16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1501923
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 - ma\'ruza. Vakuumda magnit maydoni




16 - ma’ruza. VAKUUMDA MAGNIT MAYDONI
 
Reja: 
1. Vakuumda magnit maydoni. 
2. Magnit maydonning tokli o‘tkazgich va elеktr zaryadlariga ta'siri. 
3. Xoll effеkti.
 
 
Mavzular mazmuni: Vakuumda magnit maydoni. Magnit maydon induktsiya vеktori. 
Magnit maydon induktsiyasi vеktori uchun supеrpozitsiya printsipi. Bio-Savar-Laplas qonuni. 
To„g‟ri va aylanma tokning magnit maydonini hisoblash. Magnit maydonning tokli o‘tkazgich 
va elеktr zaryadlariga ta'siri. Ampеr kuchi. Parallеl toklarning o„zaro ta'siri. Magnit maydonni 
xarakatdagi zaryadga ta'siri. Lorеnts kuchi. Bir jinsli magnit maydonida zaryadli zarralar 
harakati. Xoll effеkti. Tеzlatgichlar. 
Tayanch iboralar: magnit maydoni, induktsiya vеktori, zarralar harakati, Ampеr kuchi
Lorеnts kuchi, Xoll effеkti, tеzlatgichlar.  
MAGNIT MAYDONNI XARAKTERLOVCHI PARAMETRLAR 
Magnit maydon induksiyasi. 
Ikkita magnit strelkasi yaqinlashtirilsa, ularning 
ikkalasi ham burilib, qarama-qarshi qutblari bir-biriga 
ro„para kelib to„xtaydi. Bu hol magnitlangan jismlar 
orasida o'zaro ta‟sir kuchlari mavjudligini anglatadi. 
Ta‟sir kuchlari esa maydon kuch chiziqlari orqali 
tavsiflanadi. 
Magnit maydoni kuch chiziqlarini to„g„ridan to„g„ri ko‟ra olmaymiz. Ammo 
quyidagi tajriba yordamida biz magnit kuch chiziqlarining joylashuvi haqida 
tasawurga ega bo'lamiz. Buning uchun karton qog„ozga temir qipiqlarini bir tekis 
sepib, uni yassi magnit o‟zagining ustiga qo„yamiz, Qog„ozga yengil zarb berilsa, 
temir qipiqlari rasmda keltirilgan ko„rinishni egallaydi. Karton ustidagi temir 
qipiqlari magnit uchlariga yaqin joylarda zich, qutblar orasida
rasmdagi temir qipiqlarining egallagan o„mi, magnit qutblarini bir- biriga 
bogTovchi kuch chiziqlarini o„zida aks ettiradi. Magnit maydon kuch 
chiziqlarining yo„nalishi shartli ravishda magnitning shimoliy (N ingilizcha - 
“north”, o‟zbekcha – “shimol”) qutbidan chiqib, uning janubiy (S, ingilizcha - 
“south”, o‟zbekcha – “janub”) qutbiga kiruvchi yopiq chiziqlardan iborat deb 
qabul qilingan



Elektr maydon kuch chiziqlaridan farqli ravishda magnit maydon kuch 
chiziqlari berk konturni hosil qiladi. 
Agar magnit kuch chiziqlari bo„ylab qo„zg„almas o„qqa mahkamlangan 
magnit strelkachalar qo„yilsa, ular a-rasmda ko'rsatilgandek joylashadi, Bundan, 
magnit maydon kuch chiziqlari boshlanishi va oxiri bo'lmagan berk kontumi hosil 
qiladi, degan xulosa chiqarish mumkin. Magnit maydon shu xususiyati bilan ham 
elektr maydondan farq qiladi. 
Magnit maydonning kuch chiziqlari magnitdan uzoqlashishi bilan 
siyraklasha boradi (ta‟siri kuchsizlanadi). Bu kattalikni xarakterlovchi fizik 
kattalikka magnit maydon induksiyasi deb ataladi va B harfi bilan belgilanadi. 
Magnit induksiya vektorining yo„nalishi magnit kuch chizig„ining ixtiyoriy 
nuqtasiga o„tkazilgan urinma yo„nalishi bilan mos tushadi. Magnit maydon 
induksiyasining o„lchov birligi qilib XBS da serbiya fizigi Nikola Teslaning 
sharafiga tesla (T) deb atash qabul qilingan.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling