16-Mavzu: Kommutastiya apparatlarining tanlanishi va ularning termik va dinamik chidamligini tekshirish. Reja
Download 0.64 Mb.
|
16-Маьруза
2. Moyli bakli o’chirgichlar
16.2–rasm. Moyli-bakli o’chirgichning sxematik kesimi. 1–po’lat bak; 2–moy; 3–qopqoq; 4–o’tuvchi izolyator; 5–uzuvchi prujina; 6–o’chirgich vali; 7–qo’zg’almas kontaktlar; 8–qo’zg’aluvchan kontaktlar (traversa); 9–bak devorlarining izolyastiyasi Moyli bakli o’chirgichlardagi moy yoyni so’ndirish va tok o’tkazuvchi qismlarni izolyastiyalash uchun xizmat qiladi. 10 kV gacha bo’lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo’lgan ayrim o’chirgichlarning turlarida) o’chirgich bitta bakka ega bo’lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari bo’ladi, kuchlanish katta bo’lganda har qaysi faza uchun o’zining baki bo’ladi. 16.2–rasmda yoyni so’ndirish uchun maxsus qurilmaga ega bo’lmagan bakli o’chirgich sxemasi ko’rsatilgan. O’chirgichning po’lat baki 1 boltlar yordamida quyma cho’yan qopqoq 3 ga mahkamlab osib qo’yilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolyator 4 o’tgan bo’lib, ularning tok o’tkazuvchi sterjenlarining uchiga qo’zg’almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qo’zg’aluvchan kontaktlar 8 kontakt ko’prik yoki traversada turadi. Ularga harakat o’chirgich qopqog’i ostiga joylashgan yuritma mexanizmidan izolyastiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversa ko’tarilgan bo’ladi va kontakt ko’prik qo’zg’almas kotaktlar orasidagi zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan bo’ladi. O’chirgich ulangan holatda yuritmaning zashchyolkasi yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog’langan bo’ladi. Avtomatik ravishda yoki qo’lda uzganda zashchelka bushaydi va prujina ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5–2,7 m/s ga etadi). Bunda o’chirgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil bo’lgan yoylar moy 2 ni parchalab, uni bug’lantiradi, 70% gacha vodorodi bo’lgan gaz–bug’li pufak hosil bo’ladi. Pufak ichidagi bosim 0,5–1 MPa ga etadi, bu gazlarning ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08–0,1 s vaqt o’tgach so’nadi. Bakning devorlarida muhofazalovchi izolyastion qoplamlar 9 bor. 16.2–rasmda ko’rsatilganidek, o’chirgichning bakiga yog’ to’la qo’yilmay, balki qopqoq tagida havo yostig’i qoldiriladi. Bu yoyni so’ndirish jarayonida hosil bo’ladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan o’chirgich qopqog’iga beriladigan kuchli zarbni kamaytirish uchun kerak. Agar moy sathi keragidan ancha past bo’lsa, u holda gazlar qopqoq tagiga kuchli qizigan holda keladi, bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga olib keladi. Ko’rib chiqilgan o’chirgichda yoyni so’ndirish uchun maxsus qurilma bo’lmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstrukstiyadagi o’chirgichlar 6–10 kV li (VMB-10, VME-6, VME-10, VS-10) qurilmalarda qo’llaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli o’chirgichlar tomonidan siqib chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi tizilmalar uchun bakli moyli o’chirgichlar konstrukstiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham etarli darajada keng qo’llanilmoqda. Ko’rib chiqilgan oddiy o’chirgichlarga nisbatan ular maxsus qurilmalar–o’chirish kameralariga ega. Ishlash prinstipi bo’yicha yoy so’ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo’lish mumkin: avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosim hosil bo’lishiga yoyda ajraladigan energiya sabab bo’ladi; moyni majburiy puflash yo’li bilan – bularda ajrash joyiga moy maxsus gidravlik mexanizmlar erdamida yuboriladi; magnit yordamida moyda so’ndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida tor kanal va tirqishlarga yo’naltiriladi. Avtopuflagichli yoy so’ndiruvchi qurilmalar eng samarali va oddiy hisoblanadi. Shuni aytib o’tish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta bo’lsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi uncha katta bo’lmasligi mumkin, shu sababli puflash etarli bo’lmay, yoyni so’ndirish cho’ziladi. Shunga ko’ra avtopuflashli ba’zi so’ndiruvchi qurilmalar kichik toklarning so’nishini ta’minlaydigan qo’shimcha moyni majburiy puflash bilan to’ldirilgan. 16.3–rasm. S–35–630–10 tipdagi moyli–bakli o’chirgich: a–umumiy ko’rinishi; 1–o’chirgich qutbi; 2–yuritma; 3–lebedka; b–qutb kesimi; 1–kirgich; 2–qopqoq; 3–karkas; 4–yo’naltiruvchi qurilma; 5–qo’zg’almas kontakt; 6–qo’zg’aluvchan yoy so’ndirish kamerasi; 7–bak; 8–bakni qizdirish qurilmasi; 9–shtanga; 10–TV–35/10 tipidagi tok transformatori. Qattiq kameralar ko’rinishidagi yoy so’ndiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori kuchlanish kirishining tok o’tkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi (16.4–rasm). Ayrim o’chirgichlarda yoy so’ndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga mahkamlanadi (16.3–rasm). Kamerada o’chirgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir nechta uzilishlar bo’lishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, uzilish shuncha ko’p talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy uzilishlarda yoy so’ngandan so’ng, shuntlovchi qarshiliklardan o’tayotgan tok, odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda so’ndiriladi. Yoy so’ndiruvchi qurilmalarda izolyastiyalovchi plastinkalar va chiqish teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar ko’ndalang, bo’ylama va qarama-qarshi ko’ndalang puflovchi kameralarga bo’linadi. S-35-630-10 tipdagi 35 kV ga mo’ljallangan bakli o’chirgichlarda har bir qutbga bitta ikki uzilishli qo’zg’aluvchan kamera to’g’ri keladi. Har bir qutb massiv cho’yan krpqoq 2 asosida yig’ilgan (16.3–rasm, b). Qopqoqqa ichki devorlari elektrokarton bilan izolyastiyalangan bak osiladi. Qopqoq tagiga shtanganing to’g’ri chiziqli harakatini ta’minlovchi, richaglar tizimiga ega bo’lgan , yuritma mexanizmi o’rnatylgan. Uchala qutblarning mexanizmlari o’zaro tortqi bilan va o’chirgichning yuritmasi bilan ulangan. Qopqoqlardagi teshiklar orqali kirgichlar o’tkazilgan, ularning uchiga metallokeramik kavsharli qo’zg’almas G-simon kontaktlar o’rnatilgan. Qopqoq tagidagi har bir kirgichda ichkarida tok transformatori o’rnatilgan. Shtanganing pastki qismiga izolyastiyalaydigan material orqali yoy so’ndiruvchi kamera mahkamlangan, u taranglovchi boltlar bilan biriktirilgan ikkita korpusdan iborat. 16.4–rasm, a da yoy so’ndiruvchi kameraning korpusi ko’rsatilgan. Kameraning ichki bo’shlig’i yoyga chidamli izolyastion material bilan qorejagan. Kamerada to’rtta kontakt prujina 7 ga tayanadigan, ulagich qo’rinishidagi qo’zg’aluvchan kontakt 6 o’rnatilgan. Qo’zg’almas kontakt 8 bilan tutashadigan joyiga metallokeramik plastinalar kavsharlangan. Uzilganda shtanga 1 kamera 4 bilan birga pastga tushadi, natijada ikkita uzilish hosil bo’lib, kamerada yoy yonadi (16.4–rasm, b). Kamerada bosim keskin ortadi va chiqish teshigi 5 ochilishi bilan ko’ndalang puflash hosil bo’ladi. Katta toklar uzilganda puflash energiyasi katta bo’lib, yoy so’nadi. Agar kichik toklar uzilsa, u holda qo’zg’almas kontaktlar kameradan chiqqandan so’ng (16.4–rasm, v) chiqish teshigi 3 orqali bo’ylama puflash hosil bo’lib, yoyning so’nishini ta’minlaydi. Yoy so’ndiruvchi qurilmada, havo bilan to’ldirilgan yoy so’ndiruvchi kameraning asosiy hajmi bilan biriktirilgan va moy bilan to’ldirilgan uncha katta bo’lmagan havo yostig’i metall kamera 2 bor. Kamerani bo’ylama kesimida shu bog’lanishni amalga oshiradigan kanallar ko’rinmaydi. Yoyning dastlabki yonish momentida (bosim keskin ortganda) moyning bir qismi havoni siqadi, bu kamera devoriga beriladigan zarbni birmuncha kamaytiradi, yoydagi tok nol orqali o’tganda va yoy sohasidagi bosim pasaygan momentda esa, siqilgan havo moyni siqib chiqaradi va qo’shimcha puflash hosil bo’ladi. Bakli o’chirgichlarda qizdiruvchi qurilma 10 bo’lib (16.4-rasm,a), u havo haroratlari past bo’lganda (–15°S va undan past) ulanadi, Moyning qovushoqligi ortganda o’chirgichning qo’zg’aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik maqsadida shunday qilinadi. 16.4–rasm. U seriyali moyli–bakli o’chirgich: a–U–110–2000–40 o’chirgichi qutbning kesimi; 1–bak; 2–qo’zg’aluvchan kontaktli traversa; 3–yoy so’ndirish qurilmasi; 4–yo’naltiruvchi qurilia; 5–bak izolyastiyasi; 6–tok transformatori; 7–kirgichning moy ko’rsatkichi; 8–o’chirgich mexanizmi; 9–moy to’ldirilgan kirgich; 10– moyni qizdirish qurilmasi; b– gazni ko’ndalang avtopuflovchi va moyni panjaralarga bosuvchi kamera; 1–o’tkazuvchi vtulka tutkichining halqasi; 2–tutqich; 3–kamera korpusi; 4–yuqorigi quzg’almas kontakt; 5–oraliq kontakt; 6–ekran; 7–qo’zg’aluvchan kontaktlar; 8–yoy so’ndiruvchi panjaralar; 9–rezina qistirmalar; 10, 11–puflash tirqishlari, 12– tashqi qo’zg’aluvchan kontakt; 13–ikkinchi qo’zg’aluvchan kontaktning izolyastiyalangan qismi. Bakli o’chirgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta bo’lishidir. Hajmni kamaytirish maqsadida chechevista doni shaklidagi baklar va kondensator tipidagi yuqori voltli kirgichlar qo’llaniladi, ularning diametri moy to’suvchilar diametriga qaraganda ancha kichik bo’ladi. Bak o’lchamlarini kamaytirish uchun kirgichlar bakka payvandlangan maxsus stilindrlarga joylashtiriladi. Bakli o’chirgichlarning ulash vaqtini kamaytirish uchun pnevmatik va pnevmogidravlik yuritmalar qo’llaniladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling