16-Mavzu: Kommutastiya apparatlarining tanlanishi va ularning termik va dinamik chidamligini tekshirish. Reja


Bakli o’chirgichlarning asosiy afzalliklari


Download 0.64 Mb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#203068
1   2   3   4
Bog'liq
16-Маьруза

Bakli o’chirgichlarning asosiy afzalliklari:

Konstrukstiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega; tashqi tizilmalar uchun ham yaroqli; joylashtirilgan tok transformatorlarini o’rnatish mumkin.

Bakli o’chirgichlarning kamchiliklari:

portlash va yong’in jihatidan xavfli; bakdagi va kirgichlardagi moy holati va sathini davriy nazorat qilib turish kerak; ko’p hajmda moy talab etishi sababli, uni almashtirish uchun ko’p vaqt sarflanadi va katta miqdorda moyni ehtiyot tutish kerak; xona ichiga o’rnatish mumkin emas; tez ta’sir etuvchi APV ni ishlatish mumkin emas; metall ko’p sarflanadi, massasi katta, bir erdan ikkinchi erga olib borish, montaj va sozlash noqulay.



O’chirgich ulangan paytda tokning ko’p qismi zanjirning qarshiligi kam bo’lganligi sababli bosh kontur bo’yicha o’tadi. MG–10 va MG–20 o’chirgichlari 5000 va 6000 A toklarni o’tkazadi, ventilyator bilan majburiy puflash qo’llansa tegishlicha 9000 va 9500 A ni o’tkazadi. VGM o’chirgichi yupqa devorli quti profilli tok o’tkazuvchi kontur qo’llanilishi hisobiga sun’iy sovitishsiz 11200 A nominal tokka mo’ljallanadi.

16.5–rasm. VGM–20/11200UZ tipdagi kam moyli generatorli o’chirgich:



1–asos; 2–qutblar orasidagi to’siq; 3–bak; 4–moy ajratkich; 5–magnit o’tkazgich; 6–traversa; 7–shinalarni ulash uchun kontakt; 8–bosh kontaktlar pichoqlari; 9–shtanga; 10–yuritma tortqisi; 11–yuritma; 12–gaz chiqargich oxiri.

16.6–rasm. VGM o’chirgichining funkstional elektr sxemasi:



a–ulangan holat; b–uzilgan holat; 1–kontaktlar; 2–bosh kontaktlar pichoqlari; 3–qopqoq; 4–mis skoba; 5–bak; 6–yoy so’ndiruvchi sterjen; 7–rozetkali kontakt.

16.7–rasm. MG–20, VMG–20 o’chirgichining yoy so’ndiruvchi kamerasi.


O’chirgich uzilganda avval ish kontaktlari uziladi, biroq ular orasida yoy hosil bo’lmaydi, chunki yoy so’ndiruvchi konturdan tok o’tishi davom etadi. Ulanganda birinchi bo’lib yoy so’ndiruvchi kontaktlar, so’ngra esa ish kontaktlari tutashadi.

Yoy so’ndiruvchi qurilma shtift va shpilkalar bilan biriktirilgan shakldor o’ymali qator izolyastion disklar 3 dan tayyorlangan uch bo’limdan iborat. 16.7–rasmda ikki o’zaro perpendikulyar tekisliklar bo’yicha kamera kesimi ko’rsatilgan. Pastki bo’lim 4 soplo shakldagi ikkita puflovchi va chiqaruvchi teshikli disklardan yig’ilgan (16.7– rasmdagi A–A kesim). Yuqorigi bo’lim V moyning anchagina qismi yig’iladigan cho’ntaklar 4 ni hosil qiluvchi o’yiqli disklardan tashkil topgan. Shu disklar orqali bufer hajmi 2 va puflovchi kanallar hosil qilinadi. Hamma disklar va ular orasidagi to’siqlar yig’ilgandan so’ng, ikkita vertikal chiqarish kanali 5 va puflash kanallari 6 hosil bo’ladi (16.7–rasm, b dagi kesimda ko’rsatilgan). Uzganda kuchi traversaga izolyastiyalovchi tortqi orqali uzatiladigan kuchli prujinalar ta’sirida kontakt sterjen 7 qo’zg’almas kontakt 1 ning rozetkasidan chiqadi va yuqoriga harakatlanadi. Uzilganda pastki bo’limda, so’ngra o’rta bo’limda yoy hosil bo’ladi.

16.8–rasm. VMK–35 V o’chirgichi:

1–pnevmatik boshqarish bloki; 2–trubka; 3–tayanch qismi; 4–yoy so’ndiruvchi qismi; 5–asos; 6–havo rezerzuari; 7–yuqorigi chiqqich; 8–pastki chiqqich; 9–plita; 10–tayanch stoyka.

Yoy atrofidagi gaz–bug’ aralashmasining bosimi o’rtadagi bo’limda yuqori, chunki chiqarish kanallarining kesimi kichik, shuning uchun o’rtadagi bo’limdan kanallar 9 orqali pastdagiga moyni puflash hosil bo’ladi (16.7-rasm, b). Bir vaqtning o’zida pastki bo’limning gaz–bug’ aralashmasi chiqarish kanali 8 ga puflash hosil qiladi (16.7–rasm, a). Shunday qilib, puflash yoyga qarshi va ko’ndalang bo’ladi. Yoyning yonish o’rnida 8 MPa gacha bosim hosil bo’lib, bu jadal puflashga yordam beradi. Katta toklar uzilganda bosimni kamaytirish uchun yuqorigi bo’limda bufer hajm 2 bor. Uziladigan toklar qiymati katta va o’rtacha bo’lganda yoyni so’ndirish pastki va o’rtadagi bo’limlarda amalga oshiriladi. Kichik toklarda yoyni o’chirish yuqorigi bo’limning moyli cho’ntaklarida sodir bo’ladi. Bunday o’chirgichlarda yoyning yonish vaqti 0,02–0,05 s. Qarshi –ko’ndalang puflashni kamera 105 kA gacha bo’lgan q. t. toklarini uzish imkonini beradi.

Bu seriyadagi o’chirgichlarni boshqarish uchun elektromagnit PS–31 yoki pnevmatik PV yuritmalar qo’llaniladi.



  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling