16-Mavzu: Iqtisodiy o’sishda urbanizatsiyaning ahamiyati Reja
Mehnat migratsiyasini iqtisodiy o‘sishga ta’siri
Download 35.21 Kb.
|
16 mavzu
16.4. Mehnat migratsiyasini iqtisodiy o‘sishga ta’siri
Mehnat migratsiyasi bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ishlash uchun chiqishlarini qonun bilan himoyalash borasida ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 0‘zbekiston yangi sharoitlarda mehnat migrantlari muammolariga nisbatan o‘z munosabatini tubdan o‘zgartirdi hamda mehnat migrantlarining 0‘zbekiston iqtisodiyoti hamda ular ishlayotgan mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulushini e’tirof etmoqda. 0‘z navbatida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi borasida xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Agentlik tomonidan bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlari bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Qozog‘iston, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganilmoqda. Qolaversa, xorijda ishlash niyatini bildirayotgan fuqarolar uchun yurtimizda zarur shart-sharoitlami yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘rinda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “0‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3839 sonli qarori muhim o‘rin tutadi. Farmonga ko‘ra 0‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslami qo‘llab-quvvatlash hamda ulaming huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi. Xususiy mehnat shartnomalari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqorolarga qator ruxsatnomalar berish tartiblari bekor qilindi. Dastlab mamlakatimiz viloyatlarida Agentlikning to‘rtta minta-qaviy byurosi faoliyat yuritgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda barcha viloyatlarda va Qoraqalpog'iston Respublikasida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining filiallari ochildi. Mazkur agentlik tomonidan beriladigan ruxsatnomalarga asosan fuqarolar shaxsiy mehnat shartnomalari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqish huquqiga egadirlar. Bugungi kunda respublikamizda mehnat resurslarining 3% ga yaqinini chetga ishlashga ketgan aholi tashkil etadi. Bugungi kunda samarali bandlikni ta’minlashda aholi iqtisodiy faolligini oshirish, chetga ishlashga ketayotganlaming ishlash sharoitlarini yaxshilash uchun qo‘shni davlatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish va “Migratsiya to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish maqsadga muvofiq. Mazkur qonun mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolami chet ellarda ishga joylashtirishning mexanizm va shakllari, mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatxonalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, chet elda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va ulaming ijtimoiy himoyasi masalalarini qamrab oladi. Bugungi kunda aholining samarali bandligini oshirishning yangi infratuzilma institutlaridan biri boigan «Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari)ning ahamiyati oshib bormoqda. Shuning uchun bugungi kunda «Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentlik-lari) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Bunday yangi institutlar mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash imkoniyat-larini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilami amalga oshirish rejalashtirilgan: hududlarda fuqarolami chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o‘zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o‘rgatishni yuklagan holda Chet ellarga ketayotgan fuqarolami oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazining hududiy tuzilmalarini tashkil etish; fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalami bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolami hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish; 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSH, Kanada, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yo‘nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlaming vakolatli organlari bilan muzokaralar o‘tkazish. Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda oilasida chet elda mehnat migrantlariga ega bo‘lgan oilalar, pul o‘tkazmalari hisobidan, kam ta’minlangan oilalar qatoriga qo‘shilib qolish ehtimoli juda past bo‘lar ekan. Iqtisodiy o‘sish sifatiga qishloq-shahar migratsiyasi ijobiy ahamiyatga egadir. Zero, mamlakat qishloq joylarida aholining ko‘pchiligi yashaydi va bu yerlarda aholi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishi saqlanib qolmoqda. SHuning uchun qishloq-shahar migratsiyasi qishloq mehnat salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yo‘q. Ekspertlaming hisoblariga ko‘ra, bu ichki mehnat migratsiyasi qishloqda aholi o'sishining 4,0 %ga yaqinini, mehnat resurslari ortishining 6,0 %ini shaharga qayta taqsimlamoqda. Download 35.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling