16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1501923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 - ma\'ruza. Vakuumda magnit maydoni

Magnitometr - magnit maydon xarakteristikalarini va 
jismlarning magnit xossalarini o„lchovchi asbob. U: 
geologiya-qidiruv ishlarida, arxeologik topilmalarni qazib 
olishda, dengiz va aviatsiya xaritalarida (navigatsiyalarda), 
suvosti kcmalarini aniqlash uchun harbiy razvedkalarda, 
seysmologiya va ilmiy tadqiqotlarda ishlatiladi.
Bio-Savar-Laplas qonuni. 
Turli shakldagi o‟zgarmas 
tokning magnit maydonlari fransuz olimlari J. Bio (1774-1862) va F.Savar (1791-
1841) tomonlaridan o‟rganilgan. Tajribalar natijasida esa fransuz fizigi va 
matematigi P.Laplas (1749-1827) tomonidan umumlashtirilgan. Ushbu qonunda I 
tok oqayotgan o‟tkazgich 
elementning biror A nuqtasida hosil qilingan magnit 
induksiya vektori qiymati aniqlangan.
bu yerda: 
⃗ – o‟tkazgichning elementidan A nuqtagacha bo‟lgan radius-vektor, r 
– uning moruli, a – tok yo‟nalishi va 
⃗ orasidagi burchak. Formula Bio-Savar-
Laplas qonunini ifodalaydi. 
ning yo‟nalishi o‟ng parma qoidasi bo‟yicha 
aniqlanadi. Agar parmaning ilgarilanma harakati tokning yo‟nalishi bilan mos 
kelsa, parma dastasining aylanma harakati magnit induksiya vektorining 
yo‟nalishini ko‟rsatadi. 
Magnit induksiya vektori uchun superpozitsiya prinsipi. 
Elektr maydon 
uchun bajarilgani kabi magnit maydon uchun ham superpozitsiya prinsipi 
o‟rinlidir. Bir qancha toklar hosil qilgan natijaviy magnit maydonning induksiyasi, 
har bir tok hosil qilgan magnit maydon induksiyalarining geometrik yig‟indisiga



teng, ya‟ni
⃗⃗ ∑
⃗⃗⃗⃗
⃗⃗⃗⃗⃗
⃗⃗⃗⃗⃗
⃗⃗⃗⃗⃗
bu yerda n – toklar soni. 
Bio-Savar-Laplas qonunini va superpozitsiya prinsipi ba‟zi maydonlarni 
oson hisoblash imkonini beradi. 
Aylanma tokning magnit maydoni. 
Bio-Savar-Laplas 
qonuninidan foydalanib, r – radiusli, I – tok o‟tayotgan 
aylanma o‟tkazgichning markazidagi magnit maydon 
induksiyasini topaylik. Buning uchun o‟tkazgichni n ta 
qismlarga bo‟lib chiqamiz.
– r dan juda kichik bo‟lishi 
kerak. Bio-Savar-Laplas qonuniga muvofiq
i
ning 0
nuqtada hosil qilgan magnit maydon induksiyasi: 

Rasmdan ko‟rinib turibdiki, radius-vektor
⃗ vat ok yo‟nalishi orasidagi burchak
. Demak sin = sin =1.
0 nuqtadagi to‟la induksiyani toppish uchun barcha tok elementlari 
(qismlari) hosil qilgan induksiyalarning superpozitsiyasini topamiz. 


Agar barcha 
larni qo‟shib chiqsak, aylananing uzunligichiqadi va:

Magnit maydon induksiyasi:
ga teng bo‟ladi. 
Aylanma tokning markazida hosil qiladigan magnit 
maydon induksiyasi o‟tkazgichdan oqadigan tok kuchiga 
to‟g‟ri proporsional, aylanma tok radiusiga esa teskari 
proporsional bo‟ladi.
Induksiya vektorining yo‟nalishi esa parma qoidasiga 
muvofiq aniqlanadi. Agar parma dastasining harakati tok 
yo‟nalishi bilan mos kelsa, parma uchining ilgarilanma 
harakati induksiya vektorining yo‟nalishini ko‟rsatadi. 
To‟g‟ri o‟tkazgichning magnit maydoni
. Cheksiz uzun, ingichka 
o‟tkazgichdan tok oqqanda undan R masofada bolgan nuqtadagi magnit maydon 
induksiyasi:

Solenoid yoki toroidning magnit maydoni. 
Cheksiz uzun solenoid yoki 
toroiddan tok oqqanda uning ichidagi magnit maydon induksiyasi: 
Bu yerda n – solenoid yoki toroidning birlik uzunligiga to‟g‟ri keluvchi 
o‟ramlar soni. 



Yerning magnit maydoni. 
Tabiatdagi go„zal hodisalaridan biri - qutb 
yog„dusidir. Qutb yog„dusi Yerning shimoliy va janubiy qutblari yaqinida yer 
yuzidan 80-1000 km gacha balandli kda ro‟y beradi. Bunga sabab, Yer sharining 
ulkan magnitdan iborat ekanligidir. Quyosh nurlarining zaryadlangan, o„ta kuchli 
oqimlari sayyoramizga yetib kelgamida, qutblarda og„adi. Demak, Yerning magnit 
maydoni himoya qobig„i vazifasini bajaradi. 
Yerning magnit maydoni using sirtidagi jismlarga qanday ta‟sir ko‟rsatadi? 
Kompas strelkasi yoki ipga osilgan doimiy magnit janubdan shimolga tomon 
yo„nalish bo‟ylab joylashadiBu yerning magnit kuch chiziqlari shimoliy magnit 
qutbdan janubiy magnit qutbga tomon yo'nalganligi, ya‟ni yer sharining magnit 
maydon bilan o'ralga- ni orqaE izohlanadi b-rasm). Rasmdagi (N dan S ga 
yo„nalgan) kuch chiziqlarining ixtiyoriy nuqtasiga qo„yilgan kompas shu chizdqlar 
yo'nalishida burilishini (joylashishini) bildiradi. Demak, kompas bizga «yo„l 
ko„rsatmaydi», u biz turgan joyda nisbatan Yer sharining shimoliy va janubiy 
geografik qutblarini ko„rsatadi. 
Yerning janubiy magnit qutbi (S) 75° shimoliy kenglik va 99° g'arbiy 
uzunlik yaqinida, Yer sharining shimoliy geografik qutbidan taxminan 2100 km 
uzoqlikda joylashgan. 
Shimoliy magnit qutbi (N) esa Yerning janubiy geografik qutbi yaqinida 
bo‟lib, 66,5° janubiy kenglik va 140
0
sharqiy uzunlikda goylashgan. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling