini ko‘rsatadi. 
SD ni elektr tarmog‘idagi reaktiv quvvatni qoplash uchun ishlatish, odatda, 
bir nechta masalalarni kompleks xolda ko‘rib chiqishni talab qiladi. Asosiy 
masalalardan biri, ushbu usuldan foydalanishni texnikaviy-iqtisodiy asoslashdir. 


Ma`lumki, SD dan tashqari bu maqsadlar uchun statik qoplovchi qurilmalar
(kondensatorlar) va sinxron kompensatorlar qo‘llanilishi mumkin. To‘g‘ri
keladigan variantlardan iqtisodiy ji’atdan maqsadga muvofig‘i shu bo‘ladiki, u 
keltirilgan yillik sarflarning minimalligini taominlaydi. 
16.3-rasmdagi xarakteristikalar, shuningdek, SD ni qoplash qobiliyatini, 
o‘zining validagi quvvat P bilan bog‘lanishni ‘am aniqlash imkonini beradi. 
Rasmdan ko‘rinadiki, P quvvatni ortishi bilan reaktiv quvvatni generatsiya qilish 
so’asi (o‘zuvchi cos

) katta
qo‘zg‘atish toklar tomoniga siljiydi. 
Boshqacha aytganda, o‘zgarmas
qo‘zg‘atish 
tokida, 
valdagi 
quvvatni o‘zgarishi bilan tarmoqqa
berilayotgan reaktiv quvvat ‘am 
o‘zgaradi. Bundan quyidagi mu’im 
xulosani chiqarish mumkin: agar 
SD valdagi o‘zgaruvchan quvvat
bilan ishlayotgan bo‘lsa, unda 
uning qoplash xossasidan to‘la 
foydalanish uchun, qo‘zg‘atish 
tokini rostlash talab qilinadi. 
Shuni ta`kidlash kerakki, SD 
ni reaktiv quvvat manbasi sifatida
qo‘llash orttirilgan qo‘zg‘atish tokini taominlash va SD ning gabarit (to‘la) 
quvvatni ko‘paytirishni talab qiladi, ammo bu SD dan shunday manbai sifatida 
foydalanish uchun chegaralovchi omil bo‘la olmaydi. Buni quyidagi uncha
murakkab bo‘lmagan ‘isoblardan ‘am ko‘rish mumkin. 
Agar bajarilgan texnikaviy-iqtisodiy hisoblar natijasida, SD ni ma`lum bir 
reaktiv quvvatni qoplash uchun qo‘llash maqsadga muvofiqligi aniqlangan 
bo‘lsa, unda keyinchalik ushbu quvvatni alo’ida SD lar orasida eng tejamli 
tarqatishni belgilash kerak bo‘ladi. Bu qoplashda ishtirok etuvchi SD lar uchun
qo‘zg‘atishning optimal variantlarini qidirish bilan amalga oshiriladi. SD ni 
qo‘zg‘atishning optimal varianti deb, alo’ida SD lar orasidagi reaktiv quvvat Q
ni shunday tarqalishi tushuniladiki, bunda reaktiv quvvatni ishlab chiqarish va
tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv quvvatning yig‘ma isroflari minimal 
bo‘ladi. 
Amaliyotda, alohida SD lar orasida reaktiv quvvatni tarqatish yoki ularni 
to‘la nominal quvvatiga S
n
yoki ularning aktiv quvvatiga P
n
proporsional tarzda 
bo‘lib tarqatish orqali amalga oshiriladi. ‘isoblar shuni ko‘rsatadiki, ushbu
prinsip qiymati minimalga yaqin bo‘lgan aktiv quvvat isroflarini beradi 
Oraliq kuch filtrlari drossel va kondensatorlarni ketma – ket ulangan 
va ma’lum chastotaga sozlanib, ushbu chastotadagi yuqori garmonik tashkil 
etuvchilarni yo`qotish yoki ular ta’sirini kamaytirish uchun xizmat qiladi. 
Yarim o`tkazgichli statik reaktiv quvvat manbalari hozirgi paytda 
tannarxi yuqori bo`lganligi uchun amalda qo`llanilmaydi. 
16.3-rasm. Sinxron motorning U - ko‘rinishidagi 
xarakteristikalari 


Nazorat savollari: 
1. Reaktiv quvvatni qoplash uchun nimalardan foydalaniladi? 
2. Sinxron yuritgichlarning avzallik va kamchiliklari. 
3. Sinxron yuritgichlar yordamida reaktiv quvvat qanday qoplanadi? 
4. Sinxron kompensatorlarning avzallik va kamchiliklarini sanang?
 
 



Download 410.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling