Kvant sonlar


Download 22.61 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi22.61 Kb.
#242294
Bog'liq
7 8 10 11


Kvant sonlar — atom yadrosiatommolekulalar va boshqa kvant sistemalar, shuningdek, elementar zarralar, gipotetik zarralar, kvarklar va glyuonlarning energetik holatlari va fizik xossalarini ifodalovchi butun yoki yarim butun sonlar. Kvant sonlar tushunchasi fizikaga dastlab atom spektrini oʻrganishda kiritilgan. Atomdagi bogʻlangan elektronlarning holatlari 4 kvant sonlar bilan ifodalanadi; elektronning yadrodan oʻrtacha uzoqligini ifodalaydigan bosh kvant sonlar, (p); elektronni yadro atrofida aylantiruvchi harakat miqdori momentini ifodalaydigan orbital kvant sonlar (1); tashqi magnit maydoni mavjud boʻlganda elektron orbitalarining mumkin boʻlgan yoʻnalishlarini aniqlaydigan magnit kvant sonlar, (t) elektronning xususiy harakat miqdori momentini ifodalaydigan sp in kvant sonlar hisoblanadi.

Kvant (lotincha: quantum — „qancha“) fizika tushunchasi boʻlib, biror kattalikning boʻlinmas miqdorini bildiradi. Tushuncha zamirida ayrim fizik kattaliklarning diskretligi haqidagi kvant mexanikasi qarashi yotadi (fizik kattalik kvantlanadi)

Kvant (lot. quantum — qancha, nechta) — biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasi. Mikrosistemaning oʻzaro taʼsirlashishida atom, molekula, yadrolarning yutishi yoki chiqarishi mumkin boʻlgan energiyaning eng kichkina miqdorini ifodalovchi kvant tushunchasini fanga 1900 y.da M. Plank kiritgan. Statsionar holatda atom energiyasi diskret qiymatlarga ega boʻladi. Sistema bir holatdan boshqa holatga oʻtganda uning energiyasi shu holatlar energiyalari farqiga teng energiya kvantini — fotonni chiqaradi yoki yutadi. Energiya kvanti ye ning kattaligi Plank doimiysi 62491 1(G27 ^) b-n toʻlqin chastotasi v ning koʻpaytmasiga teng: e=hv. Energiya (kvant)ning diskret tabiatga ega boʻlishini fotoeffekt, gammaspektroskopiyaga oid tajribalarda isbotlangan.

Kvantlanish gʻoyasi atrofida 1900-yillar boshida yangi fizik konsepsiya — kvant fizikasi yuzaga keld.

Atomda elektronlarning energetik pog‘ona va pog‘onachalar
 bo‘yicha taqsimlanishi elektron formulalar (konfiguratsiyalar)
ko‘rinishida tasvirlanadi. Ular qanday tuzilishini ko‘rsatib olamiz.

Atomdagi har qaysi elektron eng kam energiyali, uning yadro bilan 
puxta boglanishiga muvofiq keladigan erkin orbitalni egallaydi (eng kam
energiya prinsipi). Elementning tartib raqami ortishi bilan elektronlar
orbital va pog‘onalarni ularning energiyasi ortishi tartibida to‘ldiradi:
pog‘onalar birinchidan yettinchiga tomon, pog‘onachalar esa s — p —
d—f tartibida to‘lib boradi. Energiyaning ortib borish tartibi tajriba yo‘li
bilan aniqlangan. U energiya shkalasi deyiladi. Bu shkalaga muvofiq davriy 
sistema elementlarining atomlarida orbitallarning elektronlar bilan ketma-ket to‘lish qatori tuziladi. Bu qatorda davrlar vertikal chiziqlar bilan
 ajratilgan va tepasida rim raqamlari bilan belgilab qo‘yilgan:

1s|2s,2p |3s, 3p|4s,3d, 4p| 5s, 4d, 5p|6s, 4f, 5d, 6p|7s, 5f, 6d,7p

Eng kam energiyali orbital — bu 1s-orbitaldir. Vodorod atomida 
bu orbitalni uning yagona elektroni egallagan. Shu sababli vodorod atomining elektron formulasi (yoki elektron konfiguratsiyasi)1s1 ko'rinishida boladi.



Kimyoviy elementlar davriy sistemasi (boshqa nomlari: Davriy jadvalMendeleyev davriy sistemasi) — kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, elektron konfiguratsiyasi va davriy takrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek toʻrtta toʻrtburchak bloklar: chapda s-blok, oʻngda p-blok, oʻrtada d-blok va pastda f-bloklarga boʻlinishi mumkin. Jadval qatorlari davr, s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa guruh deyiladi; bu ustunlarga galogenlar yoki inert gazlar degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy jadval taʼrifiga binoan u davriy qonunga koʻra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval kimyoda keng qoʻllanilib, muhim asos boʻlib xizmat qiladi.

Mendeleyev davriy sistemasiKimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obʼyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi.



Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va boshqalar).
Download 22.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling