16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1501923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 - ma\'ruza. Vakuumda magnit maydoni

Dominik Fransua Arago o„tkazgich (g„altak)dan aylanma holatida tok o„tkazib, 
bunda to„g„ri tok maydoniga nisbatan kuchli magnit maydoni hosil botishini 
aniqladilar. Simni spiral shaklga keltirib, uning ikki tomoniga ikkita magnit 
strelkasini yaqinlashtiramiz. Simdan tok o„tkazsak, ikkala strelka ham spiral o„qi 
tomon buriladi. Bunda strelkalarning qutblari bir xil yo'nalishda joylashadi. Metall 
simni spiral shaklida organik shisha orqali o„tkazaylik. Uning ustiga temir 
kukunlarini sochaylik. Simdan tok o'tkazilsa, temir kukunlari tokning magnit kuch 
chiziqlari yo'nalishida joylashadi. Temir kukunlari o„miga magnit strelkalari 
joylansa manzara yanada yaqqolroq namoyon bo„ladi. 
Spiral shaklidagi simlar o„ramini solenoid deb yuritiladi. 
Tok o„tayotgan g„altak atrofida magnit maydon mavjud bo„lib, uning 
ichidagi magnit kuch chiziqlari o„zaro parallel bo„ladi. Tokli g„altak magnit 
strelkasi kabi ikkita magnit qutbiga ega. 
MAGNIT MAYDONNING TOKLI O„TKAZGICHGA TA‟SIRI 
Amper kuchi. 
Magnit maydonning tokli o„tkazgichga ta‟sirini 1820-yilda 
Amper tajribada aniqlagan. Magnit maydon tomonidan o„tkazgichning to„g„ri 
qismiga ta‟sir etuvchi kuch formulasi va Amperning tajribasi bilan tanishib 
chiqamiz. Taqasimon doitniy magnitni gorizontal holda shtativga mahkamlaymiz. 
Shtativga osilgan o‟tkazgichni taqasimon magnitning o'rtasiga joylashtiramiz. 
Bunda o„tkazgichning magnit maydonda joylashgan qismining uzunligini Δl deb 
olamiz.
Zanjir ulanganda o'tkazgich harakatga keladi, ya‟ni o„tkazgich magnitga 
tortiladi (b-rasm). Agar magnitning qutblari almashtirib o„matilsa, o„tkazgich 
magnitdan itariladi. Metall (Δl=a*b) qismi F kuch ta‟sirida vertikaldan biror 
burchakka buriladi. 



Magnit maydon tomonidan shu maydonda joylashgan tokli o„tkazgich 
qismiga ta‟sir qiluvchi kuch F, tok kuchi (I), o'tkazgich uzunligi (Δl) ga hamda 
magnit induksiyasiga to„g„riproporsional bo'ladi. 
Bu ifoda M.A.Amper sharafiga Amper kuchi deyiladi. Bundan magnit induksiya 
ifodasini yozamiz:
Bu ifodaga ko„ra magnit induksiyaning fizik ma‟nosi - bu magnit maydonida 
perpendikular joylashgan, uzunligi 1 m va o„tayotgan tok 1 A bo'lgan o'tkazgichga 
magnit maydon tomonidan ta‟sir etayotgan kuchga son qiymati jihatidan teng 
bo'lgan kattalik: [
]
Chap qo„l qoidasi. 
Magnit maydon tomonidan tokli 
o„tkazgichga ta‟sir etuvchi kuchining yo„nalishini chap qo„l 
qoidasidan foyda- lanib aniqlash mumkin. 
Chap qo„lning kaftini unga magnit kuchi chiziqlari tik 
kiradigan qilib tutib, ochilgan to'rt barmoq tokning yo'nalishi 
bo'yicha tutib turilsa, 90°ga kerilgan bosh barmoq o'tkazgichga 
ta‟sir etuvchi kuchning yo'nalishini ko'rsatadi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling