16-Mavzu: Atom orbitallarning gibridlanishi va molеkulyar orbitallar mеtodlari Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana06.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1673350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gibridlanish

Birinchi prinsip: Lokallashgan elektron bulutlari bog’larni hosil qiladi, atom 
orbitallar bir-birining ustini qoplaydi. Qarama-qarshi spinli elektron orbitallari bir-
birini qoplaganda atom orbitallari orasida eng yuqori elektron bulut zichligi hosil 
bo’lib yadrolar tortishadigan zaryadlar hosil qiladi va sistema energiyasi kamayib 
bog’ hosil bo’ladi. 
Ikkinchi princip: Atom orbitallarining maksimal qoplanishi natijasida bog’ 
hosil bo’lishi ya‘ni, atom orbitallari qancha kuchli bir-birini shu yo’nalish bo`ylab 
hosil bo’ladi
5

Atom orbitallar metodi elektron juftlarsiz bog`lanish hosil bo`lishini 
tushuntira olmaydi. 
2. Bu hodisalarni tushintirish uchun molekulyar orbitallar (MO) nazariyasi 
yordamga keladi. Xund va Milliken bu nazariyani asoschilari hisoblanadi. MO 
nazariyasini yaratishda atomning elektron tuzilishi haqidagi kvant mehanik 
tasavvurlarni molekula tuzilish uchun xam qo’llash zarur deb topildi. Farqi shundaki, 
atom bir markazli (bir yadrosi) sistema bo’lsa, molekula ko’p markazli sistemadir. 
Demak, bu nazariyaga ko’ra har qaysi elektron molekuladagi barcha yadro va ko’p 
markazli orbitalar ta’sirida bo’lishi e’tiborga olinadi.
5
Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 325-327- betlar. 


Bu metodga asosan molekula bir butun (kompleks) deb qaraladi va hamma 
elektronlar ham butun molekula uchun umumiy bo’ladi. Atomlardagi atom orbitalligi, 
molekulalarda molekulyar orbitallar bo’lishi kerak. 
Atom orbitallari:
s, p, d, f 
Molekulyar orbitallari: 





, φ bilan belgilanadi. 
Molekulyar orbitallar ham Pauli principi va Xund av Klechkovskiy qoidalariga 
asosan hosil bo’ladi. 
Atom orbitallari bir xil markazli, molekulyar orbitallar esa ko’p markazi 
(mnogosentrovoy) shuning uchun ularning formasi murakkabroq. Atom orbitaldan 
molekulyar orbital hosil bo’lishi uchun: 
1. Ularning energiyasi yaqin bo’lishi kerak. 
2. Orbitallari bir-birini ko’proq qoplashi kerak (0,7-0,8%). 
3. Molekulada bog’lanish chizig’iga nisbatan bir xil simmetriyada bo’lishi 
kerak. 
Agar elektron harakati simmetrik funksiya bilan ifodalansa, molekulyar orbital 
va atom orbitallarning yadrolarida zaryadlarining bir-biriga qoplanishi hisobiga 
bo’ladi shuning uchun bu molekula energiyasi atom orbitallaridagi energiyadan kam 
bo’ladi. Bu vaqtdagi atom orbitallarini bog’lovchi (svyazivayushiy) orbital deb 
ataladi.
6
Agar molekulyar orbitallar hosil bo’lishida elektron harakati antisimmetrik 
funksiya bilan ifodalansa, atom orbitallari elektron bulut kontsentraciyasi 
yadrolaridan tashqarida hosil bo’lsa, unda nolga teng bo’ladi. Bu molekulyar 
orbitallar energiyasi dastlabki atom orbitallar energiyasidan yuqori bo’ladi va uni, 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling