16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1501923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 - ma\'ruza. Vakuumda magnit maydoni

TOKNING MAGNIT MAYDONI 
Ersted tajribasi. 
Magnit maydonning elektr toki bilan bog'liqligini tajribada 
birinchi bo„lib 1820-yilda daniyalik fizik Xans Kristian Ersted aniqlagan. Ersted 
tajribasini o„tkazib ko„rish uchun rasmda tasvirlangan zanjirni yig'amiz. Zanjir tok 
manbai, reostat, kalit, o„tkazgich (sim)dan iborat. O'tkazgich simlaridan bin 
janubdan shimolga tomon tarang tortilgan bo'lsin. Magnit strelkasini rasmda 
ko„rsatilganidek o„tkazgich ostiga qo„yaylik (a-rasm). Bunda strelkani sim bo„ylab 
joylashtiramiz. Endi kalitni ulab, o'tkazgichdan tok o'tkazaylik. Shu zahoti tok 
o„tayotgan sim ostidagi magnit strelkasi 90° burchakka burilib, simga 
perpendikular joylashib qoladi (b-rasm). Demak, tokli o'tkazgich atrofida magnit 



maydoni yuzaga keladi va magnit strelkasini buradi. Ersted tajribasi tok o„tayotgan 
o„tkazgich atrofida magnit maydon bor ekanligini ko'rsatadi. 
To„g„ri tokning magnit maydoni. 
O„tkazgichdan elektr toki o„tganda uning 
atrofida magnit maydon mavjudligini quyidagi tajribada ham kuzatish mumkin. 
Qalin karton qog„ozi olib, uning o„rtasidan teshib to„g„ri o„tkazgichni o„tkazamiz. 
Karton ustiga mayda temir kukunlarini sepamiz. O„tkazgich uchlarini tokka ulab, 
kartonni yengil silkitamiz. Temir kukunlari tokning magnit maydoni ta‟sirida 
magnitlanib, o„zini kichik magnit strelkasi kabi tutadi va ular magnit induksiya 
chiziqlari bo„ylab joylashadi. Tokli o„tkazgich atrofida hosil boladigan magnit 
maydon kuch chiziqlari doimiy magnitning atrofidagi maydon kuch chiziqlariga 
o'xshash bo„lar ekan. 
Tajribani davom ettirib, tok o„tayotgan sterjen artofiga mayda magnit 
strelkalarini qo'yaylik. Shu zahoti strelkalar magnit kuch chiziqlarining 
yo'nalishida tartibli joylashib qoladi (a-rasm). Steijendagi tok yo'nalishi 
o'zgartirilsa shu zahoti barcha magnit strelkalari 180° ga buriladi (b-rasm). Demak, 
tokning magnit kuch chiziqlari yo„nalishi o„tkazgichdagi tokning yo'nalishiga 
bogliq. 
To„g„ri tok atrofidagi magnit maydonning kuch 
chiziqlari aylanalardan iborat bo„lib, uning yo„nalishini parma 
qoidasi orqali tushuntirish mumkin
Agar parmaning ilgarilanma harakati tok yo„nalishi bilan 
bir xil bo„lsa, u holda parma dastasining aylanish yo'nalishi 
magnit induksiya chiziqlarining yo„nalishini ko„rsatadi. 
G„altakning magnit maydoni. 
Ersted tomonidan tokli 
o„tkazgichning magnit maydoni kashf etilishi elektromagnetizm sohasidagi 
tadqiqotlarga turtki bo„ldi. 1820-yilda fransuz fiziklari Andre Mari Amper va 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling