16-mavzu. Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyalari
Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi
Download 74.71 Kb.
|
strategik boshqaruv 16-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Qisqartirish va tugatish strategiyasi.
Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi.
Diversiyalash xakidagi karor daromadli kompaniyalarni izlash va sotib olish natijasi xisoblanadi. Noturdosh diversiyalashning asosiy koidasi shuki, unda manfaatli moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin bulgan va foyda olish uchun yaxshi istikbolga ega bulgan xar kanday kompaniya diversiyalash uchun manfaatli yunalish buladi. Ba’zida, noturdosh diversiyani amalga oshirayotgan kompaniyalar uzining aloxida mavkei xisobiga tez moliyaviy foyda olish uchun imkoniyatlarni taklif kiladigan kompaniyalarni izlab topishga uz kuchlarini yunaltiradilar. Bunday korxonalarning uchta turi mavjud buladi. 1) Narxi pasaytirilgan kompaniya. Bunday xolda mazkur korxonalarni bozor narxlaridan pastrok narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud. Bu esa keyinchalik kompaniyani nisbatan yukori narxda sotish imkonini beradi. 2) Moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday firmalar shartnomaviy narxlarda sotib olinishlari mumkin. 3) O’sish imkoniyatlari katta bulib, investitsiya imkoniyatlari bulmagan kompaniyalar. Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash quyidagi nuqtai nazardan juda jozibalidir: 1. Tijorat tavakkalchiligi sanoatning kupgina xar turli tarmoqlari buyicha «sochilgan» bulib, bu kompaniyani biron-bir soxasida paydo bulishi mumkin bulgan muammolar izmida bulish darajasini pasaytiradi. 2. Kompaniyaning moliyaviy resurslari rentabellik nuktai nazaridan jozibali istikbollari bulgan tarmoqlarga investitsiya kilinishi mumkin. 3. Kompaniyaning ichki foyda normasi umuman sezilarli darajada barkarorlashadi, chunki bir tarmoqdagi kiyinchilik davrlari boshkasi xisobiga kisman kompensatsiya kilinishi mumkin. 4. Korporativ raxbariyat etarli baxolanmagan kompaniyalarning xakikiy kiymatini aniklash tajribasini orttirib borgan sari, korporatsiyaning moliyaviy axvoli yaxshilanib, aktsiyalarning daromadliligi oshib boradi. 4.Qisqartirish va tugatish strategiyasi. Korporatsiya faoliyatining anik yunalishi uz jozibasini yukotib kuysa, bunday axvoldan omadli chikish yuli biznesni sotish xisoblanadi. Maxsulotni sotish vaktini va zaruratini aniklashning muxim tamoyili «Agar biz mazkur faoliyat bilan shugullanmaganimizda, xozir shu soxada ish boshlarmidik?» degan savolga javob berish xisoblanadi. Agar javob salbiy bulsa, bunday korxonani sotish imkoniyatlarini xisoblab chikish zarur. Bunday korxonadan kutilishning ikkita yuli bor: 1. «Bosh» kompaniya aktsiyalarini bir kismini saklab kolgan xolda yoki ulardan butunlay kutilib, bunday biznesdan chikib ketishi mumkin. 2. Korporatsiya maxsulotni bevosita tashkariga sotishi mumkin, lekin bu xolda xaridor topish kerak buladi. Odatda sotishda «Mazkur biznesni biz kimga sotishimiz va buning uchun biz kancha olishimiz mumkin?» degan nuktai nazardan karamaslik kerak. Aksincha, «Kim uchun bu korxona muvaffakiyatli xarid bulishi va kanday vaziyatda ular uchun ma’kul bulishi mumkin?» deb suralsa okilona ish buladi. Kaysi tashkilot uchun bunday korxonani sotib olish shubxasiz foydali bulsa, shu tashkilot eng yukori baxoda sotib olishi mumkin. Barcha mavjud strategik mukobil variantlar ichida tugatish ayniksa yagona biznes bilan shugullanuvchi korxonalar uchun eng noxush va ayanchli xisoblanadi. Chunki ular uchun bunday vaziyat tirikchilik utkazishni butunlay tuxtatishni bildiradi. Shunga karamay ilojsiz kolgan sharoitda erta tugatish, bankrot bulishga karaganda aktsiyadorlar manfaatiga mos keladi. Download 74.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling