16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni


Tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta’sir kuchi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1501923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 - ma\'ruza. Vakuumda magnit maydoni

Tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta’sir kuchi 
Tokli 
o‟tkazgichlar 
ham 
xuddi 
doimiy 
magnitlardek o'zaro ta‟sirlashadi. Bunga quyidagi 
parallel toklarning o'zaro ta‟sirini kuzatish orqali ishonch 
hosil qilish mumkin. Ikkita elastik o'tkazgich olib, ularni vcrtikal holatda 
tayanchga mahkamlaymiz  (a-rasm). 
Agar o'tkazgichlarning yuqori qismini sim orqali ulab, kalitni ulasak 
o'tkazgichlardan qarama-qarshi yo‟nalishda tok oqadi (b-rasm). Natijada 
o‟tkazgichlar hir-biridan itarilib, orasidagi masofa uzoqlashadi. Agar 
o'tkazgichlarni parallel ulasak, ya‟ni ulardan bir xil yo'nalishda tok o'tganda, 
o'tkazgichlar bir- biriga tortiladi (d-rasm). 
Qarama-qarshi yo'nalishda toklar o„tayotgan o„tkazgichlar o„zaro itarishadi, 
bir xil yo„nalishda toklar o„tayotgan o„tkazgichlar o„zaro tortishadi. 



Tajribalar asosida chiqarilgan bu xulosa A.M.Amperga tegishli bo„lib, tok 
kuchining birligi quyidagicha ta‟riflanadi: tok kuchining birligi amper qilib 
shunday tok kuchi qabul qilinadiki, bu tok ta‟sirlda uzunligi 1 m bo'lgan parallel 
o„tkazgichlar o„zaro 2*10
-7
 N kuch bilan ta‟sirlashadi. 
MAGNIT MAYDONDA ZARYADLI ZARRANING HARAKATI 
Lorens kuchi. 
Magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga shu 
maydon tomonidan ta‟sir etuvchi kuch golland fizigi Xendrika Antona Lorens 
(1853 1928) sharafiga uning nomi bilan ataladi. 
Harakatlanayotgan zaryadli zarraga magnit maydoni tomonidan ta’sir 
etadigan kuch Lorens kuchi deb ataladi. 
Magnit maydon kuch chiziqlariga tik ravishda harakatlanayotgan har bir 
zaryadli zarraga magnit maydon tomonidan ta‟sir etadigan Lorens kuchi quyidagi 
ifoda asosida aniqlanadi:
Bir jinsli magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadli zarraga ta‟sir 
etuvchi kuch zarraning zaryadiga, uning harakat tezligi » ga, magnit maydon 
induksiya vektori B ga ko„paytmasiga teng bo„ladi. 
Lorens kuchining yo‟nalishi ham Amper kuchi kabi chap qo„l qoidasi 
yordamida aniqlanadi: Agar chap qo„lning kaftiga magnit induksiya vektorini tik 
tu- shadigan va ko„rsatkich barmoqlar yo„nalishi musbat zaryadning yo„nalishi 
bilan bir xil bo„lsa, u holda 90° ga kerilgan bosh barmoq Lorens kuchining 
yo„nalishini ko„rsatadi. 
Magnit maydonga uchib kirayotgan protonga ta‟sir qilayotgan Lorens kuchi, 
chap qo„l qoidasiga ko„ra, o„ng tomonga yo‟nalgan bo'ladi, Chiztnada magnit 
induksiya chiziqlari tepaga (N dan S ga) yo'nalgan. Maydondagi elektronning 
harakatini aniqlashda, to„rtta barmog'imizni tok yo‟nalishiga qarama-qarshi holatda 
joylaymiz. Bundan elektronga ta‟sir qiluvchi Lorens kuchi chap tomonga 
yo„nalgan bo„ladi. Agar zaryadli zarra magnit induksiya chiziqlari bo„ylab 
harakatlansa, unga magnit maydon tomonidan kuch ta‟sir qilmaydi. 
Xoll effekti. 
Magnit maydonda harakatlanayotgan elektr zatydga ta‟sir 
etuvchi Lorens kuchining mavjudligi quyidagi hodisani izohlashga imkon beradi: 



H tashqi magnit maydon chiziqlariga perpendikulyar joylashtirilgan o‟tkazgichdan 
yasalgan plastinka bo‟ylab tok o‟tganda plastinkaning A va B yoqlari orasida
V
A
 – V
B
potensiallar ayirmasi hosil bo‟ladi. Bu hodisa Xoll effekti deb ataladi.
Hosil bo‟lgan V
A
 – V
B
potensiallar ayirmasi 
tok 
kuchi 
bilan 
magnit 
maydon 
kuchlanganligining IH ko‟paytmasiga to‟g‟ri 
proporsional va plastinkaning d qalinligiga teskari 
proporsional bo‟ladi: 
Bu yerda K – doimiy kattalik. K=1/ne bo‟lib agar 
erkin yugurish yo‟li uzunligida elektronning 
tezligi tok oqayotgan yo‟nalishda tekis o‟sib 
borishini hisobga olsak u holda
ni hosil qilamiz. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling